Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
1.14-

Asosiy tushuncha va atamalar: 
 
Ijtimoiy himoya, milliy manfaat, davlat dasturi, nafaqa va stipendiyalar, 
milliy ma’naviy meros, nodavlat notijorat tashkilotlar, umuminsoniy qadriyatlar, 
milliy g‘oya, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», 
yoshlar harakati, diniy bag‘rikenglik, xalqaro baxshichilik san’ati, Islom
sivilizatsiyasi markazi, sport musobaqalar, paraolimpiachilar, granpri, aholi, 
bandlik,
 
arzon uy-joylar, yo‘l transport, muhandislik kommunikatsiya, ijtimoiy 
infratuzilma, yurt obodonligi, ta’lim va fan, yoshlar.
 
6- mavzu. MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON 
RESPUBLIKASI
Reja: 
1.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari. 
2.
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar.
3.
Qoraqalpog‘istonda ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. 
4.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi. Ekologik holatni 
yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
 
1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, 
Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. 
Respublika janubi-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-
g‘arbida Ustyurt pasttekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi 
yastanib yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan.
Qoraqalpog‘iston umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat 
bo‘lib, u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari 
o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 881,9 ming kishidan 
ziyoddir. 
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan 
iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Kegeyli, Chimboy, 
Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, Sho‘manoy, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli, 
Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi 
parlament boshqaruv shakliga ega bo‘lgan suveren Respublikadir. Qoraqalpog‘iston 
o‘z Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpog‘istonning 
Konstitutsiyasi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va ular shu asosda amal qiladi.


148 
Respublikada umumiy rahbarlik Jo‘qorg‘i Kengesh Raisi - Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi parlamenti tomonidan amalga oshiriladi. Respublikaning oliy ijroiya 
hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengeshi tomonidan 
tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar Kengashi 
tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari 
raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
poytaxti – Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy 
vakolatxonasi faoliyat yuritadi. 
1990-yili 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi 
o‘zining IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qildi. 
Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston 
Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy 
asosini topib, 1-17-moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va 
mustaqilligi e’tirof etildi.
Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar 
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida 
(70-75 moddalar) o‘z aksini topdi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida 
(1993-yil 9- aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. 
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, 
adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning 
barcha atributlariga ega. «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
to’g’risida» Qonun 14-dekabr 1992-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘qorgi 
Sovetining XI sessiyasida qabul qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasining suveren davlat ekanligini 
bildiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i moviy rang, sariq va 
yashil ranglardan iborat bo‘lib, markazida sariq rangni oq va qizil rangli yo‘laklar 
ajratib turadi. Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi – suvning mangu timsoli 
hisoblanadi. Sariq rang esa, Qoraqalpog‘iston aymog‘ining ulkan qismi sahrolardan 
iborat ekanligini bildiradi. Yashil rang esa tabiatning yangilanishining, ma’naviy 
yasharish, ishonchining va quyoshning belgisi. Bayroqdagi endi tug‘ilgan oy 
musulmonlarnning 
muhaddas 
timsoli 
bo‘lsa, 
besh 
yulduzning 
rasmi 
Qoraqalpog‘istonining 
qadimiy 
va 
navquron 
besh 
shahrining 
– 
qoraqalpog‘istonliklarning 
turmush 
va 
ishonch 
qo‘rg‘onlarining 
timsoli 
hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining rasmiy vakillarining chet el safarlariga, xalqaro anjumanlarda, 
ko‘rgazmalarda va sport o‘yinlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasini jahonga 
tanitadi. Qoraqalpog’iston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro maydonda 
boshqa davlatlarning bayroqlari bilan teng turadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqoralari va bu yerda yashaydigan boshqa 
insonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishi shart. 


149 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
O`zbekiston Respublikasi tarkibiga kirganligi 
sababli 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli 
«O‘zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
gerbi 
to‘g‘risida»gi 
Qonuni 
bilan 
tasdiqlangan 
davlatimiz gerbini tan oladi. Ayni vaqtda
O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi 
ham Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ham 
amal qiladi. 
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi 
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli «O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. 
Parlament - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengeshi hisoblanadi. 86 
deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo‘lib ishladi: 
Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur 
Kamalov (1997-2002), Musa Tajetdinovich Erniyazov (2002-2020), 2020-yil 2-
oktyabr kuni bu lavozimga Murat Kallibekovich Kamalov saylandi. 
Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog‘istonning 
rivojlanishiga ham ulkan e’tibor qaratildi. Aynan ana shunday e’tibor tufayli 
bugungi kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va 
qishloqlar, hatto, eng chekka ovullar ham har tomonlama o‘zgarib, rivojlanib 
bormoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga 
berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori butun Qoraqalpog‘iston 
byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. 
O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoyi 
mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini 
yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy 
natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. 
Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi. 
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab 
chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissasi oshib bordi. Sanoat, 
qishloq xo‘jaligi va savdoda nodavlat sektori hissasi 80-90 foizni tashkil etmoqda. 
Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil 
amalga oshirila boshlandi. 
Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat 
banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 
1999-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda 
xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 650 million so‘mni 
tashkil etdi.
Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa 
tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. 
Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish 
qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi.


150 
2000-yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi. Bozor fondining faoliyati 
sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 
958 million so‘mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va o‘rta 
ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi.
Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga 
o‘sdi.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, 
iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko‘paydi. 
Yig‘ma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar 
tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin 
ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi. 
Sanoatda bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995-yilda 
Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996-
yilda Qo‘ng‘irotda «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz 
qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga 
yetdi.
«Qoraqalpoqqurilish» aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori 
sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari 
ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavodida esa spirt ishlab 
chiqaradigan yangi sex qurildi. 
Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993- yili Nukusda 
«Kateks» to‘qimachilik majmuasi, 1995-yili Ellikqal’a tumanida «Elteks» 
to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. 
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln shartli banka 
konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday 
quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi. 
Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan yiliga 190 ming 
tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida 
kimyoviy yo‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab 
chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Qo‘ng‘irot-Beyneu avtomobil trassasi, Navoi-
Uchquduk-Nukus temir yo‘li qurildi. 
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida institutsional va 
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ma’lum ijobiy siljishlarga erishildi. 
Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga 
oshirish o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda. 


151 
Amaliyotda 
asosan 
mintaqani 
rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan 
ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar 
orqali amalga oshiriladi. Misol uchun 
mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga 
kiritilganligi sababli, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasini 
2017-2018-yillarda 
kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab 
chiqildi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’atlari 
2005-2017-yillarda umummamlakat 
ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Tahlillarni ko‘rsatishicha, ushbu yuqori 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat 
ko‘rsatish sohalari hisobiga erishildi. Ayniqsa, 2016-yilda yuqori iqtisodiy o‘sish 
(18,7 foiz) yangi qurilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi 
hisobiga to‘g‘ri keladi. 
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, ularning 
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’siri turlicha bo‘lgan. Qishloq 
xo‘jaligi, investitsiyalar va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda oxirgi yillarda 
ma’lum darajada nomutanosiblik kuzatilmoqda. Ichki iste’molni shakllantiruvchi 
tovar ayirboshlash va xizmatlarning o‘sish sur’atlarining keskin kamayishi aholi 
turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumdavlat mehnat taqsimotida tabiiy gaz 
(2017-yildagi ulushi 3,0 foiz), paxta tolasi (4,0 foiz), osh tuzi (32,0 foiz), soda (100 
foiz), guruch (31,0 foiz) ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega. 
Erishilgan natijalarga qaramasdan mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
darajasi mavjud tabiiy salohiyatga mos kelmaydi. 2017-yilda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,3 foizni, mos 
ravishda sanoat ishlab chiqarishi 4,6 foizni, qishloq xo‘jaligi 2,8 foizni, eksport 2,0 
foizni, xizmatlar 3,0 foizni tashkil qilgan. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqa mintaqalarga nisbatan, qishloq 
xo‘jaligi va chakana tovar ayirboshlash bo‘yicha pastroq natijalarga ega
40

Qoraqalpog‘iston respublikasi yalpi hududiy mahsulot, iste’mol tovarlari, 
pullik xizmatlar indeksi bo‘yicha ham mamlakat mintaqalari orasida oxirgi 
o‘rinlardan birini egallagan. 2005-2017 - yillar davomida asosiy ijobiy siljish 
sanoat sohasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holat mintaqada oxirgi yillarda ishga 
tushirilgan yirik kimyo korxonalari hisobiga erishilgan. 
Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari iqtisodiyot tarkibining 
shakllanishi bilan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 
40
Аметов Т.А. Қорақалпоғистон Республикасида ижтимоий-сиёсий жараёнлар (1989-2014йй). дисс...тарих 
фанлари номз. –Т., 2015.


152 
yalpi hududiy mahsulotning tarkibida, ya’ni diversifikatsiya jarayonida ma’lum 
o‘zgarishlar kuzatilgan. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017 - yillarda 
bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning 
ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 
foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan 
ichki hududiy mahsulotning tarkibiy o‘zgarishida ushbu tendensiyani kuzatish 
mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq 
xo‘jaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni 
mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma’lum sifat o‘zgarishlar 
bilan izohlash mumkin. Agarda Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo 
majmuasi hisobga olinmasa, sanoatning ulushi kamaygan va xizmatlar sohasining 
rivojlanish darajasi talablarga javob bermasligi, ekologik vaziyatning (Orol dengizi 
inqirozi, suv va erning sifat ko‘rsatkichlari tushib ketganligi) salbiy natijalar 
ekanligini qayd etish lozim
41

Shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda olib borilayotgan 
tarkibiy va investitsion siyosatda mavjud tabiiy, ekologik, demografik omillarga 
tizimli e’tiborning yo‘qligi, yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larning bir qator 
xorij davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan 
grantlarning samaradorligi pastligi bilan bog‘liq. 
O‘rta va uzoq muddatli mintaqa strategiyasini ishlab chiqishda monografik 
kuzatuv natijalari orqali aniqlangan reyting, ya’ni eng asosiy tizimli muammolarni 
hal qilish, aholi turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilishi maqsadga 
muvofiq. 
Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, 
hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli 
chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga 
oshirildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni 
rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha 
bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi. Masalan, Qorao‘zak 
tumanidagi «Qoraqalpoq sement» korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming 
tonna sement, Nukus shahridagi «Texnik global» korxonasida «Samsung» brendi 
ostida yiliga 150 ming televizor, «Nukus polimer» korxonasida yiliga 8 ming tonna 
polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l 
tumanidagi «Vegateks global» korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab 
chiqarilmoqda. Bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda o‘tgan qisqa vaqt mobaynida 
bir qator yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 
Shuningdek, 
Nukus 
shahrida – «Nukus 
polimer» 
MCHJ, 
«Nukuselektroapparat» MCHJ faoliyat olib bormoqda. «Samsung» brendi ostida 
televizor, changyutkich ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.
41
 
http://www.biznes-daily.uz/ru/birjaexpert/61221-qoraqalpogiston-rspublikasi-iqtisodiyotini-rivojlanish-
tndntsiyalari-va-tizimli-muammolari
 


153 
Mo‘ynoq tumani aholisini markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash 
bo‘yicha 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” suv quvuri va «Qo‘ng‘irot» suv 
taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Nukus shahri markazidan o‘tuvchi «Do‘stlik» 
kanalining ikki qirg‘og‘i obodonlashtirilib, bugungi kunda bu sohil atroflari 
xalqimizning eng sevimli oromgohiga aylangan.
Qorao‘zak tumanidagi «Qoraqalpoq sement», «Titan sement», Taxiatosh 
tumanidagi metal-konstruksiya ishlab chiqarish zavodi, Ellikqal’a tumanidagi 
«Bo‘ston mega-teksil», To‘rtko‘l tumanidagi «Vegateks global», Chimboy 
tumanidagi «Lanextrakt» korxonalarida ham ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. Nukus shahrida «Nukus Med Tex» MCHJ, Kegeyli tumanida «Kegeyli 
qog‘oz» MCHJ, «Lanko-miya» korxonasi, Amudaryo tumanida «Amu Shoxjahon» 
MCHJ, Chimboy tumanida «Pintok» korxonasi tomonidan tibbiyot klinikasi ishga 
tushirildi.
Mo‘ynoq tumanida Amfiteatr, «Mo‘ynoq porloq tekstil» tikuvchilik 
korxonasi, davlat xizmatlari markazi yangidan qurildi hamda futbol o‘yingohi va 
Madaniyat markazi rekonstruksiyasi to‘liq yakunlandi. Hududda farmatsevtika 
sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019-yillarda qiymati 27 million dollarga 
teng 17 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 
turdagi farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport 
qilinadi.
Nukus shahridagi «Nukus Med Tex» MCHJ tomonidan tibbiy buyumlar, 
«Berlin farm» MCHJ tomonidan onkologik dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yiladi. To‘rtko‘l tumanidagi «To‘rtko‘l shisha idishlari» MCHJda farmatsevtika 
shisha idishlari tayyor Qoraqalpog‘istonda farmatsevtika sanoatini yanada 
rivojlantirish, 
dori-darmon 
vositalari 
hamda 
tibbiyot 
buyumlari 
ishlab 
chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan yuqori sifatli preparatlar bilan to‘ldirish maqsadida bu borada 
mutaxassislar tayyorlash tizimi takomillashtirilmoqda.
Shu maqsadda qizilmiya bu hudud iqlimi va sharoitiga mos kelganligi 
uchun Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo‘shma korxonasida ushbu o‘simlik 
ildizidan ekstrakt ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada yiliga 30 ming 
tonna qizilmiya ildizi qayta ishlanib, 1,3 ming tonna ekstrakt tayyorlanadi. Xitoylik 
investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonada 200 ish o‘rni yaratilgan.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-maydagi «Nukus-farm», «Zomin-farm», 
«Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va 
«Parkent-farm» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi 
yuzasidan hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, mavjud ishlab chiqarish 
imkoniyatlari va resurslar salohiyatidan samarali foydalanish orqali yangi ish 
o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hududda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida 2018-2019- 
yillarda qiymati 27 million dollarga teng 17 loyiha amalga oshirilishi 
rejalashtirilgan. Mazkur loyihalar doirasida 37 turdagi farmatsevtika mahsulotlari 
ishlab chiqariladi va ularning bir qismi eksport qilinadi.


154 
Qoraqalpog‘istonda ikki bosqichda sellyuloza ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan 
bo‘lib, amalga oshiriladigan mazkur loyiha qog‘oz ishlab chiqarishdan tayyor 
mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi.
Taxiatosh tumanida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 
11 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2018-2019- 
yillarda komleks rivojlantirish dasturi doirasida yana 1 ming 309 loyiha 
rejalashtirilgan. Ularni amalga oshirishga tashabbuskor korxonalar va tijorat 
banklari mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar yo‘naltiriladi. Buning natijasida yangi 
mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi, mahalliylashtirish va qayta ishlash 
darajasi oshadi, 10 mingga yaqin ish o‘rni tashkil etiladi.
Hudud sanoatini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida mamlakatimizdagi 
yirik korxonalar ham jalb etilgan. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 
Taxiatosh tumanida metall konstruksiyalar va nostandart jihozlar, Olmaliq kon-
metallurgiya kombinati Qorao‘zak tumanida temir-beton mahsulotlar va qum-
shag‘al ishlab chiqarishi rejalashtirilgan.
Tebinbuloq konini o‘zlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda metall mahsulotlar mavjud shunday buyumlarni 
eritish orqali ishlab chiqarilmoqda. Tebinbuloq koni temir rudasining ulkan 
zaxirasiga ega. Ushbu konni o‘zlashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. 
Natijada 2021-yildan boshlab yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni tashkil etish maqsadida 
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tarkibida direksiya tashkil 
etildi.
Samarasiz foydalanilayotgan obyektlar negizida yangi korxonalar tashkil 
etish loyihalari ishlab chiqildi. Qoraqalpog‘istonda 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil 
etish rejalashtirilgan. Ulardagi obyektlar 5 yil muddatga keyinchalik mulk 
huquqini rasmiylashtirish sharti bilan bepul beriladi. Muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlarini qurish va tiklash ishlari davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi. 
Shu tariqa ushbu zonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratiladi. 
 
Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan 
ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni 
inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik «Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq» suv quvuri va 
«Qo‘ng‘irot» suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq 
tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shuningdek, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag‘lari va 
Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv 
tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 
mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning 
izchil davomi bo‘ldi.
Prezidentimizning 
2020-yil 
11-noyabrdagi 
«2020-2023-yillardagi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora 
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirishda 
muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Qarorga muvofiq, har bir shahar va tumanning 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «o‘sish nuqtalari» belgilangan. Qurilish 


155 
materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, to‘qimachilik, neft-kimyo sanoati, 
bog‘dorchilik, issiqxonalar tashkil qilish, ipakchilik, turizm sohasi shular 
jumlasidan. Belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va loyihalarni amalga oshirishga 
qulay shart–sharoitlar yaratish uchun qaror bilan tadbirkorlik subyektlariga yer 
solig‘i, molk-mulk solig‘idan ozod qilish kabi va boshqa qator imtiyoz hamda 
yangiliklar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. 
Qaror asosida 2788 ta loyiha va obyektda 21 trillion 209 millard so‘mlik 
keng ko‘lamli ishlar bajarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda uning ijrosini 
ta’minlash yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Natijada hozirda dasturga kiritilgan 
jami 754 ta loyiha ishga tushirilib, 4 ming 75 ta yangi ish o‘rni yaratilishga 
erishildi. 
Mintaqada yangilanishlar haqida gap ketganda, Prezidentimizning 2020-yil
5 - dekabrdagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslaridan samarali 
foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib 
bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori haqida ham alohida to‘xtalish 
joiz. 
Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv xo‘jaligi obyektlarini qurish 
va rekonstruksiya qilish, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, 
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslari va elektr energiyasidan 
foydalanishning avtomatlashgan nazoratini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq muhim 
vazifalar belgilangan
42

Xulosa qilib aytish mumkinki, mamlakatda islohotlar samaradorligini
tubdan oshirish hamda davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishini 
ta’minlash 
uchun 
barcha 
shart–sharoitlarni 
yaratish, 
mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishga katta e’tibor 
berilmoqda. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin