Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
1.14-

 
4. O

zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, 
Yоshlar-kelajagimiz davlat dasturining amalga oshirilishi 
 
Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, 
madaniy omillarga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor 
kuchaytirilmoqda. «Ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib 
bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa, biz ko‘zlagan oliy 
maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi»,-deydi I.A.Karimov. 
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston 
hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan 
mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib, ta’limni isloh qilish dasturini 
tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik 
tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnik bazasini, zamon va davr 
talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini 
kuchaytirishga qaratildi. 


133 
1997-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risidagi 
qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Unda shunday 
deyiladi: “Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va faravonligi, shaxs 
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini 
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartish 
respublikada 
amalga 
oshirilayotgan 
islohotlarning 
asosiy 
maqsadi 
va 
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy 
qadriyatlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish 
O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.... Ushbu qonun 1992-yil 2-iyulda 
qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonundan o‘zining mazmun-mohiyatiga 
ko‘ra tubdan farq qilar edi. Jumladan, 2003-yilda mamlakatda 9702 umumta’lim 
maktablarida 6 mln. 272000 o‘quvchiga 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar 
ta’lim-tarbiya bergan bo‘lsa, 51 ta akademik litseylarda 30620 o‘quvchi 419 kasb-
hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar egallaganlar. 1991-yili 
O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lgan bo‘lsa, 2010 yilda ularning soni 63 taga etgan. 
2014-yilda esa hammasi bo‘lib 380 ta maktab, 160 tadan ortiq kasb-hunar kolleji 
va akademik litsey tubdan yangilangan. Mazkur maqsadlar uchun qariyb 550 
milliard so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘larning 120 milliard so‘mdan ortig‘i 
ta’lim muassasalarini o‘quv, laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, 
kompyuter va multimedia vositalari bilan ta’minlash uchun ajratildi –deya qayd 
etadi Prezident. 2015-2020 yillar oralig‘ida esa 500 ta umumta’lim maktablarini 
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jumladan, 101 ta yangi maktab 
barpo etish va 810 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarni kapital ta’mirlash 
rejalashtirilganligi xususida ham mazkur kitobda qayd etildi. Ushbu amalga 
oshirilayotgan islohotlarni oliy ta’lim tizimi ham mustasno emas albatta. 
Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti qayd etganidek, «2011-2016 yillarda oliy ta’lim 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 
19 ta oliy ta’lim muassasasida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va 
jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajarildi. 
2016-yilga kelib mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim 
sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Ta’lim-tarbiya sohasini 
rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarildi. I.A.Karimov: «Biz ta’lim va tarbiya 
tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida 
takomillashtirishni o‘zimizni birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz». 
MDH mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda ta’lim darajasi ko‘rsatkichi
juda yuqori. O‘zbekistonda ta’lim ko‘rsatkichi 0,99 ni tashkil etsa, ayni
paytda dunyoda bu ko‘rsatkich 0,77 ni tashkil qiladi. O‘zbekiston ta’lim
ko‘rsatkichi bo‘yicha Yevropa ittifoqi tarkibiga kiradigan Malta (0,86), 
Ruminiya (0,90), Xorvatiya (0,90), Markaziy Amerikaning sanoati eng rivojlangan
mamlakati Kosta Rika (0,87) va Xitoy Gonkongidan (0,87) oldinda. Bu
ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston neft hisobidan boyib ketgan Baxrayn va 
Bruney (0,88), Quvayt (0,87), Qatar (0,86), BAA (0,71), shuningdek iqtisodiy va


134 
texnik rivojlanish sohasida katta muvaffaqiyatga erishgan Meksika (0,86) va 
Malayziyadan (0,84) oldinda 
32
turadi. 
Mustaqillik yillarida xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash
tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2004-yil 21-may -O‘zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidentining «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish
davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. 
Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib borildi: 
- ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi; 
- ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi; 
- ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning
ustuvorligi; 
- e’tiqodi, dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun ta’lim olish
imkoniyatlari yaratilganligi; 
- ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan
holiligi
33

O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng
muhim masalalardan biri eskicha tafakkur, e’tiqodidan qutilgan, istiqlol uchun, o‘z 
ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi bo‘ldi. Eski tuzumni
asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy
etgan mamlakatlari yulidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish 
endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq 
bo‘lib qoldi
34

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 
ta’kidlab o‘tilganidek, «…yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini 
ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo 
etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. 
Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va 
qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi. Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy 
bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta 
o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. 
Biz ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 
3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya 
sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarishimiz lozim.
Ko‘plab ota-onalar, oqituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik 
tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta tiklandi . 
Respublikamizda 11 yillik orta talimning joriy etilishi hamda oliy talim 
qamrovining kengayishi, yoshlarning bosh yurishlariga orin qoldirmadi. Bu 
32
Саидова Г. Ўзбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги.-Тошкент, 2007-2008, -Б.28 
33
Жўраев Н. Ўзбекистон тарих: (Миллий истиқлол даври) 3-китоб /Масъул муҳаррир Н. Абдуазимова. – 
Тошкент: Шарқ, 2011. –Б.324. 
34
Холикулова Ҳ.Ю. Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиѐсий, маънавий-
маданий тараққиѐти. (Ўқув қўлланма). Жиззах, 2020. 128-бет. 


135 
oquvchiga ota ona bag‘rida bo‘lib ham o‘qib ham o‘zi xohlagan hunarni 
egallashiga imkon beradi.
Davlatimiz rahbari tomonidan keyingi davrda ta’lim-tarbiya tizimini 
mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan bir necha muhim farmon va 
qarorlar qabul qilindi. Prezidentimizning 2017-yil 30-sentyabrda qabul qilingan 
qaroriga muvofiq, yurtimizda birinchi marta Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil 
etildi. Qisqa davr ichida ushbu tizimda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, 980 dan 
ortiq bog‘cha qurilib, ishga tushirildi. Davlatimiz rahbarining 2018-yil 30-
sentyabrda qabul qilingan «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori maktabgacha ta’lim tizimini 
yagona uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada 
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan 
ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy 
rivojlantiruvchi zamonaviy dastur va texnologiyalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga 
joriy etilishi ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirishga xizmat 
qilmoqda. Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi qoshida Axborot va pedagogika texnologiyalarining innovatsion markazi, 
Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti, Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha 
injenering kompaniyasi, Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil 
etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 million o‘quvchi 
ta’lim oladi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim 
mehnat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018- yil 
17-yul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish masalalariga 
bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy mavqeini oshirish zarurligini 
alohida ta’kidladi. Dunyo tajribasi ham buni tasdiqlaydi. Misol uchun, Janubiy 
Koreya, Yaponiya, Germaniya, Kanada kabi davlatlarda o‘qituvchining maoshi 
mamlakatdagi o‘rtacha oylikdan 1,5 barobar ko‘p. Mamlakatimizda esa 
o‘qituvchining maoshi umumiy o‘rtacha oylikning atigi 79 foizini tashkil etadi. 
Ta’lim sohasida so‘nggi 2017-2020-yillar ichida amalga oshirilgan muhim 
islohotlardan yana biri, bu umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi sohalaridagi tub o‘zgarishlardir. Bu borada 12 yillik majburiy ta’limga 
o‘tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi tizimi bugungi kun talabalariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga 
muhtoj ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu sohadagi mavjud muammolarni tizimli hal 
etish, ilg‘or xorijiy mamlakatlarning tajribasi asosida kasb-hunar ta’limi tizimini 
tubdan 
takomillashtirish 
maqsadida 
2018-yil 
25-yanvarda 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim 
tizimini, tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul 
qilindi.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va 
shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktablari ish boshladi.
 
2019-yil 1- 
yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 9,7 mingta maktabda 5,2 milliondan ortiq 
o‘quvchi ta’lim oldi, o‘quv-tarbiya va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod 
xodim mehnat qilmoqda. Ularning moddiy hayoti va jamiyatdagi ijtimoiy 


136 
mavqeini oshirish masalalariga ham alohida urg‘u berilgan. Xususan, Prezident 
Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 17-iyul kuni umumiy o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish 
va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida o‘qituvchining ijtimoiy 
mavqeini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Ammo mamlakatimizda sohada amalga oshirilgan tub islohotlar natijasida 
so‘nggi ikki yarim yil ichida bu boradagi muhim islohotlar quyidagilarda o‘z aksini 
topdi: 
Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘qituvchilarining maoshlari tenglashtirildi. Shu 
ma’noda, bugun o‘qituvchilar uchun barcha qulayliklar yaratish, o‘qituvchini uy-
joy bilan ta’minlash, ularga avtokreditlar ajratilishi juda katta e’tibor mahsuli 
bo‘ldi. Qarorga binoan, har yili qishloq va shaharlarda namunaviy loyihalar 
bo‘yicha qurilayotgan arzon uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimida mehnat 
qilayotgan pedagog xodimlarga 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda 
birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi miqdorida dastlabki 
baholash darajasi 10 foiz bo‘lgan ipoteka krediti sifatida berilishi alohida 
g‘amxo‘rlikdir.
2018-yil 1-sentyabrdan boshlab maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 
mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Ular uchun 
maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O‘qituvchilarni turli boshqa xo‘jalik va 
majburiy ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga 
chek qo‘yildi. So‘ngi 2 yil ichida qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar 
maktablarga qaytdi, ishlab turgan pensioner o‘qituvchilarga pensiyalarni to‘liq 
miqdorda to‘lash yo‘lga qo‘yildi.
2020-yil 24-yanvarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
yo‘llagan Murojaatnomasida qayd qilinganidek, oliy ta’limni rivojlantirish uchun 
o‘tgan 2019-yilda 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan 9 ta nufuzli xorijiy 
universitetning filiallari ochildi. Etakchi xorijiy unversitetlar bilan hamkorlikda 
141 qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim 
muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016- yilga nisbatan 2 barobar ko‘p 
talaba o‘qishga qabul qilindi.
Ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan tub islohotlar to‘g‘risida 
to‘xtalib Prezident Shavkat Mirziyoev shunday degan edilar: «Keyingi yillarda 
yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish 
maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib 
borilmoqda. 
Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani 
sizlarga yaxshi ma’lum. Mana, yaqinda tasdiqlangan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun 
ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga 
muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim 


137 
tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari 
tashkil qilishga ruxsat etildi»
35
.
Ta’lim to‘grisidagi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi (23.09.2020 
yildagi O‘RQ-637-son). 
Yangi qonunning oldingi qabul qilingan qonundan asosiy farqlari haqida 
qisqacha to‘xtalib o‘tsak: 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin