Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149
1.14-

DEMOKRATIYA 
– (yunon. Demos – xalq, va ....kratiya) – fuqarolar erkinligi va 
tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va 
shakllari amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzum. Demokratiya 
davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari: 
ko‘pchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqliligi, ular huquq va erkinliklari 
himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning 
bo‘linish, davlat boshlig‘i va vakolatli organlarning saylab qo‘yilishi. 
Demokratiyaning bevosita Demokratiya (asosiy qarorlar yig‘ilishlarda bevosita 
barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yo‘li bilan qabul qilinadi) va 
vakillik Demokratiyasi (qarorlar saylab qo‘yiladigan organlar tomonidan qabul 
qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq Demokratiyaning 
kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham o‘zining 
so‘nggi cho‘qqisiga erishgani yo‘q. 
DЕMOKRATIYA
– qadimiy yunon tilida «demos» – xalq va «kratos» – 
hokimiyat, ya’ni «xalq hokimiyati», - dеgan ma’noni anglatadi. Dеmokratiya shaxs 
bilan jamiyat, jamiyatda mavjud manfaatlar, munosabatlarning uyg‘unligini, shaxs 
erkinligini ta’minlovchi va uni tartibga soluvchi omildir. Umuman, barchaning
manfaatlari yo‘lida ko‘pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat 
qilish. 
DIN 
– (arabcha «din»-e’tiqod, ishonch)- ijtimoiy hayotni, voqеlikni, uning 
hodisalarini o‘ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din 
ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kеlgan va o‘sha davrda yashagan 
insonlarning dunyoqarashini aks ettirgan. Din dunyo, inson, mavjudotlarning kеlib 
chiqishini, hayotning mazmuni va ma’nosi, insonning yashashdan maqsadlari kabi 
savollarga o‘zicha javob bеruvchi dunyoqarash shakli bo‘lib kеlgan. Hozirgi 
davrda ham insoniyatning talay qismi uchun din ushbu vazifani bajarib kеlmoqda. 
DIKTATURA- 
(lot. diktatura – cheklanmagan hokimiyat) – davlat hokimiyatini 
nodemokratik usullar bilan amalga oshirish tizimini ifodalovchi tushuncha, 
avtoritar yoki totalitar rejim. Diktaturaga asoslangan siyosiy rejimda hokimiyat bir 
shaxs – diktator yoki bir necha shaxslarning qo‘lida markazlashadi, siyosatda 


237 
zo‘rovonlik va terror kuchayadi. Diktatura o‘rnatilganligi diktatorlik 
hokimiyatining cheklanmaganligi va nazoratsizligi, konstitutsiya e’lon qilgan 
demokratik huquqlar va erkinliklar toptalishi, vakillik organlarining huquqlari 
cheklanishi bilan ajralib turadi. Hokimiyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘rovonlikka 
tayanadi. Odatda, yirik ijtimoiy guruhlar Diktaturani ifoda etuvchi kuch sifatida 
namoyon bo‘lsada, u bir shaxs yoki bir guruh shaxslarda mujassamlashadi 
(qadimgi Rimda harbiy boshliqlar Diktaturasi va triumviratlar, mutloq monarxlar, 
hozirgi avtoritar tuzumlar, xuntalar va h.k.). biron – bir davlatda Diktatura 
o‘rnatilishi, odatda, ichki o‘zaro kurash g‘oyat keskin tus olgan davrlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan (mas., Ispaniyada Franko Diktaturasi, natsistlar Germaniyasida 
fashistlar Diktaturasi, sobiq sho‘rolar davrida Stalin Diktaturasi va b.). 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin