235
Bozor infratuzilmasi vujudga kelishi bilan bozor munosabatlarining rivojlanishi,
jamiyatda bozor iqtisodiyotining qaror topishiga qulay sharoit vujudga keladi.
VATAN
– (arabcha «vatan»-ona yurt)-inson
yashab turgan, unib o‘sgan joy,
hudud, ijtimoiy muhit, mamlakat. Insonning kindik qoni to‘kilgan tuproq, uni
kamol toptiradigan, hayotiga ma’no-mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir.
U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk mеros, eng aziz xotira.
VATANPARVARLIK
– kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin,
o‘lkaga bo‘lgan mеhr-muhabbatini, munosabatlarini
ifoda etadigan ijtimoiy va
ma’naviy-axloqiy xislatlari, fazilatlaridir
VILOYAT
- 1.Mamlakatning poytaxtdan yiroqdagi cheka o‘lkasi; 2.Yirik
ma’muriy-hududiy bo‘linma.
VODIY
- 1. Daryo bo‘ylab cho‘zilgan yoki tog‘lar orasidagi keng tekislik; 2.
Umuman ekin ekiladigan, obod yer.
VOHA
-sahro bilan o‘ralgan obod, suvli o‘lka.
GEOSIYOSAT
- davlatlar tashqi siyosatni amalga oshirishga geografik omillar
(davlat egallab turgan hududning
qulayligi yoki noqulayligi, katta yoki kichik
ekanligi, dengizga yaqinligi,
tuproqning serhosilligi, tog‘ va dasht-cho‘llarning
ko‘p-kamligi va hokazolar) alohida urg‘u berish. Geosiyosat nazariyasiga
binoan, millat va davlatning tabiati, fe’l-atvori ularning geografik joylashganligiga
bog‘liq. Bu fikrlarni inkor etib bolmaydi. Ammo geosiyosat g‘oyalaridan
foydalanib, XVIII-XIX asrlarda mustamlakachi davlatlar o‘z bosqinchilik
siyosatlarini amalga oshirdilar va geosiyosat nuqtayi nazaridan o‘zlariga
eng qulay
sharoitlarni yaratishga harakat qildilar. XX asrda fashist Germaniyasi, Yaponiya
va sovet mustabid davlati geopolitik ekspansiya siyosatini amalga oshirdi.
GERB –
(pol. herb,nem. Erbe – meros so‘zidan) – biron-bir mamlakat yoki
hududning siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos tabiiy
va xo‘jalik xususiyatlari,
tabaqaviy tafovutlarini, shaxs, urug‘ va b.ning
shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgi. Gerblar quyidagi tur va toifalarga
bo‘linadi: davlat Gerblari, shahar, viloyat, guberniya va boshqalarning Gerblari va
h.z.
GIMN –
(yunon. hymnos) – tantanavor qo‘shiq, she’r. Yunonistonda davstlab
afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar sha’niga maqtovlar (hamdlar) tarzida
vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, davlatlar, voqea
va hodisalarga ham
bag‘ishlangan Gimnlar paydo bo‘lgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
Gimni.
Dostları ilə paylaş: