55
Xalq xo‘jaligini boshqarishning yangi usuli
sifatida konsernlar vujudga
keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o‘tish zaruriyati bilan
bog‘liq bo‘ldi. «O‘zdonmahsulot», «O‘zbekneftgaz» va boshqa ko‘plab konsernlar
shular jumlasidandir. 1991-yil 7-sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, sobiq
Ittifoq manfaatlarini birinchi galda qondiruvchi idoralar tugatilib, yangi shakldagi
qo‘mitalar, konsernlar va vazirliklar tashkil etildi.
Bu bilan yangicha iqtisodiy
munosabatlar sharoitida o‘z milliy taraqqiyotiga mos,
vatan mustaqilligini
mustahkamlovchi boshqaruv tizimi vujudga keltirildi.
Dostları ilə paylaş: