Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
1.14-

O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisiga saylovlar
to‘g‘risida
»gi 
qonunga ko‘ra respublika parlamentiga 
saylovlar 
umumiy, teng, to‘g‘ridan 
to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin 
ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi I-chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy 
hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis - Yangi 
Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning 
V-bo‘lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risidagi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, 
Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
amalga oshiradi. 
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o‘zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur 
o‘zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni 
shakllantirish uchun 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi. 
1995-yil 23-24-fevralda chaqirilgan birinchi sessiyada O‘zbekiston parlamenti 
hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 
69 deputatdan tarkib topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni 


52 
uyushtirgan «Adolat» sotsial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida 
«Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida 
va uning qo‘mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimizning ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarish, qonunchilikning sifat 
darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin ularning 
umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy 
ta’sir qildi. 
1997-aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil 
(ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi. 
Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo‘lib, uning huquqiy 
holatini aniq ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo 
davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir.
Ushbu qonunda: 
«

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin