Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149
1.14-

erkinlashtirish 
masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar 
hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini 
mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, 
fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borish, 
ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. 
Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga katta 
umid bog‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.Karimov: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, 
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita 
xalqqa topshirish, ya’ni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini yanada rivojlantirish 
demakdir»-deydi.
O‘z-o‘zini boshqarish organlarini tashkil 
qilishda, 
shakllantirishda 
O‘zbekistonning 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani 
hal 
qilishga 
milliy 
an’analarni, 
tarixiy 
qadriyatlarni 
tiklash, 
aholining 
tub 
manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash 
nuqtayi nazaridan yondashish bo‘ldi. Xususan, 
o‘z-o‘zini boshqarishda asosiy tayanch qilib 
mahallalar belgilandi. Ular inson qalbida Vatan 
tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘ururning 
vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan xoli 
bo‘lishda katta ta’sir ko‘rsatib kelgan. 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati 
demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda, bu esa o‘z 
navbatida asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini qurishga ko‘maklashmoqda. 
O‘z-o‘zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita 
mahallalarning mavqeyini kuchaytirish bilan bog‘liq. O‘z-o‘zini boshqarish 
organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida 
ishtirokini ta’minlash kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok 
etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, 
ma’naviy kamolotini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy 
jihatlarni yo‘qotish uchun ish olib borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, 


58 
an’analarga, Vatanga, davlatga va boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan 
qarash ruhida tarbiyalashdir. 
Shuningdek, mahallalarda «Mahalla» xayriya jamg‘armasi yordamga muhtoj 
oilalarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu jamg‘arma 1994-yilda 200 ga yaqin shaxs va 
oilaga 41 ming 189 so‘mlik yordam ko‘rsatgan. 
Faqat O‘zbekistonga xos bo‘lgan va aynan mahalla bilan bog‘liq bo‘lgan 
«Korxona-mahalla» iqtisodiy hududni tashkil qilish masalasi katta umid 
uyg‘otmoqda. 1995-yil davomida respublika bo‘yicha shu turdagi 204 ta kichik va 
xususiy korxona tashkil qilinib, ularning faoliyati orqali 3300 kishi ish bilan 
ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda 
«Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘z-
o‘zini boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoni ijtimoiy himoya 
sohasida o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yangi vakolatlar berishni ko‘zda tutadi: 
1) fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ro‘lini oshirish; 2) 
hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3) muhtoj oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy 
madad ko‘rsatishni takomillashtirish. 
Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o‘z-o‘zini 
boshqarish 
organlariga 
o‘tkazilishi, 
nodavlat 
tashkilotlar 
faoliyatini 
takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini 
oshirishni talab qiladi. 1999-yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan 
«Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunning yangi 
tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan. 
O‘z-o‘zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi choralardan 
yana biri-aholiga kompleks tarzdagi savdo, maishiy va madaniy xizmatlar 
ko‘rsatadigan guzarlar faoliyatidir. 
Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchini mustahkamlaydi. 
Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, ularni fuqarolik 
jamiyatining a’zosi ekanligini his qilishlari uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Oliy Majlis II chaqiriq 1-majlisida (2000-yil 22.01) Birinchi Prezident 
I.A.Karimov o‘zining «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard 
maqsadimiz» nomli ma’ruzasida ushbu masalaning dolzarbligini shunday uqtiradi: 
Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yuksalib 
borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borish zarur. 
Bu borada ozini-o‘zi boshqaradigan idoralarning, mahallalarning nufuzini va 
mavqeini oshirish, ularga ko‘proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi. 
Fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo‘lidagi 
ishlarimizning mazmun-mohiyatini ham aynan mana shu masala tashkil etadi. 
«Birgina songgi besh yilda yangi tahrirdagi «Fuqarolarning oz-o‘zini 
boshqarish organlari to‘g‘risida»gi hamda Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va 
uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlari, mahallalar hamda ulardagi jamoatchilik tuzilmalari faoliyatiga oid 20 ga 
yaqin nizom qabul qilinib, ijtimoiy hayotga tatbiq etildi. Shunungdek, tizimda 


59 
faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari 
hamda «Mahalla» ma’rifiy teleradiokanali tashkil etildi 
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahalla institutini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2017- yil 3- fevralda imzolangan 
Farmonida mahalla institutini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari 
belgilab berildi.
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir. 
Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko‘zlab va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qabul qilingan qonunlar asosida 
o‘z vakolatlarini amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga 
saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
xo‘jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, 
tuman, shahar sudlari, viloyat xo‘jalik sudlari, harbiy sudlarlardan iborat.
Mazkur 
sudlarning 
huquqiy 
holati 
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentyabrda qabul 
qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunida bayon etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi-
fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov 
sohasida sud hokimiyatining oliy organi 
hisoblanadi. Shu bilan birga og‘ir va o‘ta 
og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh 
shaxslarga; oldin sudlanmaganlarga, biron 
bir joyda ishlamasdan, mo‘may pul topish 
yo‘liga 
o‘tib 
ketganlarga 
nisbatan 
belgilangan jazolarni qonun kuchidan to‘la 
foydalanilmagan ishlarning jazo qismini 
engil deb bekor qilib, og‘irroq jazolashga o‘z 
ko‘rsatmasini beradi.
Respublika Oliy sudi 1994-yilda 149 kishiga nisbatan quyi sudlar tomonidan 
tayinlangan jazolar og‘ir deb topilganligi sababli hukmlar o‘zgartirilib, jazolar 
qisqartirilgan bo‘lsa, 1995-yilda 247 kishiga nisbatan jazolar og‘ir deb topilib, 
hukmlar o‘zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy ishlar sudlanganlarning 
harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli harakatdan to‘xtatildi. 
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994-yilda quyi sudlar 
tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb topilib, hukmlar 
bekor qilingan bo‘lsa, 2017-yilda esa tergov organlari tomonidan 238 ta holatda 
jinoiy hodisa yuz bermagani aniqlandi, 302 ta holatda javobgarlikga tortish 
muddati otgani, 370 ta holatda aybdorlar qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon 
bo‘lgani inobatga olindi. 549 ta holatda qilmish ijtimoiy xavflilik xususiyatini 


60 
yo‘qotgani, 1 ming 636 ta holatda qilmishda jinoyat tarkibi yoqligi isbotlandi. Ana 
shunday asoslarga tayanib, 3,5 mingdan ortiq jinoyat ishi tugatildi
5

O‘zbekistonda sud tizimini isloh qilish, sud hokimiyatini shakllantirishda 
ham birmuncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov ishlarini yurgizishga oid 
barcha demokratik konstitutsiyaviy tamoyillar yanada rivojlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 
ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001-yil 29-avgust) «Adolat qonun 
ustuvorligida» nomli ma’ruzasida sog‘lom jamiyat uchun jinoyatchini jazolashdan 
ko‘ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini uqtirib o‘tdi. Prezidentimiz 
ma’ruzalarida sudlar faoliyatiga baho berib «Sud bugungi kunda avvalgidek 
hukmron kommunistik tizimning qatag‘on va jazolash apparati emas, balki u har 
bir inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ishonchli tarzda qo‘riqlash va 
himoya qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. 
Fuqarolarning sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda»,- dedi. Shuningdek, 
ma’ruzada sud hokimiyati tizimidagi kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu 
borada Prezident: «...afsuski, sudyalar, prokuratura va tergov organlari xodimlari, 
bir so‘z bilan aytganda, qabul qilingan yangi qonunlarni hayotga tatbiq etishi lozim 
bo‘lgan kishilarning dunyoqarashi va tafakkuri ancha qiyinchilik bilan 
o‘zgarayapti. Eng avvalo jazolashning repressiv, ozodlikdan mahrum qilish 
hollarini qisqartirish hisobiga qonunchilikning adolat va insoniylik kabi 
tamoyillarining kuchayishini va amalda qo‘llanishini ta’minlashimiz zarur»-deydi. 
Ma’ruzada Jinoyat va Jinoyat-prosessual kodekslariga kiritilayotgan o‘zgarishlar, 
masalan, 110 turdagi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarning ijtimoiy xavfi katta 
bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, 12 turdagi jinoyatni og‘ir toifadan uncha 
og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga, 7 turini esa o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasidan 
og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish haqidagi takliflar bayon qilindi. Shuningdek, 
iqtisodiy sohada jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralarini 
qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi, butun jahonda muhokama 
etilayotgan muhim masalalardan biri-o‘lim jazosini jinoiy jazo chorasi sifatida 
qolayotganligi bilan bog‘liq muammolar, qonunchiligimizda jinoiy jazo turi 
sifatida mol-mulkni musodara qilish jazosini qo‘llash tartibini qayta ko‘rib chiqish 
kerakligi ta’kidlandi 
Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti 1995-2005-yillarni kurramizda «Inson huquqlari o‘n yilligi» 
deb e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
ma’ruzalarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi 
besh strategik yo‘nalish belgilab berilgan: 
-inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini 
ta’minlash; 
inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari 
va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish; 
5
Mirziyoyev Sh.M. Konstitusiya-erkin va farovon xayotimiz,mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning 
mustaxkam poydevoridir,Toshkent, O

zbekiston, 2018, 11 -b 


61 
-qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish 
va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash; 
-sudlov islohotini amalga oshirish yo‘li bilan sud tizimini demokratlashtirish; 
-aholi, ayniqsa yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari 
xodimlari o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy 
ongi va madaniyatini oshirish. 
Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning birdan bir zaruriy sharti sud-
huquq organlarining ishlarini isloh qilish va erkinlashtirishni jadallashtirishdan 
iborat. 
Sudlar 
faoliyatiga 
prokuraturaning 
aralashmasligi, 
prokuror 
va 
advokatlarning huquqlarini tenglashtirish, sudlarning tarbiyaviy rolini oshirish 
lozimligini taqqoslab ko‘rsatadi
6
.
Xavfsiz jinoyatlarni ma’muriy choralar bilan almashtirish natijasida so‘nggi 
2,5 yil davomida 11 milrd. so‘m undirildi. Har yuz ming kishiga hisoblaganda 
O‘zbekistonda 158 kishi qamoqda muddatini o‘tamoqda. Bu ko‘rsatkich AQSHda 
715, Rossiyada 584, Ukrainada 416, Qozog‘istonda 386 kishidan iborat. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan qisqa davr ichida 
insonning huquq va erkinliklari to‘g‘risida milliy qonunchilik tizimini tashkil 
etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 
40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo‘shildi va ularga bizning mamlakatimizda ham 
amal qilinmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza 
qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish 
tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va 
barcha respublika aholisining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
«Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish 
to‘g‘risida» 1996-yil 31-oktabr Farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublika Oliy Majlisi 1997-yil 29-avgustda «Jamiyat huquqiy 
madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi»ni tasdiqladi. Dasturda: «Jamiyat va davlat 
taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining 
huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab 
qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e’tiqod va izchil amaliy 
faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli 
hal etilishini ta’minlaydi 
Milliy dasturning maqsad ahamiyati aholining barcha qatlamlarini huquqiy 
savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda 
huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun huquqiy madaniyatni 
shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdir»-deb ta’kidlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, 
aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni 
tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini 
yaxshilash haqida» (1997-yil, 25-iyun) Farmoni e’lon qilindi. Ushbu farmonning 
1-bandida shunday deyiladi:
6
Каримов И.A. Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисида. // 2005й. 28 январ. 


62 
«Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash 
yuzasidan olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri 
etib belgilansin». 
Respublikamizda istiqlol yillari milliy davlatchilikni barpo etish borasida 
sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga, uning hokimiyat va boshqaruv organlariga 
barham berish bilan bir vaqtda davlat va jamiyat hayotining yangi demokratik 
huquqiy asoslari yaratildi. 
2017-2018-yillarda sud-huquq tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari etib 
o‘zgartirildi, ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan 71 ta 
tumanlararo, tuman(shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’ati tugatilib, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tashkil etildi. 
Yangidan tashkil etilgan sudlrni to‘ldirish uchun qo‘shimcha 560 ta shtat 
birligi, shu jumladan 318 ta sudyalik shtat birligi ajratildi. Amaldagi sud majlisi 
kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, 
yordamchisi lavozimlari kiritildi. 
Demokratiyaning eng muhim tamoyili odamlarning saylov huquqlarini 
amalga oshirish, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash uchun zarur huquqiy shart-
sharoit, qonuniy asos yaratishdir. Shu bois mamlakatimizda mustaqillik yillarida 
xalqimizning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishni ta’minlovchi saylov tizimini 
shakllantirish va uni qonun bilan mustahkamlash borasida talay ishlar qilindi.
1991-yil noyabrida Parlament «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 
saylovi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 
1991-yilda «O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida»gi Qonunni ham 
qabul qildi. 1991-yil 29-dekabrida muqobillik asosida O‘zbekiston tarixida birinchi 
marta respublika prezidentligiga saylovlar o‘tkazildi. 
Konstitutsiyamiz asosida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, 1994-yil 5-mayda qabul 
qilingan «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov 
to‘g‘risida»gi, «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun va 
nihoyat «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi 
qonunlari o‘zbek saylov qonunchiligi tizimining huquqiy asoslarini tashkil qiladi. 
Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi alohida qonun qabul qilinganligi 
saylovlarni to‘g‘ri tashkil qilish, saylov qonunlarini to‘la ishlashiga imkoniyat 
yaratadi va qonunlarni nazorat qilishni kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil 
etish va uni o‘tkazishda davlat hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini 
cheklaydi. 
Saylov to‘g‘risidagi qonunlarni tahlil qilsak, unda jahon saylov tajribasida 
erishilgan eng demokratik tartiblarning huquqiy jihatdan mustahkamlanishi bilan 
birga, O‘zbekiston saylov tizimiga xos bo‘lgan xususiyatlarning ham 
belgilanganligini ko‘ramiz. Bu O‘zbekiston saylov tizimigagina xos xususiyatdir. 
Saylov tizimini isloh qilish O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimovning «O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat» degan siyosiy dasturida 


63 
asoslanib berilgan maqsad tomon harakatning yana bir muhim bosqichi, deb 
tushunmoq kerak. 
Bizning saylov qonunchiligimiz ko‘pgina xalqaro tashkilotlar, xorijiy 
davlatlar tomonidan o‘rganilmoqda. 
Xususan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining tegishli 
ekspertlari ham O‘zbekiston saylov qonunchiligi mohiyati demokratik ekanligini, 
uning saylovlarni tashkil etish sohasidagi xalqaro huquqni tan olingan 
tamoyillariga mos kelishini ta’kidlaydi. 
O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik, insonparvar fuqarolik jamiyatida 
fuqarolar o‘zlarining siyosiy huquqlari va erkinliklarini davlat va jamiyat ishlarini 
bajarish ularni idora etishda faol qatnashish orqali amalga oshirilmoqda. 
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga 
kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarining takomillashishida katta 
ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillari vujudga kelgan siyosiy partiyalar o‘z 
faoliyatida o‘zbek xalqining eng yaxshi demokratik an’analariga, adolat, ezgulik, 
teng 3lik va inson erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlar hamda g‘oyalarga, 
axloqiy va odamiylik qoidalariga suyanadi. Ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasi 1996-yil 26-dekabr qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, 
shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy partiyalarning huquqiy maqomi aniq va 
ravshan belgilab berilgan. 
Ko‘ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot 
yo‘lida erishgan muhim yutuqlardan biridir.
Birinchidan, demokratik fuqarolik jamiyati 
qurilishida siyosiy partiyaning o‘rni va roli 
muntazam ravishda yoritib boradi; ikkinchidan, 
fuqarolik 
jamiyati 
asoslarini 
shakllantirish 
jarayonida 
O‘zbekiston 
aholisi 
turli 
qatlamlarining 
manfaatlarini 
ifoda 
etishda 
ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim demokratik 
institut hisoblanadi; uchinchidan, davlat bosh 
islohotchi 
sifatida 
siyosiy 
Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin