Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149
1.14-

birinchidan
, O‘zbekiston fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat 
qurishini o‘zining strategik bosh maqsadi sifatida e’lon qildi va davlat va jamiyat 
qurilishida, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-madaniy sohalarda 
ulkani yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. 
ikkinchidan,
mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish, ushbu 
yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlarining tobora chuqurlashib borayotganligi 
haqida bir qator ilmiy-nazariy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, tarixiy asarlar chop etildi 
va bu jarayon davom etmoqda. 
uchinchidan,
mamlakatda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati 
qurish amaliyoti va nazariyasini o‘rganish uchun barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar, 
shuningdek O‘zbekiston tarixi fanida ham ehtiyojlarning shakllanganligi va uni 
ustuvorlik kasb etganligi va bu muammolar va uning yechimi Islom Karimov 
asarlarida va nutqlarida bayon etilganligi muhim o‘rin tutdi. 
to‘rtinchidan
, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlarini 
yanada chuqurlashib borish jarayonlarida turli muammolarni paydo bo‘lishi, 
ularning yechimlarini topishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlar, yangi jamiyat qurish 
jarayonlarida xorijiy tajribalar va milliy an’analarni uyg‘unlashtirish talablari
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanish jarayonlarini ilmiy-
tarixiy jihatlardan tadqiq etishga zaruriyatning paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega 
bo‘ldi. 
beshinchidan
, Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan fuqarolik jamiyati 
va huquqiy davlat qurish konsepsiyasining asosida tarixiy, milliy ma’naviy meros, 
xalqimizning asrlar davomida shakllangan axloq, odob, insonparvarlik 
an’analariga, qadriyatlariga, sharqona demokratiyaga asoslanishi turadi degan 
tarixiy-ilmiy yondashuv shakllanganligi va G‘arbdagi ba’zi siyosiy kuchlarning 
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni faqat salbiy nuqtayi 
nazardan talqin qilishlarining asossizligini isbotlash, mamlakatda fuqarolik 
jamiyati qurish jarayonlarini tobora chuqurlashib borayotganligini ilmiy tadqiq 
etish asosida ochib berish turadi. 
oltinchidan,
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va yangi fuqarolik 
jamiyat qurish islohotlarini faqat rivojlangan mamlakatlarda shakllangan fuqarolik 
jamiyati, uning institutlarining kelib chiqishi va rivojlanishiga doir nazariyalar va 
an’analar asosida amalga oshirib bo‘lmasligi, bu sohadagi milliy qadriyatlar, 
an’analar va tajribalarni zamonaviy nazariyalar bilan uyg‘unlashtirish asnosidagina 
kuchli jamiyat qurishga erishish mumkinligi, buning uchun fuqarolik jamiyati 


71 
qurishning milliy o‘ziga xos jihatlarini alohida tadqiq etishga nisbatan 
zaruriyatning oshib borayotganligi bilan belgilanadi. 
O‘zbekistonda rivojlanib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari - siyosiy 
partiyalar, nodavlat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, parlamentning 
fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi o‘rni, demokratik saylovlar, ommaviy axborot 
vositalarining demokratik tamoyillar asosida rivojlanish jarayonlari, ma’rifiylik va 
dunyoviylikning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni beqiyosdir. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin