Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


partiyalar faoliyat olib boradi. Ko‘plab ekologik partiyalar mamlakatlar siyosiy



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
1.14-


partiyalar faoliyat olib boradi. Ko‘plab ekologik partiyalar mamlakatlar siyosiy 
maydonining teng huquqli a’zosi sifatida vakillik organlariga o‘rinlar egallash 
vazifalarini qo’yib orin olgach, parlamentda o‘z oldilaridagi mushtarak 
maqsadlarini davlat siyosati darajasida ilgari suradilar. 
Shu nuqtayi nazardan yondashganda harakat dasturlarida o‘zaro yaqinlik 
bo‘lganligi sababli hamda demokratik jarayonlarining talablarini hisobga olgan 
holda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bilan FMDPning o‘zaro birlashishi ham shu 
ruhni o‘zida aks ettiradi («Vatan taraqqiyoti» partiyasi 1992-yil 24-mayda tuzilgan; 
VTP 2000- yil 14-aprelda Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi bilan birlashib, 
FMDP nomini oldi) va O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi 
(1998-yil 28 dekabrda tuzilgan; 2008-yil 20-iyunda «Milliy tiklanish» demokratik 
partiyasi bilan birlashgan) ham faoliyat ko‘rsatadi. 
Mustaqillik yillarida respublikamizda jamoat tashkilotlarining saflari oshib, 
imkoniyatlari kengaydi. 
Mustaqillikning dastlabki besh yilida jamoat birlashmalari va nodavlat 
tashkilotlar soni 1500 taga ko‘payib, ularning soni 2300 taga yetdi: 2017 - yilda 
yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va 
xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 
2017-yilda «Nuroniy» jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer 
xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, savdo-sanoat palatasi, o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashi 
kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi
7
.
Xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari 7,5 mln. a’zoni birlashtirib, 
jamiyatda tub islohotlarni amalga oshirishda faol qatnashmoqda. 
77
Mirziyoyev Sh.M. Konstitusiya-erkin va farovon xayotimiz,mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning 
mustaxkam poydevoridir. -Toshkent, O‘zbekiston, 2018, 35 -b


65 
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi 1991-yil 1-martda tashkil topdi. 
Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik jarayonlarda 
ayollarning faol ishtirok etishi xotin-qizlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda 
muhim rol o‘ynamoqda. 
2017-yilda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga 
keng jalb etish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan bir qator 
amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, 1 Respublika tadbirkor ayollar biznes-forumi 
o‘tkazildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘illanayotgan ayollarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida 2017-yil tijorat banklari tomonidan 2,2 trillion so‘m 
miqdorida kreditlar ajratildi. Mehnatga layoqatliligi cheklangan 705 nafar xotin-
qizlarga tikuv mashinalari berilib, ular kasanachilik asosida ish bilan ta’minlandi 
hamda ularning 261 nafariga yangi uy-joylar berildi. «Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari yili» davlat dasturi doirasida respublikamizning olis tumanlarida 
ayollarni kasbga o‘qitish kurslari tashkil etildi. 
Bu borada amalga oshirilayatgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish 
maqsadida 2018-yil 2- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin 
–qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamash sohasidagi faoliyatini 
tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. 
Farmonda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining 4 ta asosiy ustuvor 
yo‘nalishlari belgilab berildi. 
Farmonga asosan xotin-qizlar qo‘mitasi va «Oila» markazi tizimida bir qator 
yangiliklar kiritildi. Jimladan: 
-Xotin-qizlar qo‘mitasining respublikadan tortib eng quyi bo‘g‘in 
mahallagacha vertikal boshqaruv tizimi yolga qoyildi; 
-Xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni 
mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-tadqiqot 
markazi va uning hududiy boshqarmalari xamda tuman (shahar) bo‘linmalari 
tashkil etildi; 
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tuman, shahar hokimi 
o‘rinbosarlari-Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga bo‘ysundirildi; 
Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi; 
-Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi va 
qo‘shimcha imtiyozlar joriy etildi; 
- «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi; 
Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida ishlayotgan xodimlarning pensiyasi to‘liq 
to‘lanishi belgilandi.
Qadul qilingan farmon xotin-qizlarimizning hayotini yanada farovon va 
mazmunli bo‘lishiga xizmat qilmoqda. 
Suningdek, «Nuroniy», «Ustoz», «Ulug‘bek», «Umid», «Xotira» va shu kabi 
ko‘plab jamg‘armalar nodavlat tashkilotlar sifatida respublikamizda fuqarolik 
jamiyatini shakllantirishda katta hissalarini qo‘shmoqda. 
2001-yilning 24-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 
I.A.Karimov «Kamolot» jamg‘armasi faollarini qabul qildi va yoshlarning bu 
tashkilotini mustaqillik davridagi rolini oshirish vazifasini qo‘ydi va «Kamolot» 


66 
jamg‘armasi yoshlarning haqiqiy yetakchisi, uyushtiruvchisi va boshqaruvchi 
ommaviy tashkilotga aylanishini zarur deb topdi. 
2001-yilning 25-aprelida O‘zbekiston Milliy universitetining Madaniyat 
saroyida Respublika Yoshlari vakillarining birinchi qurultoyida «Kamolot» 
Yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. Qurultoyda ijtimoiy harakatning nizomi va 
dasturi qabul qilindi.
2016-yil 24- sentyabrda O‘zbekiston 
Respublikasining «Yoshlarga oid Davlat
siyosati to‘g‘risida»gi qonun imzolandi. 
Bu qonunni imzolanishi navqiron 
avlodga yuksak mehr, e’tibor va 
g‘amxo‘rlik ifodasidir. 2017-yil 30- 
iyunida Prezidentimiz tashabbusi bilan 
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil etildi. 
Shu 
kundan 
e’tiboran 
30 
iyun 
mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida 
nishonlash an’anaga aylantirildi. 2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha «Harakatlar strategiyasi»da ham Yoshlar faolligini oshirish 
bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan 2017-yil 5-iyulda «Yoshlarga oid Davlat siyosatini samaradorligini 
oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
to‘g‘risida»gi farmonning imzolanishi mazkur tizim ishlarini yanada jadallashtirdi. 
BMT ning 72 sessiyasida ham yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni e’tirof 
etib, BMTning yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ishlab chiqish 
taklifini o‘rtaga tashladilar. 
Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan 
kursantlar maktablari «Temurbeklar maktabi» deb nomlandi.
Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan yoshlarni rag‘batlantirish uchun «Mard 
g‘lonlar» Davlat mukofoti, o‘qishda, mehnatda, jamoat ishlarida faol bo‘lgan 
Yoshlarni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining to’rtinchi 
yunalishi to’rtinchi bandida xam yoshlar siyosatini takomillashtirish belgilangan. 
Mamlakatimizda so’nggi yillarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi 
tizimning yaratilgani yoshlarimizda Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirib, 
zamonaviy demokratik O‘zbekiston davlatini barpo etishda ijtimoiy faollikni 
oshirmoqda. 2017- yilning o‘zida yoshlar hayotiga oid 20 dan ziyod qonun, 
farmon va qarorlar qabul qilindi. Faqat bir yil davomida O‘zbekiston Yoshlar 
ittifoqi tavsiyasi bilan 4 ming 300 ga yaqin yoshlarimizga banklar tomonidan 216 
millard so‘m imtiyozli kreditlar berilgani 184 ming 300 dan ziyod yoshlarimiz ish 
bilan ta’minlanganligi e’tiborga loyiq. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan buyon Respublika Prezidenti va 
hukumati tomonidan chuqur o‘ylangan milliy siyosat amalga oshirilmoqda. 


67 
Davlat umummilliy siyosatiga milliy siyosatdan tashqari iqtisodiy va sotsial, 
ilmiy-texnika, ta’lim va sog‘liqni saqlash, xalqaro munosabatlar (tashqi siyosat) 
milliy xavfsizlik va boshqa siyosatlar kiradi. 
O‘zbekiston umummilliy siyosatining katta tizimida milliy aholi siyosati 
alohida o‘rin egallaydi. Bu siyosat diqqat markazida millatidan qat’i nazar inson 
turadi. Bunda milliy aholi siyosati respublika aholisiga xos sifat ko‘rsatkichlarini 
yaxshilashni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston polietnik, ya’ni ko‘p elatli davlat turiga mansub bo‘lib, davlatga 
o‘z nomini bergan millat - o‘zbeklar (1996-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra - 76,4%) - 
aholi soni bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
1999-yilga kelib bu muvozanatda qisman o‘zgarish bo‘ldi. Mamlakatimizda 
o‘zbeklar aholining deyarli 80 foizini tashkil etsa, qolganlar esa kam sonli millatlar 
vakillaridir. 
«Ijtimoiy fikr» markazi tomonidan respublika Baynalmilal madaniy markaz 
hamda milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida «Mustaqil O‘zbekistonda 
fuqarolarning elatlararo va konfessiyalararo munosabatlari» yuzasidan 1999-yil 14-
18 noyabrda sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. Unda o‘z faoliyati bilan 150 mingdan 
ortiq kishini va yirik milliy guruhlarni qamrab olgan 24 ta Milliy madaniy markaz 
ishtirok etdi. Unga ko‘ra quyidagicha asosiy xulosalar chiqarilgan:
O‘zbekistondagi barcha etnik guruhlar uchun eng asosiysi-O‘zbekistonni o‘z 
vatani deb his etishdir; 
turli elatlar va konfessiyalar vakillari o‘zaro hurmat, tushunish va to‘la 
kelishuvchanlik muhitida faoliyat ko‘rsatmoqdalar; 
O‘zbekiston fuqarolari, ularning millatidan qat’i nazar, mustaqil 
O‘zbekistondagi elatlararo kelishuv va moslashuvchanlik fenomeni-davlatimizdagi 
barqarorlik va fuqarolar tinchligining eng muhim faktorlaridan biridir, degan 
yagona fikrdalar; 
fuqarolarning millatlaridan qat’i nazar ularning huquqiy tengligi, iqtisodiy va 
ijtimoiy erkinligi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan; 
-tub millat boshqa etnik guruhlar bilan birgalikda umumijtimoiy tafakkurni 
shakllantirish jarayonlarini tezlashtirish va rag‘batlantirishning ulkan salohiyatini 
tashkil etadi, yuzaga kelgan millatlararo munosabatlar esa tinchlik va barqarorlikni, 
har bir oilaga munosib hayotni ta’minlash kafolati bo‘lib xizmat qiladi; 
-kelajakda bashorat etish mumkinki, O‘zbekistondagi elatlararo va 
konfessiyalararo mutanosiblik o‘zbek xalqining ma’naviy yangilanishi va milliy 
tafakkurning o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda jamiyatning yangilanish va 
uning demokratiyalashuvida kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi, “respublikaning 
jahon hamjamoatchiligi bilan integratsiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi”
Ma’lumki, dunyodagi barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari 
yetakchi o‘rin tutadi. Gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalari har bir 
davlatda omma bilan hokimiyat o‘rtasida o‘ziga xos aloqa vositasi, oshkoralik 
ko‘zgusi, haqiqat jarchisi bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida 
yetakchi rol o‘ynaganligi uchun ham ularga to‘rtinchi hokimiyat tusini berish 
ommalashgan. Davlat boshqaruv organlari demokratiyaning muhim tayanchi 
bo‘lganligi uchun ham ommaviy axborot vositalari bilan maslahatlashishga, 


68 
takliflarini e’tiborga olishga majburdir. Shuning uchun ham O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 67-moddasida: «Ommaviy axborot vositalari 
erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun 
belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi»,- deyilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish, erkinligini 
ko‘rsatish, ularning xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi alohida ta’kidlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi 
Qonuni mamlakatimizdagi barcha gazeta va jurnallar, radio va televideniye 
vositalarini dunyo miqyosiga olib chiqish uchun xizmat qiluvchi asosiy dasturga 
ega bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2001-yil 1-yanvargacha-390 ta gazeta; 110 ta jurnal; 2 ta 
axborot agentligi; 52 ta telestudiya; 5 ta radiostudiya; 3 ta teleradiostansiyalar kabi 
ommaviy axborot vositalari mavjud bo‘lib, ular erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Oliy majlis palatalarining (2005-yil 28-yanvar) majlisida demokratik 
o‘zgarishlar mahalliy axborot vositalarining mustaqilligi va erkinligini 
ta’minlamasdan mumkin emas deb qayd etdi. 
2004-yilning 1-yanvar oyiga ko‘ra mamlakatimizda 571 gazeta, 140 jurnal, 4 
axborot agentligi, 85 teleradio va kabel studiyasi, 298 Elektron axborot vositalari 
ishlamoqda. 2017-yilda yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot 
vositasi faoliyat korsatmoqda. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsan tashabbusi va sa’y-
harakatlari bilan yana ikkita: O‘zbekiston Respublikasining «Jurnalistlik kasbini 
himoya qilish to‘g‘risida» hamda «Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to‘g‘risida» Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar tom ma’noda ko‘plab taraqqiy 
etgan mamlakatlarda ham mavjud bo‘lmagan qonunlardir. Ushbu qonunlar 
fuqarolarning axborot qidirib topish, olish, uzatish va tarqatish huquqini to‘la 
miqyosda ta’minlaydigan huquqiy qurol bo‘lib, aholi uchun axborot olish va 
yetkazishning bosh vositachisi deb qaraluvchi jurnalistning samarali faoliyat 
ko‘rsatishi uchun huquqiy asosni vujudga keltirdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ommaviy axborot 
vositasi to‘g‘risida I chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining (1996-yil, 
avgust) 6-sessiyasida shunday degan edi:
«Matbuot, axborot vositalari demokratik rivojlanishi uchun ulkan ahamiyatga 
ega. Biroq shuni ham e’tirof etish kerakki, demokratlashtirish jarayonida hozircha 
ommaviy axborot vositasining faol roli sezilmayapti. Ular shu paytgacha o‘zlarini 
«to‘rtinchi hokimiyat» sifatida namoyon qilganlari yo‘q. 
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng xorijiy ommaviy axborot 
vositalari bilan aloqa o‘rnatish masalasi tashqi siyosiy faoliyatimizning asosiy 
yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga 
qanchalik tez kirib borishi ana shu axborot vositalari tarqatadigan xabarlarining 
to‘g‘riligiga bog‘liq. 
Ayni paytda shu ommaviy axborot vositalari har bir kishi o‘z fikrini ifoda eta 
olishiga imkon beradigan erkin minbar bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda ular 
jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, 


69 
odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo‘yicha faol ish 
olib borishi lozim.
Birinchi Prezidentimizning «O‘zbekiston ijtimoiy hayotida televideniye va 
radio rolini ko‘tarish to‘g‘risida»gi 1997-yil 7-maydagi Farmoni yuqorida 
ko‘rsatilgan masalalarni me’yoriy tartibga solishda ko‘riladigan chora-
tadbirlarning ommaviy ifodasi bo‘ldi. 
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va uning 
qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson huquqlarini himoya 
qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo etilganligini kafolatlaydi. Zero, 
Birinchi Prezident I.Karimovning Oliy Majlis II chaqiriq IX sessiyasida so‘zlagan 
nutqi (2002-yil, 29-avgust), Qonunchilik palatasi va Senat qo‘shma yig‘ilishidagi 
ma’ruzasida (2005-yil, 28-yanvar) ommaviy axborot vositalarining jamiyat 
hayotidagi o‘rni va rolini oshirish to‘g‘risida amaliy takliflarni ilgari surdi. 
«Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy 
asoslarini mustahkamlash borasida qator ishlar qilindi. «Ommaviy axborot 
vositalari to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinliklari to‘g‘risida», 
«Jurnalistlarning kasbiga doir faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Axborot 
erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonning milliy demokratik 
taraqqiyoti, yurt istiqbolini demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yo‘lini 
tanladi. Yangi milliy davlatchilikni barpo etish arafasidayoq I.A.Karimov 
Milliy Mustaqillikni rivojlantirish, mamlakatning jahon hamjamiyatidan 
o‘ziga munosib o‘rinni egallashiga erishishi, fuqarolar huquq va erkinliklarini 
ta’minlash kafolatlarini mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
shakllantirishda deb bildi.
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish 
jarayonlarida milliy an’analar va qadriyatlarga muhim e’tibor berish, davlat 
boshqaruvini demokratik tamoyillar bilan uyg‘unlashtirish, barcha sohadagi 
islohotlarning milliy manfaatlar asosida amalga oshirilishiga e’tibor berildi. Shu 
bilan birga, I.A.Karimov «umuminsoniy tamoyillar va me’yorlarni, butun dunyoda 
chuqur ildiz otgan demokratik qadriyatlarni o‘rganmay va ulardan foydalanmay 
turib, demokratik institutlarni shakllantirish, fuqarolik jamiyatining asoslarini 
yaratish mumkin emas» ligini ham ko‘rsatib berdi. 
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadlarida erkinlashtirish mafkurasini 
milliy qadriyatlar va an’analar bilan uyg‘unlashtirish asosida islohotlarni 
chuqurlashtirishning «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual 
tamoyiliga asos solindi. Mamlakatdagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishning 
ustuvor yo‘nalishi sifatida «mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat 
qurilishini yanada erkinlashtirish» yo‘li tanlandi. 
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. 
Islohotlarning mazkur bosqichida asosiy ustuvorlik fuqarolik jamiyatini qurishga 
qaratilmoqda. Shu maqsadlarda davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini 
fuqarolik jamiyati institutlari - siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va 
o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish asosida islohotlar tobora chuqurlashib 
bormoqda.


70 
Ayniqsa, Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini 
yaratilishi 
masalasi 
2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha «Harakatlar strategiyasi» 
sida ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘liqligi esa mazkur mavzuni 
atroflicha o‘rganish dolzarbligini yanada oshiradi. 
Umuman olganda, hozirgi davrga kelib mamlakatda yangi jamiyat qurishga 
doir islohotlar tobora avj olib borayotganligi, bu jarayonlarni O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi fanini o‘qitish davomida atroflicha o‘rganish va tahlil etish mazkur 
mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi yana 
quyidagilar bilan izohlanadi: 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin