Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti r. E. Xoliqova


Davlat ramzlarining qabul qilinishi



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/149
tarix15.07.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#136626
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   149
1.14-

Davlat ramzlarining qabul qilinishi
. O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 1991-yil 18-noyabr VIII sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan 
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul 
qilindi. Davlat bayrog‘i mamlakatimiz hududida 
ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar
bayrog‘iga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni 
davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga 
xos bo‘lgan xususiyatlarni, xalqimizning milliy va 
madaniy sohalardagi o‘zligini ham aks ettiradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
davlat 
bayrog‘i 
yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va 
kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi. 
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 
8 moddadan iborat bo‘lgan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 
to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga 
ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, 
paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, 
barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, 
daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda 
berilgan.
1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Kengashining 
XI 
sessiyasida 
12 
moddadan 
iborat 
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
madhiyasi to‘g‘risida»gi Qonuni qabul 
qilindi.
Har bir mustaqil davlatning asosiy 
belgilaridan biri – milliy valyutasidir. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga 
kiritib, o‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq bu jarayon 
uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O‘zbekiston 1991-1993-
yillarda sobiq ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo 
sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin 
pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.
O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 
1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari 
tayyorlandi. Nihoyat, 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m – kupon 
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga 
tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba 
orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan 
«O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish 
to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika 


49 
hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy 
valyutasi - so‘m muomalaga chiqarilgan.
Muomalaga 1994 yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik, 1997- yil 1-martdan 
200 so‘mlik, 2000 yil 1 iyuldan 500 so‘mlik, 2001 - yil 1- sentyabrdan 1000 
so‘mlik banknotlar chiqarilgan. Keyinchalik, 1, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m 
qiymatidagi tangalar muomalaga kiritilgan. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin