Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Yüklə 134,24 Kb.
səhifə12/27
tarix19.12.2023
ölçüsü134,24 Kb.
#186701
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Œзбекистон республикаси олий ва œрта маќсус таълим вазирлиги-www.hozir.org

Sikl operatori. 
Mathcadda ikkita sikl operatori mavjud: FOR va WHILE. 

Agar siklda takrorlanish soni oldindan ma’lum boʻlsa, u holda FOR operatori 


ishlatiladi.



Agar sikl ma’lum shartning bajarilishi ichida takrorlanishi lozim boʻlsa, u


holda WHILE operatori ishlatiladi. 


WHILE operatori. 
While sikl operatori takrorlanishlar soni oldindan aniq 
boʻlmagan hollarda takrorlanishni biror bir shartning rost boʻlishida bajaradi.
Berilgan shart oldin tekshirilib, keyin shartning bajarilishiga qarab uning tarkibidagi 
operatorlar bajariladi.
While sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma ketliklarni bajarish lozim: 
1. Kursorni dastur kiritish kerak boʻlgan boʻsh joyga qoʻyiladi.
2. Dasturlash panelidan While Loop (Tsikl While) tugmasi bosiladi. 
3. While operatorining oʻng tamonidan shart (mantiqiy ifoda) kiritiladi.
4. While operatori pastidan sikl hisoblashi lozim boʻlgan ifodalar kiritiladi. 



16 

Agar siklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak boʻlsa, oldin kursorni kiritish
joyiga qoʻyib, keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi 
oʻrta qavs) tugmasini sikl nechta qatorni oʻz tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish
kerak boʻladi.


FOR operatori. 
For sikl operatorini takrorlanishlar soni oldindan aniq 
boʻlganda ishlatish maqsadga muvofiqdir. For operatorining takrorlanishini, undan
oldin berilgan oʻzgaruvchi aniqlaydi.
For sikl operatorini yozish uchun quyidagi ketma - ketliklarni bajarish lozim:
1. Kursorni dastur kiritish kerak boʻlgan boʻsh joyga qoʻyiladi. 
2. Dasturlash panelidan For Loop (sikl For) tugmasi bosiladi.
3. For operatorining oʻng tamonidan oʻzgaruvchi nomi kiritilib, ungan keyin 
oʻzgaruvchining oʻzgarish diapazoni beriladi. Sikl oʻzgaruvchisi sonlar qatori yoki
vektor boʻlishi mumkin. Masalan, rasmda oʻzgaruvchi qiymatlari vergul bilan 
ajratilgan vektor qilib berilgan.
4. For operatori pastidan sikl hisoblashi lozim boʻlgan ifodalar kiritiladi. Agar 
siklda bir necha ifodalarni hisoblash kerak boʻlsa, oldin kursorni kiritish joyiga
qoʻyib, keyin Add Program Line (Dasturga qator kiritish) yoki “]” (yopuvchi oʻrta 
qavs) tugmasini sikl nechta qatorni oʻz tarkibiga kiritsa shuncha marta bosish kerak
boʻladi. Keyin kiritish joylarini kerakli ifodalar bilan toʻldirib, ortiqcha kiritish joyi 
olib tashlanadi.
Operatorlardan foydalanish jarayonlarni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. 
Bu esa qoʻyilgan masalani tezkor yechish imkoniyatini beradi.


Yüklə 134,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin