Document Interface, MDI). Bu nimani anglatadi? MDI dasturiy ta’minotlari bir
Spesifikatsiya va tekst hujjatlarni tahrirlagich.
25
24-rasm. Yangi hujjat yaratish
25-rasm. КОМПАС - 3D tizim foydalanuvchi interfeysi elementi
КОМПАС dasturining boy oynasi quyidagi elementlardan tashkil topgan:
bosh menyu – asosiy oynaning eng yuqorisida joylashgan bo‘lib, faol hujjat-
ning turli buyruqlariga imkon yaratadi. Menyuda КОМПАС -3D hujjatlarining bar-
cha turi uchun umumiy bo‘lgan punktlar hamda joriy hujjat tipiga bog’liq maxsus
buyruqlardan iborat.
ixcham asboblar paneli – interfeysning eng muhim va ko‘p foydalaniladigan
elementi. Bu vertikal panel bo‘lib, u odatda dastur oynasining chap tomonida joy-
lashgan.
U modellar, chizmalar yoki spetsifikatsiya elementlarini yaratish va tah-
rirlash uchun mo‘ljallangan asboblar panellarini o‘zida mujassamlashtirgan. As-
boblar panellarining biridan ikkinchisiga o‘tish uchun maxsus tugmalardan (ular
ixcham panelning yuqori qismida joylashgan) foydalaniladi. Ixcham panel tarkibi
foydalanuvchi ishlayotgan hujjat tipiga bog’liq.
asboblar paneli (Панель инструментов) – paydo bo‘luvchi ro‘yxat, kiritish
maydoni, maqsadi va qo‘llanishiga ko‘ra guruhlangan tugmalarda tashkil 84 topgan
boshqaruv elementlari. Ushbu panellarni bosh oynaning istalgan tomoniga biriktirib
qo‘yish mumkin.
qurish tartibi (Дерево построения) – model (detal, yig’ma) yoki chizmani
qurish ketma-ketligini daraxtsimon tasvirlash oynasi. Bu boshqaruv elementi foyda-
lanuvchi tomonidan ushbu hujjatni shakllantirish tartibi hamda chizma elementlari
yoki uch o‘lchamli modellarni hosil qilish jarayonlari orasidagi ierarxik aloqani
ko‘rsatadi va tahrirlashni ancha yengillashtiradi.
26
hujjatni tasvirlash oynasi (Окно представления документа) – ushbu sohada
hujjat haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu bosh oynaning bir qismi bo‘lib, foyda-
lanuvchi harakati natijasi ifodalanadi: model, chizma yoki spetsifikatsiya qatorlari
tasvirlanadi.
xossalar paneli (Панель свойств) – ushbu panelda buyruqni bajarish vaqtida
tahrirlash uchun ochiq bo‘lgan sozlash va xossalar ilovalari ko‘rsatiladi. Masalan,
grafik hujjatda (chizmada) kesma chizilayotganida
xossalar panelida kesmaning
boshlang’ich va oxirgi nuqtalari koordinatalari, uning uzunligi, og’ish burchagi va
ochiluvchi ro‘yxatda chiziq tiplarini tanlash uchun maydonchalar paydo bo‘ladi.
Xossalar panelida aks etadigan xossalar to‘plami har
qaysi buyruq uchun alohida
bo‘ladi.
26-rasm. Xossalar panelida kesma buyrug’i parametrlarini kiritish
Xossalar panelini bosh oynaning istalgan chetiga biriktirish mumkin. Panelning
holatini o‘zgartirish uchun, ya’ni uni biriktirish yoki suzuvchi holatga keltirish
uchun kontekst menyudan foydalanish kerak. Agar xossalar paneli gorizontal joy-
lashgan bo‘lsa, u holda kontekst menyuni panel chap qismidagi vertikal marker
nuqtasiga sichqonchani bosish orqali chaqirish mumkin.
27-rasm. Kontekst menyu
Xabar qatori (Строка сообщений) – bosh oynaning eng quyi qismida joylash-
gan bo‘lib, joriy jarayon uchun yo‘llanma va eslatma qiymatlarini ko‘rsatish uchun
mo‘ljallangan. Ayrim holatlarda xabat qatorida ushbu jarayoning bajarilish indi-
katori (katta yig’uv chizmasini ochish, faylni rastrli formatda saqlash va b.)
ko‘rsatkichi paydo bo‘ladi. Xabar qatorini ko‘rsatish yoki ko‘rinmas qilish uchun
bosh menyudan Вид → Строка buyrug’ini tanlash kerak.
28-rasm. КОМПАС ishini bajarish uchun chizma
27
29-rasm. КОМПАС dasturida
chizma yaratish
Dostları ilə paylaş: