Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Yüklə 134,24 Kb.
səhifə17/27
tarix19.12.2023
ölçüsü134,24 Kb.
#186701
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Œзбекистон республикаси олий ва œрта маќсус таълим вазирлиги-www.hozir.org

3- LABORATORIYA ISHI 

КОМПАС 3D TIZIMIDA TEXNIK OBYEKTLARGA TEGISHLI 

GRAFIK MODELLARNI IFODALASH, QAYTA ISHLASH VA 

VIZUALLASHTIRISH 

Ishdan maqsad: 
КОМПАС dasturi balan tanishib amaliyotda tatbiq etish 
ko‘nikmasini hosil qilish. КОМПАС dasturiy ta’minoti interfeysi bilan tanishish.
Foydalanuvchi interfeysini sozlash.


Topshiriqlar: 

1)

Nazariy qism bilan tanishib chiqish;
2)

КОМПАС dasturini ishlatish sohalari bilan ishlashni o‘rganish;


3)

КОМПАС dasturini kompakt paneli bilan ishlash;


КОМПАС - 3D – bu ko‘p hujjatga ega interfeysli dasturiy ta’minot (Multiple 

Document Interface, MDI). Bu nimani anglatadi? MDI dasturiy ta’minotlari bir


qancha fayllarni (hujjatlarni) bir vaqtning o‘zida ochish hamda ulardan foydalanish 
imkonini beradi. Shunday qilib, murakkab loyihalarni amalga oshirishda bir necha
hujjat bilan bir vaqtning o‘zida ishlash imkoniyati bor. Bunday dasturlar turli tipdagi 
fayllar bilan ishlash imkoniga ega. КОМПАС -3D dastur paketini shartli ravishda
quyidagi uch tarkibga bo‘lish mumkin: 

КОМПАС - 3D – uch o‘lchamli modellar bilan ishlash uchun;



КОМПАС -График – chizma-grafik tahrirlagich (asosan, ikki o‘lchamli 


chizmalarni chizish uchun);



Spesifikatsiya va tekst hujjatlarni tahrirlagich.


Har bir tarkib o‘ziga mos tipdagi fayllar, ikonka hamda kengaytmaga ega. 
Dastur birinchi marotaba ishga tushganda foydalanuvchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan
ko‘rinishni sozlab olishi mumkin. 
23-rasm. КОМПАС ishchi oynasi 



25 


24-rasm. Yangi hujjat yaratish 

25-rasm. КОМПАС - 3D tizim foydalanuvchi interfeysi elementi 

КОМПАС dasturining boy oynasi quyidagi elementlardan tashkil topgan: 

bosh menyu – asosiy oynaning eng yuqorisida joylashgan bo‘lib, faol hujjat-


ning turli buyruqlariga imkon yaratadi. Menyuda КОМПАС -3D hujjatlarining bar-


cha turi uchun umumiy bo‘lgan punktlar hamda joriy hujjat tipiga bog’liq maxsus 
buyruqlardan iborat.

ixcham asboblar paneli – interfeysning eng muhim va ko‘p foydalaniladigan


elementi. Bu vertikal panel bo‘lib, u odatda dastur oynasining chap tomonida joy-
lashgan. U modellar, chizmalar yoki spetsifikatsiya elementlarini yaratish va tah-
rirlash uchun mo‘ljallangan asboblar panellarini o‘zida mujassamlashtirgan. As-
boblar panellarining biridan ikkinchisiga o‘tish uchun maxsus tugmalardan (ular
ixcham panelning yuqori qismida joylashgan) foydalaniladi. Ixcham panel tarkibi 
foydalanuvchi ishlayotgan hujjat tipiga bog’liq.

asboblar paneli (Панель инструментов) – paydo bo‘luvchi ro‘yxat, kiritish


maydoni, maqsadi va qo‘llanishiga ko‘ra guruhlangan tugmalarda tashkil 84 topgan 
boshqaruv elementlari. Ushbu panellarni bosh oynaning istalgan tomoniga biriktirib
qo‘yish mumkin.

qurish tartibi (Дерево построения) – model (detal, yig’ma) yoki chizmani 


qurish ketma-ketligini daraxtsimon tasvirlash oynasi. Bu boshqaruv elementi foyda-


lanuvchi tomonidan ushbu hujjatni shakllantirish tartibi hamda chizma elementlari 
yoki uch o‘lchamli modellarni hosil qilish jarayonlari orasidagi ierarxik aloqani
ko‘rsatadi va tahrirlashni ancha yengillashtiradi. 



26 


hujjatni tasvirlash oynasi (Окно представления документа) – ushbu sohada 

hujjat haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bu bosh oynaning bir qismi bo‘lib, foyda-


lanuvchi harakati natijasi ifodalanadi: model, chizma yoki spetsifikatsiya qatorlari 
tasvirlanadi.

xossalar paneli (Панель свойств) – ushbu panelda buyruqni bajarish vaqtida


tahrirlash uchun ochiq bo‘lgan sozlash va xossalar ilovalari ko‘rsatiladi. Masalan, 
grafik hujjatda (chizmada) kesma chizilayotganida xossalar panelida kesmaning
boshlang’ich va oxirgi nuqtalari koordinatalari, uning uzunligi, og’ish burchagi va 
ochiluvchi ro‘yxatda chiziq tiplarini tanlash uchun maydonchalar paydo bo‘ladi.
Xossalar panelida aks etadigan xossalar to‘plami har qaysi buyruq uchun alohida 
bo‘ladi.
26-rasm. Xossalar panelida kesma buyrug’i parametrlarini kiritish 

Xossalar panelini bosh oynaning istalgan chetiga biriktirish mumkin. Panelning 


holatini o‘zgartirish uchun, ya’ni uni biriktirish yoki suzuvchi holatga keltirish
uchun kontekst menyudan foydalanish kerak. Agar xossalar paneli gorizontal joy-
lashgan bo‘lsa, u holda kontekst menyuni panel chap qismidagi vertikal marker
nuqtasiga sichqonchani bosish orqali chaqirish mumkin. 
27-rasm. Kontekst menyu 

Xabar qatori (Строка сообщений) – bosh oynaning eng quyi qismida joylash-


gan bo‘lib, joriy jarayon uchun yo‘llanma va eslatma qiymatlarini ko‘rsatish uchun
mo‘ljallangan. Ayrim holatlarda xabat qatorida ushbu jarayoning bajarilish indi-
katori (katta yig’uv chizmasini ochish, faylni rastrli formatda saqlash va b.)
ko‘rsatkichi paydo bo‘ladi. Xabar qatorini ko‘rsatish yoki ko‘rinmas qilish uchun 
bosh menyudan Вид → Строка buyrug’ini tanlash kerak.
28-rasm. КОМПАС ishini bajarish uchun chizma



27 


29-rasm. КОМПАС dasturida chizma yaratish 

Yüklə 134,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin