Qo‘shimcha xatolik. Agar o‘lchash vositasi normal sharoitdan farqli bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo‘ladigan xatolik qo‘shimcha xatolik deyiladi.
Ishlab chiqarishda o‘lchash vositasidan foydalanishda normal sharoitdan sezilarli darajada og‘ishi qo‘shimcha xatolikni hosil qiladi. Ishlab chiqarish sharoitida qo‘shimcha xatolik o‘ta muhim bo‘lishi mumkin, ya’ni o‘lchash vositasining buyurtmachisi aniq holatlarda qo‘shimcha xatolikni alohida ko‘rsatishga ko‘nmasdan ishlash sharoitida ekspluatasion xatolik yig‘indisi bo‘yicha o‘lchash vositasining attestasiyalashni talab qilishi mumkin. O‘lchash vositasing xatoligi asosiy va qo‘shimcha xatoliklarga bo‘linishi shartli hisoblanib, o‘lchash vositasini ishlab chiquvchi va buyurtmachi o‘rtasidagi aniq kelishuvga muvofiq aniqlanadi.
O‘lchash vositalarining xatoliklarini tahlil qilishda ta’sir etuvchi kattaliklar deyilganda muayyan o‘lchash vositasi bilan o‘lchanmaydigan kattaliklar tushuniladi. Bunday kattaliklarga tashqi ta’sir etuvchi kattaliklar va kirish signalining noinformativ parametrlari kiradi.
O‘z navbatida tashqi ta’sir etuvchi kattaliklar quyidagilar hisoblanadi:
klimatik (harorat, havo namligi, atmosfera bosimi);
O‘lchash vositalarini normal sharoitda ishlatilishi deganda, shunday sharoit tushuniladiki, bunda ta’sir etuvchi kattaliklar yoki tashqi omillar normal qiymatlarda (yoki yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegarada) bo‘lishi kerak.
Normal sharoitlar o‘lchash vositalarining me’yoriy hujjatlarida belgilanadi.
O‘lchash vositalarini ishlab chiqishda yoki ta’mirlashda ularning parametrlarini rostlash, graduirovkalash (darajalash) normal sharoitda amalga oshiriladi. Bunda o‘lchash vositalarining parametrlari shunday rostlanishi kerakki, ularning normal sharoitda ishlatilganida xatoliklari minimal bo‘lsin. Shuning uchun, o‘lchash vositalari uchun ta’sir etuvchi kattaliklarning normal qiymatlaridan og‘ishi (o‘zgarishi) muhim hisoblanadi. Shu sababli turli o‘lchash vositalari uchun ta’sir etuvchi omillar har xil bo‘lishi mumkin.
O‘lchash vositalarini normal ishlash sharoitidan tashqari ish sharoiti ham belgilanadi.