Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Qiyoslash va kalibrlash kleymalarining tayyorlanishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə14/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

2. Qiyoslash va kalibrlash kleymalarining tayyorlanishi.
2.1. Davlat metrologiya xizmati idoralari uchun qiyoslash va kalibrlash kleymalarini tayyorlashni “O‘zstandart” agentligi amalga oshiradi.
Akkreditlangan metrologik xizmatlarning qiyoslash va kalibrlash kleymalarini tayyorlashni yuridik shaxslar amalga oshiradi.
2.2. “O‘zstandart” agentligi va yuridik shaxslar texnik topshiriq beradi va respublika korxonalari bilan yoki boshqa dalatning maxsus korxonalari bilan kleymani tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuzadi.
Respublika ehtiyoji uchun markazlashtirilgan tartibda “O‘zstandart” agentligi orqali qiyoslash kleymasini tayyorlashga tuzilgan shartnomaning imkoniyatlari kelishiladi.
2.3. Qiyoslash kleymasini tayyorlash uchun tuzilgan shartnomada tayyorlashning asosiy sharti va maxfiy tarzda qiyoslash kleymasini qabul qilish, tayyorlanish moboynida kleymaning birliligi va saqlanganligi, materialga bo‘lgan asosiy talab va tashyyorlash sifati, kleymani yetkazib berish muddati kabi bandlar bo‘lishi shart.
2.4. Tayyorlangan qiyoslash kleymasini qaytadan tayyorlash korxonasi xuzuridagi, “O‘zstandart” agentligi va yuridik shaxslar tayinlagan ekspert komissiya qabul qilishi shart. Kleyma respublikadan tashqarida tayyorlangan hollarda shartnoma-buyurtmaga muvofiq kleymaning qabul qilinishi bilan ularning mamuriy idoralari tomoidan tayinlangan ekspert komissiya shug‘ullanadi.
2.5. Ekspert komissiya qiyoslash kleymasini yagona kleyma izidan olingan individual qiyoslagich belgisiga ega qiyoslash kleymasi bilan tekshiradi. Tekshirish natijasi bo‘yicha akt tuziladi. Aktning bir nusxasi tayyorlash zavodiga beriladi.
“O‘zstandart” agentligining xududiy idoralari va yuridik shaxslar aktning bir nusxasini va qiyoslash kleymasini “O‘zstandart” agentligiga yuboradi.
2.6. “O‘zstandart” agentligi va yuridik shaxs “O‘zstandart” agentligining xududiy idoralariga va akkreditlangan metrologik xizmat idoralariga kleyma bilan ta’minlash ketma-ketligini o‘rnatadi.
Ko‘rsatilgan ketma-ketlik quyidagicha bo‘lishi kerak:
– tayyorlangan kleymaga ariza berish 12 oydan kechiktirilmay B ilova shaklida berilishi kerak. Tayyorlangan kleymaga ariza o‘tgan yilgi ulardan foydalanish tahlili hisobga olingan holda yozilishi;
– hududiy idoralar va mahkamaviy tashkilotlar, ularning korrektirovka imkoniyatlarida keluvchi arizaning tahlili;
– ko‘chirma arizaning tasdiqlanganligi va holati;
– tayyorlangan kleymaga tuzilgan shartnoma kechiktirilmagan holda olinish shart.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin