3. Qiyoslash va kalibrlash kleymalarining qo‘llanilishi
3.1. Qiyoslash va kalibrlash kleymasi faqat qiyoslovchi sifatida attestatlangan shaxsgina qo‘llashi mumkin.
3.2. Qiyoslash va kalibrlash kleymasining izi o‘lchash vositasiga bosiladi hamda o‘lchash vositasini qiyoslash va kalibrlash bo‘yicha belgilangan me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq ekspluatasion hujjatga kiritiladi.
Kalibrlash kleymasi ottiskasi O‘z DST 8.018-97 standartining 5.5.2 bo‘yicha qo‘yilgan shart asosida o‘lchash vositasiga bosiladi.
3.3. Har bir qiyoslovchi rahbarning buyrug‘i yoki ko‘rsatmasi bilan individual belgiga ega qiyoslovchi shaxsiy qiyoslash kleymasini oladi. Bu kleymaning boshqa shaxslarga berilishi qatiy taqiqlanadi.
3.4. Kalibrlash kleymalarini shaxslarga berish tartibi metrologik xitmat idoralari tomonidan ishlab chiqiladi va yuridik shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Qiyoslash va kalibrlash kleymalarining saqlash
- “O‘zstandart” agentligi va yuridik shaxslar qiyoslash va kalibrlash klemalarining berilishi, qabul qilinishi va saqlanishining ketma-ketligini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
- Davlat metrologiya xizmati idoralarida qiyoslash kleymalarini hamda yuridik shaxslarning metrologik xizmati idoralarida qiyoslash va kalibrlash kleymalarini saqlash qiyoslovchi malakasiga ega xodimlarining ichidan, rahbariat tomonidan tayinlangan javobgar shaxslarga yuklatiladi. Zarur hollarda bu ishlar javobgar shaxslar, ya’ni xodimlar guruhi tomonidan bajariladi.
- Qiyoslovchi, ya’ni kleymaning yaroqliligi va saqlanishi, shuningdek ottiskaning tozaligi uchun javobgar shaxs o‘lchash vositasiga yoki ularning ishlatish hujjatlariga masuldir.
- Qiyoslash va kalibrlash kleymasining ottiskasi (izi) javobgar shaxs tomonidan, to kleyma ottiskasining o‘lchash vositasida yoki ularning ishlatish hujjatlarida keltirilgan muddat tugagunicha saqlanadi.
- Har kvartalda qiyoslash kleymasining saqlanish holati va ishlatish ketma-ketligi hisobi rahbariyat yoki mas’ul shaxslar tomonidan tekshiriladi. Tekshirish natijasi hisob jurnaliga, qiyoslash kleymasini berish va olish jurnaliga yozib boriladi.
- Qiyoslash kleymasining berish va qabul qilish jarayonida barcha holat aslidagidaymi-yo‘qmi tekshiriladi. Masalan, kauchukli kleymaning kleylangan joyining mustahkamligi, plombirning sozligi va h.k.
- Qiyoslovchi qiyoslash kleymasining yo‘qolganligi yoki buzulganligi to‘g‘risida rahbariyatni xabardor qilishga majburdir. Yo‘qolganligi yoki buzulganligi to‘g‘risidagi dalillar bo‘yicha maxsus tekshirish amalga oshiriladi.
Agar maxsus tekshirish natijasida mas’ul kishi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, unda mavjud qonunchilik asosida javobgarlikka tortiladi.
Dostları ilə paylaş: |