Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Qiyoslash sxemasi va uning mazmuni



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə12/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

2.Qiyoslash sxemasi va uning mazmuni.

Davlatlararo qiyoslash sxemalari (MDH davlatlari uchun) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengash tomonidan tasdiqlanadi.


Davlat qiyoslash sxemalari mamlakatda qo‘llaniluvchi fizikaviy kattalikning barcha o‘lchash vositalari uchun qo‘llaniladi.
Lokal qiyoslash sxemalari ma’lum bir korxonada, hududda va respublikada qiyoslash o‘tkaziladigan o‘lchash vositalariga qo‘llanilishi mumkin. Qo‘llanish sohasiga muvofiq lokal qiyoslash sxemasi korxona, hudud va respublikaning qiyoslash sxemasi bo‘lishi mumkin.
Lokal qiyoslash sxemalari fizikaviy kattalikning o‘lchash vositasi uchun davlat qiyoslash sxemasiga qarama-qarshi bo‘lishi kerak emas. Ular albatta o‘zining qo‘llanilish sohasiga qarab davlat qiyoslash sxemalaridan holi qilinib, aniqlashtirib olinishi shart.
O‘lchash turlari uchun lokal qiyoslash sxemasini davlat qiyoslash sxemalariga zid kelmaydigan qilinib, ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
Qiyoslash sxemasi ikki pog‘onadan kam bo‘lmagan birlik o‘lchamini uzatishi kerak.
Davlat qiyoslash sxemasini “O‘zstandart” agentligi ishlab chiqadi. Uning taklifi bo‘yicha davlat sxemasi davlat standarti ko‘rinishida yoki metrologiya bo‘yicha tavsiya ko‘rinishida tasdiqlanadi.
Davlatlararo qiyoslash sxemalari davlat standartlari sifatida tasdiqlanadi.
Davlatlararo qiyoslash sxemasi elementlari bo‘lib barcha etalonlar, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi o‘lchash vosita­lari va shuningdek birlik o‘lchamini uzatish usullari (qiyos­lash usullari) hisoblanadi.
Mahalliy qiyoslash sxemalari fizik kattaliklar birligi o‘lchamini uzatishning ikkidan ortiq bosqichi bo‘lganda tuziladi va davlatlararo qiyoslash sxemalariga zid kelmasligi lozim.
Mahalliy qiyoslash sxemalariga fizik kattalikning foydalanishda bo‘lgan yoki muomalaga chiqarilayotgan barcha ishchi o‘lchash vositalari kiritiladi.
Mahalliy qiyoslash sxemasi elementlari bo‘lib namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi o‘lchash vositalari, shuningdek qiyoslash usullari nomlari hisoblanadi; qiyoslash sxemasiga nusxa – etalonlar va ishchi etalonlar nomlarini kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
Qiyoslash sxemasida, odatda, faqat bitta fizik kattalik birligi o‘lchamini uzatish ko‘rsatilishi lozim.
Mahalliy qiyoslash sxemasini uning DMX idorasi bilan kelishilgandan so‘ng korxona me’yoriy hujjati sifatida ishlab chiqiladi. Mahalliy qiyoslash sxemalarini shuningdek metrologik institutlar yoki DMX yuqori idoralari bilan kelishadigan DMX hududiy idoralari tuzadilar.
Fizik kattaliklarni o‘lchash vositalari uchun davlatlararo qiyoslash sxemalarini ushbu kattalik birligining davlat etalonini saqlovchi bo‘lib hisoblanuvchi davlat etalonlari bosh markazi ishlab chiqadi.
Lokal qiyoslash sxemasi chizma ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Qo‘shimcha chizmalarga matn qismida ruxsat etiladi.
Qiyoslash sxemasi chizmasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
– o‘lchash vositasi guruhining nomi, nominal qiymat yoki fizikaviy kattalik qiymatining diapazonlar, birlik o‘lchamini uzatish ketma-ketligi aniqlanuvchi muhim sharoitli o‘lchash diapazonlari;

  • birlik o‘lchamlarini uzatish usulining nomi;

  • birlik o‘lchamini uzatish tizimida o‘lchash vositasining bir-biriga tobeligi.

Qiyoslash sxemasi chizmasi
Qiyoslash sxemasi chizmasi vositalarning ketma-ket joylashishini ko‘rsatadi va ular shtrixli chiziqlar bilan ajratib qo‘yiladi.
Har bir joy o‘z ketma-ketligi bo‘yicha nomiga ega bo‘lishi kerak:
– birlamchi etaloni;
– ikkilamchi etalon;
– boshqa davla qiyoslash sxemasidan o‘zlashtirilgan etalonlar;
– ishchi etalon – uning razryadlari (har bir razryad uchun alohida maydon);
– ishchi o‘lchash vositasi.
Birlamchi etalon maydoni ostida ikkilamchi etalon maydoni joylashadi, so‘ngra 1-razryadli ishchi etalonlar maydoni va undan keyin razryadlar ketma-ketligi bo‘yicha ishchi etalonlar ketma-ket joylashadi. Ba’zida, zaruriyat tug‘ilganda ikkilamchi etalon maydoni tagida 0-razryadli ishchi etalon maydoni joylashtiriladi (masalan, agar davlat qiyoslash sxemasiga qaralganda 1-razryadli etalonlarga birlik o‘lchamni uzatishning qo‘shimcha pag‘onasi kerak bo‘lib qolsa).
Lokal qiyoslash sxemalarida chizmaning yuqori maydonida “Boshlang‘ich etalon” deb ataluvchi etalon joylashtiriladi. Lokal qiyoslash sxemalarida ko‘rsatilgan ishchi etalon razryadlari davlat qiyoslash sxemasi etalonlari razryadigan muvofiq bo‘lishi kerak.
Maydonlar soni qiyoslash sxemasining strukturasiga bog‘liq. Qiyoslash sxemasi parametr va strukturalarining miqdoriy asoslanish metodikasi “O‘DT. Qiyoslash sxemalarini ishlab chiqishda ularning miqdori asoslanish metodikasi” asosida yuritiladi
Maydonlarning nomlari chizmaning chap tarafida, vertikal chiziqlar bilan ajratilgan qismida ko‘rsatiladi.
Birlamchi etalon nomi ikki chiziq bilan ajratilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga yoziladi. Ikkilamchi etalon, ishchi etalon va ishchi o‘lchash vositalarining nomlari bitta chiziq bilan ajratilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichida yoziladi.
Birlik o‘lchamini uzatish usullarining nomi o‘lchamni uzatuvchi va qiyoslash ob’yekti nomlari orasida joylashga gorizontal avalga yoziladi.
Qiyoslash sxemalarida ko‘rsatilgan birlik o‘lchamlarini uzatish usullarini unifikasiyalash maqsadida quyida keltirilgan umumiy usullardan biriga muvofiq bo‘lishi kerak:

  • bevosita solishtirish (ya’ni vositasiz solishtirish);

  • kompyuter yordamida solishtirish (ya’ni yordachi vosita sifatida solishtirish);

  • bevosita o‘lchash usuli;

  • bilvosita o‘lchash usuli.

Birlik o‘lchamlarini uzatish usulini ko‘rsatishda o‘lchash vositasini qiyoslashning spesifikasini qisman yoritishga ruxsat beriladi.
Birlik o‘lchamini yuqoridan pastga uzatishda qiyoslash vositasiga mos ravishda, qiyoslash ob’yektlarini bog‘lovchi uzun chiziqlar xizmat qiladi. Uzuk-uzuk chiziqlar birlik o‘lchamini uzatish usuli ko‘rsatilgan ovalga ulanadi. Ovallar sxema maydoniga muvofiq ravishda bo‘linuvchi shtrix chiziqlar kesishmasida joylashadi.
Qiyoslash sxemasi elementlarining o‘lchamilari bir maydon chegaralarida bir xil bo‘lishi kerak. Qiyoslash sxemasining matn qismi kiritish qismidan va qiyoslash sxemasi elementlariga qo‘shimcha ma’lumot kiritib izoh berish qismidan tashkil topgan bo‘ladi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin