Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə20/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

Nazorat savollari
1. Qiyoslash laboratoriya xonalariga qanday talablar qo‘yiladi?
2. Qiyoslash ishlari qanday ketma-ketlikda olib boriladi?
3. Qiyoslashning ijobiy natijalari qanday baholanadi?
8-amaliy mashg‘ulot
O‘lchash vositasini qiyoslash laboratoriyasida qo‘yiladigan akkreditatlash talablari va qiyoslash laboratoriyasini akkreditatlash tartibi
Reja.
1. Metrologik xizmatlarga qo‘yiladigan talablar.
2. Qiyoslash laboratoriyalarini akkreditatlash tartibi.


1. Metrologik xizmatlarga qo‘yiladigan talablar.
Yuridik shaxslarni metrologik xizmatlari O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq akkreditatlanadi. Akkreditatlash ishlari O‘zstandart agentligining akkreditasiya ishlari tomonidan olib boriladi. Akkreditasiya attestati 5 yil muddatga beriladi. Akkreditasiya laboratoriya va boshqa yuridik shaxslarga akkreditatlash diorasini belgilaydi.
Metrologik xizmat (qiyoslash laboratoriyasi) strukturaga sifatni ta’minlash tizimiga, ishchi hodimlarga, kerakli ishchi etalonlarga, xonalarga va qiyoslashni ta’minlab beruvchi sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.
Sifatni ta’minlash tizimi qiyoslash laboratoriyasi tomonidan bajarilgan ishlarni hajmiga mos bo‘lishi kerak.
Qiyoslash sifati ishlariga metrologik xizmatni rahbar bosh metrolog javob beradi. Laboratoriyani sifat bo‘yicha yo‘riqnomasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

  1. Laboratoriyani strukturasi

  2. Sifat bo‘yicha siyosati.

  3. Faoliyat ko‘rsatish ob’ektini tasnifi.

  4. Ichki tekshirishlarni olib borish proseduralari.

  5. Laboratoriyani etalonlar bilan va boshqa na’munaviy qiyoslash asboblari bilan ta’minlanganligi haqida ma’lumotlar.

  6. Ishchilar haqida ma’lumotlar.

  7. Lavozim instruksiyalari

  8. Ishlarni bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar

  9. Ishchi xonalarni holati haqida ma’lumot

10. Qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumotlar
Qiyoslash laboratoriyasi akkreditasiya doirasi bilan belgilangan etalonlar va na’munaviy qiyoslash vositalariga ega bo‘lishi kerak.
Qiyoslovchilar uchun texnikaviy xizmat grafiklari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerak.
Har bir etalon korxonaning metrologiya xizmatida qayd qilinishi kerak. Qayd qiluvchi hujjatga quyidagi ma’lumotlar kiradi.

  1. Etalon nomi

  2. Ishlab chiqaruvchi korxona markasi yoki turi zavod nomeri

  3. Metrologik harakteristikalar

  4. Ishlab chiqilgan sanasi va ekspluatasiyaga kiritilgan sana

  5. Ta’mirlash haqida texnikaviy xizmat haqida ma’lumotlar

6. Qiyoslash haqida ma’lumotlar qiyoslashlararo intervali



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin