Buyurtmaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi. Sifat bo‘yicha rahbariy hujjat.
Qiyoslash huquqiga ega bo‘lishi uchun texnikaviy iqtisodiy asos.
Laboratoriya joylashgan hududidagi davlat moliya xizmatining hulosasi.
Buyurtma akkreditasiya organiga qabul qilingandan keyin akkreditasiya organi 1 oy davomida topshirilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazadi. Ekspertiza natijalari ijobiy bo‘lsa akkreditasiya organi O‘zstandart agentligi bilan birgalikda tekshiruv komissiyasini tashkil qiladi. Kamissiya tarkibiga O‘zstandart agentligi mutaxassislari korxona vakillari va shu sohani chuqur biluvchi mutahasislar kiritiladi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha komissiya akt tuzadi va bu aktni boshqa hujjatlar bilan birgalikda O‘zstandart agentligi akkreditatlash organiga yuboradi. Akkreditatlash organi 15 kun davomida kerakli hujjatlar tayyorlaydi va ularni O‘zstandart agentligi mutaxassislari rahbariyatiga yuboradi.
Akkreditatlash natijasi ijobiy bo‘lsa qiyoslash laboratoriyasiga akkreditatlash doirasi belgilanadi va akkreditatlash attestasiyasi beriladi.
Qiyoslash laboratoriyasi O‘zstandart tomonidan qayd qilinadi va qiyoslash laboratoriyasi tamg‘asiga shifr beriladi va shu asosda qiyoslash laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatishga ruhsat beriladi.
Akkreditatlash attestati 5 yil muddatga beriladi. Ba’zi hollarda qiyoslash laboratoriyasini faoliyati haqida shikoyatlar tushsa qayta akkreditatlash 5 yil ichida o‘tkaziladi. Shu muddat tugamasdan qaytadan akkreditatlash o‘tkaziladi. Bu holda akkreditasiya inspeksiyasi nazorat shaklida o‘tkazadi.
Nazorat savollari. Laboratoriyaning sifat bo‘yicha yo‘riqnomasiga qanday ma’lumotlar kiradi?
Xodimlarga qo‘yiladigan talablarni keltiring?
3. Qiyoslash laboratoriyalarini akkreditatlash qanday bosqichlardan iborat?
4. Buyurtmaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?