Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvoxnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash). Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvoxnomaning amal qilishi quyidagi xolatlarda to‘xtatib turilishi mumkin:
akkreditasiya ob’yekti akkreditasiya to‘g‘risidagi guvoxnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat kilinganida;
Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvoxnomaning amal qilishini to‘xtatib turish 47 – bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan xollarda markaz tomonidan akkreditasiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, uch oydan oshmaydigan muddatga amalga oshiriladi.
Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditasiya kommisiyasining qabul kilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot markazining veb saytida joylashtirilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.
Akkreditasiya obyekti akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilish tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini to‘xtatib turishi shart. Akkreditasiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha xarakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqlikdarni bartaraf etish muddati akkreditasiya komissiyasining qaroriga asosan markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
Akkreditasiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi maьlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi xujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruxi raxbari Markazga akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilishini tugatish kerakligi to‘g‘risida raport taqdim etadi.
Nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligini o‘rganish 23 va 24 – bandlarga muvofiq amalga oshiriladi. Markaz baholash guruxi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditasiya komissiyasining majlisida uning ko‘rib chiqilishini taьminlaydi .
Akkreditasiya komissiyasining u qabul qilingan kundan etiboran uch ish kunidan kechikmay Markaz tomonidan akkreditasiya ob’yektiga yetkaziladi.
Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi maьlumotlar akkreditasiya soxasidagi tegishli davlat reyestrlariga kiritilishi va markazning veb saytida joylashtirilishi lozim.