Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə24/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

10-amaliy mashg‘ulot
Korxona metrologiya xizmati faoliyatini tekshirish (Inspeksiya)
Reja.

  1. Inspeksiya nazorati.

  2. Akkreditasiyani o‘tkazish sxemasi



  1. Inspeksiya nazorati.

Inspeksiya nazorati akkreditasiyadan keyingi shartnoma asosida 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joyning o‘ziga borib amalga oshiriladi.
Birinchi inspeksiya nazorati akkreditasiya sanasidan keyin o‘n ikki oydan kechikmay o‘tkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati xar yili Markaz raxbari tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya reja–jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi inspeksiya nazorati o‘tkazilagn vaqtdan boshlab yigirma to‘rt oydan kechikmay (maxsulotni sertifikatlash organlari uchun –o‘n ikki oydan kechikmay ) o‘tkaziladi.


Yigirma to‘rt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi:

  • joyning o‘zida avvalgi baxolash o‘tkazilganda nomuvofiqliklar bo‘lmagan bo‘lsa;

  • akkreditasiya obyekti faoliyati bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan bo‘lsa;

  • akkreditasiya obyekti faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan bo‘lsa.

Akkreditasiya obyekti faoliyati bo‘yicha rejadan tashqari inspeksiya nazorati akkreditasiya talablari va shartlari, shu jumldan akkreditasiya belgisidan foydalanish buzilganligi tug‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat markazga tushgan taqdirda o‘tkaziladi.


Inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibi 13-17, 19-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Inspeksiya nazorati davomida Markaz muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditasiya belgisini yoki akkreditasiyaga matnli havolalar qo‘llanilishining to‘g‘riligini ham o‘rganadi. Muvofiqlikni baholash organlari va metrlogiya xizmatlari xizmatlari tomonidan ISO/IEC17011 xalqaro standarti talablari talablariga muvofiq belgilanadi.
Baholash guruxi uch ish kuni mobaynida Markazga o‘tkazilgan inspeksiya nazorati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi kerak. Markaz o‘tkazilgan inspeksiya nazorati to‘g‘risidagi xisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditasiya komissiya majlisida ko‘rib chiqilishini taьminlaydi.


Akkreditasiya komissiyasi:

  • akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;

  • akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish;

  • akkreditasiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;

  • komissiya aьzolarining katta qismi baxolash guruxi xisobotiga qo‘shilmagan taqdirda, akkreditasiya obyekti akkreditasiya talablari va shartlariga muvofiqligini xaq olmasdan qo‘shimcha baxolashni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Akkreditasiya komissiyasi qarori u qabul qilingandan keyin akkreditasiya obyektiga bir ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.


Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvoxnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish 42-52 bandlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditasiya to‘g‘risidagi guvoxnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan Markaz xuzuridagi appelyasiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin