Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

1-amaliy mashg‘ulot
O‘lchash vositalarining turlari.
Reja.
1. Umumiy tushunchalar.
2. O‘lchash vositalarining turlari.


1. Umumiy tushunchalar.
O‘lchash asboblari turli xil belgilar bo‘yicha klassifikasiyalanadi. Buni o‘lchanayotgan kattaliklarni aniqlash usullarini ko‘rish bilan izohlash mumkin. O‘lchash asbobining o‘lchanayotgan kattalik qiymatini aniqlash usullari bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: bevosita (to‘g‘ri) ta’sir va solishtirma ta’sir.
To‘g‘ri ta’sir asboblari (bevosita baholash) hisoblash qurilmasida o‘lchanayotgan kattalik qiymatini olishga qaratilgan.
Solishtirish o‘lchash asboblarida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati uning o‘lchami hosil qilingan ma’lum kattalik bilan solishtirilib aniqlanadi. Masalan, richakli tarozilarda jism massasini o‘lchash. O‘lchash asbobining solishtirish usuliga asoslangan xarakterli asosi bo‘lib o‘lchovning (ular bilan o‘lchanayotgan kattalik solishtiriladi) asosiy xatoligi yordamida aniqlanadigan o‘lchash xatoligi hisoblanadi. Shunday ekan, yuqori aniqlik klassidagi o‘lchovlarni qo‘llash o‘lchash aniqligini oshirishni ta’minlaydi.


2. O‘lchash vositalarining turlari.
Asbob ko‘rsatkich hosil qilgan ko‘rinish bo‘yicha ko‘rsatuvchi va qayd qiluvchilarga bo‘linadi. Ko‘rsatuvchi asbob o‘z navbatida analogli va raqamliga bo‘linadi.
Analogli asboblar. Analogli asboblarda ularning ko‘r­sa­tishi o‘lchanadigan kattalikning uzluksiz o‘zgarish funksiya­siga bog‘liq bo‘ladi.
Analogli asboblar yuqori tezkorlikka ega, bundan tash­qari, asbobning ko‘rsatishi bo‘yicha o‘lchanadigan kattalikning o‘zgarishi (raqamliga qaraganda) psixologik jihatdan oson qa­bul qilinadi (kuzatiladi). Lekin, analogli (asosan strel­kali) asboblarning aniqligi uning shkalasi bo‘yicha kuzatish xatoligi bilan cheklanadi. Bu yerda xatolik odatda 0,05-0,1 % dan kichik bo‘lmaydi.
Raqamli asboblar. Raqamli o‘lchash asbobi deb, o‘lchash borasida uzluksiz o‘lchanayotgan kattalikning natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi quril­mada diskret tarzda o‘zgartirilib, indikasiyalanadigan asbob­larga aytiladi.
Raqamli o‘lchash asboblari strelkali o‘lchash asboblari bilan solishtirilganda bir qator afzalliklarga ega: o‘lchash jarayoni avtomatlashtirilgan, operator tomonidan yuzaga keladigan xatoliklar bartaraf qilingan, o‘lchashga ketadigan vaqt juda kichik, o‘lchash natijasi raqamli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi, raqamni ko‘rsatadagan qurilma yengil ko‘rsatadi va elektron hisoblash mashinasiga kiritish uchun qulay.
Raqamli o‘lchash asboblari elektr kuchlanishini, chastota tebranishini, elektrik va radiotexnik zanjirlarning parametrlarini hamda ko‘pgina boshqa fizik kattaliklarni o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. Keyingi yillarda ular barcha strelkali asboblalarning o‘rnini egallab oldi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin