Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə9/31
tarix27.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#103407
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Амалий метрология услубий кўрсатма 2023

Sezgirlik ostonasi – bu o‘lchanadigan kattalikning shunday eng kichik (boshlang‘ich sezuvchanlik) qiymatiki, u o‘lchash asbobining chiqish signalini sezilarli o‘zgarishiga olib keladi va quyidagicha aniqlanadi:
, (3)
bu yerda Xmin – o‘lchanadigan kattalikning eng kichik (boshlang‘ich) qiymatidir.
Integrallovchi asboblar uchun “sezgirlik” tushunchasi ishlatilmaydi va o‘z navbatida “sezgirlik ostonasi” tushunchasi esa istalgan o‘lchash o‘zgartkichlari va asboblari uchun qo‘llanilishi mumkin.
Xususiy energiya sarfi. Bu xususiyat ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
O‘lchash vositalarining istalgan uning kirishiga yoki chiqishiga ulangan komponentlari bilan (o‘lchash ob’yekti, o‘lchash vositasi) o‘zaro ta’siri o‘lchash xatoligining asbobiy tashkil etuvchisini o‘zgartiradi va bu holatni baholashda o‘lchash vositasining kirish va chiqishidagi impedansi (to‘la qarshilik) kabi xususiyatlari ham ishlatiladi. Metrologik amaliyotda ko‘rsatilgan tushunchalar quyidagicha ta’riflanadi.
O‘lchash vositalarining kirish (chiqish) impedansi – bu o‘lchash vositasining kirish (chiqish) ga ta’sir etuvchi umumlashgan kuchning, o‘lchash vositasi kirish (chiqish) zanjiridagi jarayonni xarakterlovchi umumlashgan tezligiga nisbatidir. “Impedans” atamasini istalgan fizik tizimlar (mexanik, gidravlik, magnit, elektr) uchun qo‘llash mumkin.
Misol, elektr zanjirida umumlashgan kuch – elektr kuchlanishi, umumlashgan tezlik esa elektr toki hisoblanadi. Ko‘rsatilgan kattaliklarning nisbati Om qonuni bo‘yicha elektr qarshiligini bildiradi.
O‘lchash vositalarining muhim metrologik xususiyatlaridan biri o‘lchash diapazoni (chegarasi) dir. O‘lchanadigan kattalikning o‘lchash vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarini me’yorlangan qiymatlari oralig‘i o‘lchash asbobi yoki o‘lchash o‘zgartkichining o‘lchash diapazoni deyiladi.
Texnik asboblarda, odatda, o‘lchash diapazoni bilan ko‘rsatuvlar diapazoni mos keladi. O‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta qiymatlari o‘lchash chegarasi deyiladi. Masalan, stasionar o‘lchash kuchlanish transformatorlarining o‘lchash diapazoni 0,8U1H dan to 1,2U1H gacha bo‘lib, (U1H – transformator kirishidagi nominal kuchlanishi) kuchlanishning 0,8U1H dan kichik va 1,2U1H dan yuqori kuchlanishlari uchun xatoliklar me’yorlanmaydi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin