O‘lchash vositalarining dinamik xarakteristikalari.
Dinamik xarakteristikalari – o‘lchash vositalarining inersion xususiyatlarini aks ettiradi va o‘lchash vositasida chiqish signali bilan vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan kattaliklarning o‘zaro bog‘liqligidan aniqlanadi. Vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan kattaliklar bular kirish signalining parametrlari, tashqi ta’sir etuvchi kattaliklar va boshqalar. O‘lchash vositalarining dinamik xususiyatlarini to‘la ifodalash maqsadida ularni to‘la va xususiy dinamik tavsiflariga bo‘lamiz.
To‘la dinamik xususiyat – bu o‘lchash vositasining kirishidagi istalgan informativ yoki noinformativ parametrlari X(t) va chiqish signallarining U(t) o‘zgarishidan aniqlanadi.
To‘la dinamik xususiyatlarga quyidagilar kiradi: o‘tish tavsifi, impulsli o‘tish tavsifi, amplituda-faza tavsifi, amplituda chastotali va faza chastotali tavsiflar majmui, uzatish funksiyasi.
Xususiy dinamik xususiyat – o‘lchash vositasining dinamik xususiyatlarini to‘la aks ettirmaydi. Analogli o‘lchash vositalarining xususiy dinamik tavsiflariga istalgan funksional yoki to‘la dinamik xususiyatlarning parametrlari kiradi. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi: o‘lchash vositasining ta’sirlanish vaqti (asbob ko‘rsatishining to‘xtash vaqti), dempfirlash koeffisiyenti, xususiy rezonans chastotasining qiymati, amplituda-chastotali tavsifining rezonans chastotasidagi qiymati.
Nazorat savollari
O‘lchash vositasining sezgirligi deganda nimani tushunasiz?
Xatolikning muntazam va tasodifiy tashkil etuvchilari deganda nimani tushunasiz?
O‘lchash vositasining statik xarakteristikalariga nima kiradi?
O‘lchash vositasining dinamik xarakteristikalariga nima kiradi?
4-amaliy mashg‘ulot Qiyoslash sxemasini mazmuni va tuzilishi Reja. Qiyoslash sxemasining turlari.