2. Qiyoslash va kalibrlash kleymalarining tayyorlanishi.
3. Qiyoslash va kalibrlash kleymalarining qo‘llanilishi.
1. Qiyoslash va kalibrlash kleymasining mohiyati
Qiyoslash (kleymasi) tamg‘asi – belgilangan shakldagi belgi bo‘lib, qiyoslash natijasida yaroqli deb topilgan o‘lchash vositalarga qo‘yiladi. Tamg‘alar qo‘llanilishi O‘z DSt 8.008:2000 da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘lchash vositasiga bosilishi uchun belgilangan qiyoslash va kalibrlash kleymasi quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
– guvohnoma, ya’ni texnik talablari o‘rnatilgan metrologik xarakteristikalarga ega o‘lchash vositasi uchun belgi;
– o‘lchash vositasining regulirovka qilinuvchi qurilmalariga ruxsat bermaydigan dostup;
Kleyma bosish usullari quyidagicha bo‘lishi mumkin: – zarbali;
bosimli tamg‘a;
dekol ko‘rinishidagi kleyma nakleykasi;
elektrografik;
elektrokimyoviy;
boshqa usullar.
Kleymani bosishga talab: u yoki bu o‘lchash vositalariga ishlatiladigan, sharoitga mos ravishda qiyoslashlararo intervalda saqlanadigan va belgi aniq nomoyon bo‘lib turishi kerak.
Qiyoslash tamg‘asidan O'zDSt 8.006-1999 ga muvofiq o‘lchash vositalarini qiyoslash tartibiga ko‘ra davlat metrologiya xizmati idoralari, yuridik shaxslarning metrologik xizmati foydalanadi.
Kalibrlashning aniq tamg‘asini RH O‘z 51-081 bo‘yicha o‘lchash vositalarini kalibrlash huquqiga ega akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmati qabul qiladi.
Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologik xizmati idoralari foydalanuvchi qiyoslash va kalibrlash kleymasining maydoni quyidagi umumiy malumotlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak:
– ISO 3166 bo‘yicha davlatning qisqartirilgan harfli nomi – UZ yoki UZB;
– davlat metrologiya xizmati va yuridikshaxslarning metrologiya xizmati organi shartli raqasi (shifri);
oxirgi ikkita raqami (shifri);
– qiyoslash va kalibrlash kleymasi qo‘llangan yilining oxirgi ikkita raqami;
– ishonch qog‘ozi beruvchi shaxsning shartli raqami (individual belgi).