- Qiyoslash va kalibrlash kleymasini qo‘llash yili moboynida yoki o‘lchash vositasini ishlab chiqarish to‘xtatilganda qiyoslash va kalibrlash kleymalari bekor qilinadi.
- Davlat metrologiya xizmati idoralarida qo‘llaniluvchi qiyoslash kleymasining bekor qilinishi “O‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
- Metrologiya xizmatining shu faoliyatga akkreditlangan idoralarida qo‘llaniluvchi qiyoslash va kalibrlash kleymalarining bekor qilinish ketma-ketligi “O‘zstandart” agentligining yoki uning hududiy idoralarining roziligi asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
- Qiyoslash va klibrlash kleymasining bekor qilinishi tayyorlovchi korxona bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kleymani tayyorlash, qo‘llash va saqlash vaqtida tartibni buzganligi uchun javobgarlikka tortish - Davlat metrologiya xizmati idoralari o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash bo‘yicha akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini ushbu qoidani bajarishi uchun davlat nazoratini o‘tkazadi.
- Yuridik shaxslar ushbu qoidalarni buzgan ayibdorlarni mavjud qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortadi.
A ilova (majburiy)
Davlat metrologiya xizmatlari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari idoralarida qo‘llanuvchi qiyoslash va kalibrlash kleymalarining rasmlaridan misollar
Ishlatishda va ta’mirdan keyin, o‘lchash vositasining kleymalanishidagi yuridik shaxslarning metrologik xizmati qo‘llovchi qiyoslash kleymasining rasmi
Ishlab chiqarishdan chiquvchi, o‘lchash vositasining kleymalanishidagi yuridik shaxslarning metrologik xizmati qo‘llovchi kalibrlash kleymasining rasmi
Ishlatishda va ta’mirdan keyin, o‘lchash vositasining kleymalanishidagi yuridik shaxslarning metrologik xizmati qo‘llovchi kalibrlash kleymasining rasmi