11- amaliy mashg‘ulot O‘lchash vositalarini turini tasdiqlash sinovlari dasturi. Sinov dasturlariga qo‘yiladigan talablar. O‘z RH 51-036-95. Reja: 1. Umumiy qoidalar. 2. Umumiy talablar.
3. Sinovlar dasturlarini va usuliyatlarini tuzilishi va mazmuni.
1. Umumiy qoidalar. 1.1. O‘lchash vositalari xilini tasdiqlash sinovlarining dasturlari o‘lchash vositalarini metrologik qoidalariga va me’yoriy xujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun kerakli va yetarli bo‘lgan tavsiflarini nomlar ro‘yxatini belgilashi lozim.
O‘lchash vositalari xilini tasdiqlash sinovlarining usuliyatlari sinash dasturida belgilangan o‘lchash vositalari tavsiflarini aniqlaydigan tadbirlarini, tartibini va shartini aniq belgilashi lozim.
1.3. O‘lchash vositalari xilini tasdiqlash sinovlarining dasturlari va usuliyatlari yagona xujjat kurinishida ishlab chiqiladi. Sinov dasturlari va usuliyatlari alohida xujjatlar sifatida ishlab chiqilishiga ruxsat etiladi.
1.4. Usullar va sinov vositalarini belgilangan vazifalarini umumiyligini tavsiflovchi o‘lchash vositalari uchun, xilni tasdiqlash bo‘yicha umumlashgan dasturlar va sinov usuliyatlari ishlab chiqiladi.
1.5. Sinovlarni umumlashgan dasturi va usuliyati yo‘q bo‘lsa yoki qo‘llanilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda o‘lchash vositasining aniq xili uchun sinovlar dasturi va usuliyati ishlab chiqiladi.
Zarur bo‘lganda o‘lchash vositasining aniq xilini sinovlari uchun umumlashgan dasturga va sinov usuliyatiga qo‘shimchalar ishlab chiqilishi mumkii.
1.6. Asoslangan hollarda, O‘z RST 1.7-98 belgilangan tartibi bo‘yicha davlatlararo va xalqaro me’yoriy xujjatlarda keltirilgan dasturlardan va sinov usuliyatlaridan foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda joriy etilgan, o‘lchash vositalarini xilini tasdiqlash bo‘yicha sinovlar natijalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha Bitim o‘rnatilgan davlatlarni, davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan tasdiqlangan sinovlar dasturi va usuliyatlarini qo‘llashga ruxsat etiladi.
1.7. Xilini tasdiqlash bo‘yicha umumlashgan dasturlar va sinov usuliyatlari O‘zbekiston Respublikasining standartlari, rahbariy xujjatlari, tavsiyanomalari ko‘rinishida ishlab chiqiladilar.
1.8. O‘lchash vositalarining muayyan xilini sinovlar dasturi va usuliyati konstruktorlik xujjatlari to‘plamida ishlab chiqiladi.
1.9. O‘zbekiston Respublikasi xududida amal qiladigan o‘lchash vositalari xilini tasdiqlash sinovlarining dasturlari va usuliyatlari to‘g‘risidagi axborot O‘zstandart “agentligi” tomonidan «Metrologiya soxasidagi me’yoriy xujjatlar» ko‘rsatkichida bosilib chiqadi.