3.1.O‘lchash vositalarining xilini tasdikqlash dasturlari va usuliyatlari tegishli halqaro va davlatlararo xujjatlar bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lishi kerak, ularda bayon etilgan talablar esa davlatlararo me’yoriy hujjatlar talablariga zid bo‘lmasligi kerak.
3.2. Xilini tasdiqlash bo‘yicha dasturi quyidagi ketma-ketlikda joylashgan bo‘limlardan iborat bo‘lishi kerak:
qo‘llanish doirasi;
texnikaviy hujjatlarni ko‘rib chiqish;
o‘lchash vositalarining nusxalarini tajribaviy tadqiqot qilish;
qiyoslash usuliyatini sinab ko‘rish;
sinovlar natijalarini rasmiylashtirish.
«Qo‘llanish doirasi» bo‘limi texnikaviy shartlarda keltirilgan nomlariga muvofiq ushbu dasturga tegishli bo‘lgan o‘lchash vositalarini guruhlarining (xillarining) ularga taalluqli bo‘lgan standartlar va texnikaviy shartlarni raqamlari ko‘rsatilgan nomlarini o‘z ichiga olishi kerak. Bo‘limda o‘lchash vositalarining modifikasiyasi, o‘lchash ko‘lami va eng katta joiz xatoligi ko‘rsatiladi.
«Texnikaviy hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘limida quyidagilar nazarda tutiladi:
O‘zDst 8.009-2004 ga binoan hujjatlar tuplamining to‘la bo‘lishini tekshirish;
taqdim etilgan hujjatlarni ularga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini tekshirish;
dastlabki sinovlarning natijalarini ko‘rib chiqish;
o‘lchash vositasining texnikaviy tavsiflarini texnikaviy topshirik, texnikaviy shartlar va unga tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish;
— metrologik tavsiflarini, me’yorlarini to‘liqligini va GOST 8.009-84, GOST 8.401-80, hamda, boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish;
qiyoslashlararo oraliqning to‘g‘ri belgilanishini MI 2187 ga muvofiq tekshirish;
fizikaviy kattaliklar birliklarining atamalarini, nomlarini va belgilarini O‘zDst 8.010-2002 va O‘zDst 8.012-2005 ga muvofiq to‘g‘ri ishlatilishini tekshirish;
o‘lchash vositalarining texnikaviy va metrologik tavsiflarini MI 187 va MI 188 ga muvofiq tekshirish usullarini va vositalarini tanlanishini to‘liqligini va to‘g‘riligini tekshiriщ;
o‘lchash vositalarini me’yorlangan tavsiflarini ishlab chiqarishda, ta’mirlashda va ishlatish jarayonida tekshirish imkoni;
sinalayotgan o‘lchash vositasini ishlatish jarayonida qiyoslash uchun yangi namunaviy o‘lchash vositalarini ishlab chiqish zarurligini baholash;
—o‘lchash vositalarini o‘rnatishda, ishlatishda, qiyoslashda xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va ekologik talablarini bajarilishini tekshirish.
3.2.3 «O‘lchash vositalarining nusxalarini tajribaviy tadqiqot qilish» bo‘limi 12.1-jadval ko‘rinishida keltiriladi.
12.1-jadval
Sinovlarning mazmuni
TT
bandi
TSH
bandi
Sinovlarning o‘tkazish usuliyati va sharoitlari
Namunaviy o‘lchash vositalari, sinov uskunasi va yordamchi asboblar va ularning texnikaviy tavsiflari
1
2
3
4
5
1 jadvalning 1 ustunida sinov jarayonida aniqlanadigap hamma texnikaviy va metrologik tavsiflari sanab chiqiladi.
Tekshiriladigan parametrlarini nomlar ro‘yxati texnikaviy topshiriq, texnikaviy shartlar talablariga binoan aniqlanadi, 2 va 3 ustunlarda o‘sha hujjatlarning tegishli bandlariga havola qilinadi. 4-ustunda quyidagilarni o‘z ichiga olgan sinovlarni o‘tkazish usuliyati bayon etiladi: tadbirlarni va operasiyalarni ketma-ketligini bayoni, sinovlar talab etgan shartlarni qayta takrorlanishini, sinov iatijalarini me’yorlarini va aniqlik ko‘rsatkichlarini, sinovlarni to‘xtatish mezonlarini o‘z tarkibiga olgan sinovlar rejasini, natijalarni ishlashda kerak bo‘ladigan sinov natijalarini ishlash qoidalarini va hisob natijasida olingan bog‘lanishlarni. Sinov usuliyati tarkibiy qismi sifatida o‘lchashni bajarishda attestatlangan usuliyatini o‘z ichiga olishi mumkin.
Zarur bo‘lganda sinovlar usuliyati sinov dasturining alohida bo‘limi bo‘lib rasmiylashtirilishi mumkin. Bu holda 1 jadvalning 4 ustunida usuliyatning tegishli bandlariga ilova qilinadi. 5 ustunda har bir sinov uchun kerakli bo‘lgan o‘lchash vositalari, sinov va yordamchi uskunalari va ularni tavsiflari ko‘rsatiladi.
O‘lchash vositalarini tasdiqlangan xillari yoki metrologik attestatlashdan o‘tganlari qo‘llanishi kerak. Sinovlarning standartlashtirilgan usuliyati bor bo‘lganida 4 ustunda shu usuliyatga tegishli bo‘lim ko‘rsatilib ilova beriladi.
3.2.4. «Qiyoslash usuliyatini sinab ko‘rish» bo‘limi ushbu o‘lchash vositasiga tegishli davlatlararo va milliy me’yoriy hujjatlar yo‘q bo‘lganda sinovlar dasturiga kiritiladi.
Bo‘limda quyidagilar belgilanadi:
qiyoslash usullari va vositalari bo‘yicha me’yoriy hujjat loyihasining RD 51—029 talablariga muvofiq bo‘lishi;
qiyoslash usulini, qiyoslash operasiyalarini, namunaviy o‘lchash vositalarini, o‘lchash ko‘lamida tekshiriladigan belgilarni soni, qiyoslashni o‘tkazish sharoiti va h.k. tanlanishini asoslash;
qiyoslashlararo oraliqni asoslash;
qiyoslashlararo oralig‘ida o‘lchash vositalarini metrologik yaroqliligini ta’minlovchi dastlabki va davriy qiyoslashlarda aniklanadigan metrologik tavsiflarining nomlar ro‘yxatini to‘g‘ri tanlanganligi;
taklif etilgan usulni qiyoslash usuliyatini tajribada ishlatib ko‘rish yo‘li bilan hamma me’yorlangan metrologik tavsiflarini tekshirish uchun qo‘llanilishligi.
Qiyoslash usuliyatini tajribada qo‘llab ko‘rish, uni sinovlar usuliyatidan fark, qilgan holda 3.2.3 bo‘yicha o‘tkaziladi, bunda ikkala usuliyat bo‘yicha o‘lchashlar natijalarini qayta takrorlash mezonlari belgilangan bo‘lishi lozim.
3.2.5. «Sinov natijalarini rasmiylashtirish» bo‘limi sinov natijalarini rasmiylashtirishga, sinovlar bayonnomalari va dalolatnomalarida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga olishi kerak. Sinovlar natijalarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar O‘zDst 8.009-2004 ga muvofiq bo‘lishi lozim.