Ishlab chiqarish korxonasining barcha sexlari bilan tanishish va ularning texnologik asoslarini o’rganish. Bu bo’lim orqali talaba 1 hafta davomida korxonaning asosiy ishlab chiqarishi (xizmat ko’rsatishi, ishlarni bajarishi) bilan tanishadi. Ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ishlarni bajarish) jarayonining ketma-ketligi, xomashyoni omborga kelib tushishidan boshlab, uni sotish va texnik xizmatlar ko’rsatish jarayoni bilan chuqur tanishadi, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini o’rganadi. Bunda foydalaniladigan davlat va xalqaro standartlar, texnik shartlar bilan tanishadi. Ishchilarning mehnat talablariga rioya qilishlarini va texnologik karta bo’yicha bajaradigan operatsiyalarini tahlil qiladi. Bu jarayonda ishchini usta (master), brigadir, uchastka boshliqlari tomonidan boshqarilishini o’rganadi, tahlil qiladi va muammolarini izlaydi. Ishlab chiqarishning ketma-ket joylashuvi bo’yicha xaritani tuzadi.
Tanlab olingan individual topshiriq bo’yicha korxona faoliyatini amaliy jihatdan o’rganib tahlil qilish.Ushbu bo’limda talaba amaliyotni avvalida o’zi tomonidan mustaqil tanlangan yoki rahbarning tavsiyasiga ko’ra tanlangan mavzu bo’yicha talaba nazariy bilimlarni shakllantiradi va korxonadagi ushbu mavzusiga to’g’ri keladigan jarayon bilan tanishadi va tahlil o’tkazadi.
Hisobotni, individual topshiriqni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish.Yuqorida berilgan ketma-ketlik bo’yicha talaba tomonidan barcha bo’limlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan topshiriqlar va tahlillar hisobotda aks ettiriladi. Ilovada berilgan shakllarga asosan hisobot rasmiylashtiriladi va himoyaga olib chiqiladi. Himoya belgilngan komissiya oldida amalga oshiriladi.
Malakaviy amaliyoti o’quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. U 5320300 – «TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR » (tarmoqlar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 3-kurs 6-semestri davomida o’tkaziladi.
Amaliyotga talaba o’quv rejasiga binoan 6 haftaga ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi.
Malakaviy amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, talabada o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash uchun sharoitlarni yaratgan holda, tajribasini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib ishlab chiqarish amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi:
Korxonadagi mahsulot tayyorlash jarayonlari bilan tanishish va bu ishlarni bajarishda ishtirok etib amaliy malakaga ega bo‘lish.
Mahsulot olishning korxonada joriy qilingan usullarini har taraflama o‘rganib, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash .
Texnologik mashina va jihozlar konstruksiyalari va ishlash usullari bilan tanishish, hamda ularning turli detal uzellarining ishdan chiqish sabablarini aniqlash.
Ilg‘or ishchilarning ish tajribasini, korxonada ishni tashkil qilish va boshqarish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishni o‘rganish.
Berilgan shaxsiy topshiriqqa ta’luqli barcha xujjatlarni to‘plab borish va ulardan ijobiy foydalanib, qo‘yilgan masalani yechish.
Amaliyot davomida kundalik daftar tutish va hisobot tayyorlash.
Hisobotda talaba berilgan shaxsiy topshiriqni korxona faoliyatini tahlil qilish asosida uni unumdor,tejamli va sifatli bajarish mumkinligi to‘g‘risidagi o‘z fikr va mulohazalarni nazariy jihatdan isbotlay olish karak. Har bir talaba o‘z kundaligiga kunlik bajargan ishlari, o‘tkazilgan ekskursiya, suhbat va ma’ruzalarning hamda tanishib chiqilgan adabiyotlarning mazmuni xaqida har kuni yozib boradi.
5320300 – ««TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR »» ta’lim yo’nalishi bo’yicha 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.