2.9. Mashina detallarini mustaxkamlash texnologiyasi.
Mashina detallarini mustaxkamligini va ishonchligini oshirish borasidagi korxonada olib boriladigan ishlar. Mashina detallarining o‘lchamlari aniqligi va yuza notekisligining dutal sifatiga ta’siri.
Mashina detallarining sifati xaqida tushuncha. Mashina detallarining ishonchligi va uni ta’minlash texnologiyalari. Mashina detallarini mustaxkamlash usullari: detal yuzasiga qoplamlar yopishtirish, sovuqlik plastik deformatsiyalash, termik ishlash, diffuzion metallash va xakazo.
Sanoat korxonasida mashina detallarining ishonchligini va mustaxkamligini oshirishga qaratilgan texnologiyalardan foydalanish. Mustaxkamlash texnologik jarayonining tarkibi, qo‘llaniladigan jixozlari tuzilishi, ishlash prinsiplar, asbob-uskunalari. Eskizlar bilan ta’minlangan misollar.
Shaxsiy topshiriq : Sanoat korxonasida qo‘llanib kelayotgan mashina detallarning sifatini va mustaxkamligini ta’minlash usullarini kamchiliklari va ularni bartaraf etish uchun zarur va yetarli bo‘lgan amaliyotchi talabasining taliflari va tavsiyalari.
Mashina detallarini sifatini oshirish jarayonidagi ekologik muammolarini bartaraf etish yo‘llari.
2.10. Slesarlik va yig‘uv ishlari.
Sanoat korxonasida slesarlik va yig‘uv ishlarining moxiyati va mazmuni. Mashina detallarining o‘zaro o‘rni almashuvi, ruxsat etilgan o‘lchamlar /dopuski/ va o‘tkazishlar /posatki/. Ish joyini jixozlanishi, slesarlik va yig‘uv asbob-uskunalarining tuzilishi va ulardan to‘g‘ri foydalanish. Asosiy slesarlik va yig‘uv ishlarining bajarilishi: yuzalarini belgilash /razmetka/, qirqish, to‘g‘rilash, egish, tekislash parmalash, zenkerlash, teshik kengaytirish /razvertkalash/, rez’ba ochish, zagotovkalarni o‘lchamlarni fazoviy belgilash /pronstranstvennaya razmetka/, yakunlovchi ishlar /pritirka, dovotka/ ; ishlarni bajarish tartibi, qo‘llaniladigan o‘lchov va ishlov berish asboblarining tuzilishi va ishlatilishi, dastlabki va mexanizatsiyalashgan ish uslublari. Slesarlik va yig‘uv ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mexnatni muxofaza etish muammolari.
Shaxsiy topshiriq : Slesarlik va yig‘uv ishlarining samarasini va sifatini oshirishga, bexuda sarflarni kamaytirishga qaratilgan amaliyotchi talabasining takliflari va tavsiyalari.
Amaliyot davrida amalga oshiriladigan ishlar korxonaning xo’jalik faoliyati, ishlab chiqaradigan masuloti va ko’rsatadigan xizmatining turidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin. SHunday holat kuzatilganida, mazkur masala yuzasidan talaba rahbarga murojaat qilishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |