Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


Korxona bilan umumiy tartibda tanishish va amaliyot rahbarini tayinlash



Yüklə 130,19 Kb.
səhifə17/33
tarix28.10.2022
ölçüsü130,19 Kb.
#66642
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Aмалиёт дастурлари тўплами ТМЖ

Korxona bilan umumiy tartibda tanishish va amaliyot rahbarini tayinlash. Bu bo’limda talaba korxonaga amaliyot o’tash uchun tashrif buyuradi va korxonaning umumiy bo’limlari va amaliyot rahbari bilan tanishadi. Korxonadagi asosiy ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyati bilan tanishib, o’quv tanishuv amaliyotini amalga oshirishni o’zi uchun alohida tartibda rejalashtirib oladi.
Xomashyo va material resurslar ta’minoti bilan tanishish va tahlil qilish. Bu bo’limda talaba xomashyo va material resurslarning tarkibi, mol yetkazib beruvchilar (kommunal tizim ham kiradi), ular bilan tuzilgan shartnomalar va ularning shartlarini o’rganadi. SHuningdek, xomashyoni izlash va narxlarini kelishish borasida korxona mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladigan usullarni o’rganadi va kundaligida aks ettiradi, ta’minot jarayonida qo’llaniladigan me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan tanishadi.
Korxona raxbari va bo’lim boshliqlari faoliyatini o’rganish, kun tartibi bilan tanishish. Bu bo’lim orqali talaba rahbar mehnatini tashkil etish va kun tartibidagi masalalarni hal etish yo’nalishlarini o’rganadi. Talaba tomonidan quyi, o’rta va yuqori pog’ona rahbarlari nima ish qilishadi, vaqtni qanday boshqarishadi, kun tartibini hamda vaqtini qanday tasimlaydi, kommunikatsiyaga sarflanadigan vati va shu kabi rahbarning ishdagi vaqti bilan bog’liq amalga oshiradigan ishlarini o’rganadi, tahlil qiladi. Rahbarlarning kun tartibini bir-biridan farqini ajratadi. Rahbarlarning jamoani shakllantirishdagi vazifalari bilan tanishadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun chizib tayyorlash, tahlil qilish. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi. Ushbu bo’limda talaba tomonidan korxona boshqaruv strukturasi bilan tanishadi va tahlilini amalga oshiradi.
Tanlab olingan individual topshiriq bo’yicha korxona faoliyatini amaliy jihatdan o’rganib tahlil qilish. Ushbu bo’limda talaba amaliyotni avvalida o’zi tomonidan mustaqil tanlangan yoki rahbarning tavsiyasiga ko’ra tanlangan mavzu bo’yicha talaba nazariy bilimlarni shakllantiradi va korxonadagi ushbu mavzusiga to’g’ri keladigan jarayon bilan tanishadi va tahlil o’tkazadi.

Yüklə 130,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin