Talabaning ma’naviy – ma’rifiy amaliёti
Amaliёt davomida talaba ish yuritish, ma’naviy – ma’rifiy va tarbiyaviy malakasini oshirishi kerak. Buning uchun u korxonaning ommaviy – ishlarida faol ishtirok эtib, quyidagilarni bajaradi:
- korxonadagi jamoat ishlari bilan tanishib, ma’naviy – ma’rifiy, siёsiy, iqtisodiy va ishlab chiqarishga ta’luqli masalalar bo‘yicha suhbatlar hamda ma’ruzalar o‘tkazish:
- talabalar «YОShLAR ITTIFOQI» ga ommaviy – siёsiy tadbirlarni tashkil эtishda va o‘tkazishda yaqindan ёrdam berib, shaxsan ishtirok эtish:
- boshqa turdagi jamoat ishlarida (devoriy gazetalar, ko‘rgazmalar tayёrlash, badiy xavaskorlik va sport ishlari) faollik ko‘rsatish.
Amaliёt davrida talabaning bu boradagi ishlarini bajarilishini nazorat qilish universitet tomonidan tayinlangan rahbar zimmasiga yuklatiladi.
Еkskursiya va suhbatlar
Amaliёtning dastlabki kunlaridaёq korxona цex va bo‘limlarining tuzilishi, jihozlanishi va chiqaraёtgan mahsulot to‘g‘risida etarli ma’lumotlar olish maqsadida talabalar uchun эkskursiya uyushtiriladi.
Bundan tashqari amaliёt davomida talaba shaxsiy topshirig‘iga ta’luqli manbalarga еga bo‘lgan boshqa korxonalar, ilmiy – tekshirish universitetlarga borib, u erdagi ishlar bilan tanishish mumkin. Jumladan, talabaning nazariy bilimlarini oshirish niyatida amaliёt o‘tilaёtgan korxonada quyidagi mavzularda ma’ruza va suhbatlar uyushtiriladi.
Xom – ashё olishning yangi texnologiyalari.
Zagotovkalarga ishlov berishda ijodiy izlanishlar.
Texnologik mashinalarni hisoblash va konstrukцiyalashning korxonada joriy qilingan usullari.
Zamonaviy unumdor texnologik mashinalar va jihozlar yaratishda dunёda еrishilgan yutuqlar.
Texnologik mashinalarni laboratoriya va sexlarda sinash.
Konstruksiyani oson tayorlanadigan qilib loyihalash masalasini hal etishning ijobiy va salbiy misollari.
Mashina qismlarini unifikaцiyalashda konstruktorning vazifalari.
Korxonada tadbiq qilingan ilg‘or texnologiyalar va ishlab chiqarish ilg‘orlarining yutuqlari
Mashinalarni eksplutaцiya va ta’mirlash ularning ishlash muddatini oshirish yo‘llari. Detallarni qaytadan tiklash
10. Mashinaning fizik va ma’naviy эskirishi hamda korxonani rekonstruksiyalash masalalari.
Amaliyot davrida amalga oshiriladigan ishlar korxonaning xo’jalik faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsuloti va ko’rsatadigan xizmatining turidan kelib chiqib o’zgarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |