Yordamchi tsexlar faoliyati bilan tanishish va tahlil qilish. Ushbu bo’limdagi talabaning faoliyati korxonada xizmat ko’rsatuvchi bo’limlar va personalni faoliyatini o’rganadi va tahlil qiladi. Xizmat ko’rsatish sifatiga baho beradi. Mavjud muammolarni o’rganib o’z taklif va tavsiyalarini ishlab chiqadi.
Mehnat jarayoni, ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi va me’yorlarini o’rganish. Bu bo’lim orqali talaba ishlab chiqarishni tashkil etilish darajasini o’rganadi, tahlil qiladi va unga baho beradi. Ishlab chiqarish me’yoriy talablar asosida tashkil etilganligi bo’yicha kichik tadqiqot o’tkazadi. Mehnat me’yorlarini va ularni bajarilishini, tsexlardagi ishlab chiqarish maromiyligini o’rganadi va tahlil qiladi.
.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun chizib tayyorlash, tahlil qilish.Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi. Ushbu bo’limda talaba tomonidan korxona boshqaruv strukturasi bilan tanishadi va tahlilini amalga oshiradi.
Korxona rejalarini o’rganish va ularni amalda bajarilishini tahlil qilish. Bu bo’limda talaba korxonaning biznes-rejasi va agar mavjud bo’lsa istiqbolli strategik rejalari bilan tanishadi. Ularni amalda bajarilishi, nazorati, korxona ko’rsatkichlarini rejadan og’ib borishini tahlil qiladi. Mavjud kamchiliklar, rejani bajarilmasligi yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Korxona boshqaruvi va uning strategiyasini tahlil qilish. Bu bo’lim talabada boshqaruv bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga imkon beradi. Bu bo’limdagi topshiriqlarni bajarish va amaliyot o’tash natijasida, u korxona boshqaruv strukturasi, usul va uslublari, funktsiyalarni korxnada amal qilishiga, boshqaruv ierarxiyasi bo’yicha subordinatsiyaning holatiga, boshqaruv bo’g’inlari va bosqichlarining holatiga baho beradi. Mavjud muammo va kamchiliklarni tahlil qiladi.