5.2. Amaliyot mobaynida talabaning amal qilishi lozim bo’lgan qoidalar Talaba amaliyotni o’tash chog’idagi quyidagi qoidalarga rioya qilishi lozim:
amaliyot dasturida ko’zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi o’qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to’liq bajarish;
korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir qoidalarni o’rganib, ularga rioya qilish;
korxonada uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o’rganib, ularga qat’iy rioya qilish;
o’z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga kelib korxonadan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish hamda haftada bir marotaba universitet tomonidan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq bo’ladi);
hisobot uchun materiallarni yig’ish va o’rganish bilan doimiy ravishda shug’ullanish;
korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish;
har bir amaliyot o’tilgan bo’lim bo’yicha alohida hisobot yuritish;
malakaviy amaliyot tugashi bilan amaliyot bo’yicha hisobotni kafedraga taqdim etish.
Amaliyot dasturi bo’yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki amaliyot hisobotini himoya qilish chog’ida qoniqarsiz baho olgan talaba talabalik safidan chiqariladi.
Korxona va tashkilotlarning ichki qoidalarini buzgan talaba haqida filial direktoriga xabar jo’natiladi.
5.3. Amaliyotni o’tash va hisobot tayyorlash
Amaliyot davri yakunida talaba ushbu dasturga muvofiq ravishda bajargan ishlari haqida yozma hisobot tayyorlaydi (ilovalarga asosan).
Hisobot uchun kerakli materiallarni to’plash va uning matnini bayon etish butun amaliyotni o’tash muddati davomida amalga oshiriladi.
Hisobot quyidagi qismlardan iborat:
Titul varaqasi (1-ilova. Titul varaqasidan so’ng 8-ilovadagi shaklga ko’ra, to’ldirilgan, mas’ullarning imzosi qouyilgan va muhr bilan tasdiqlangan amaliyot kundaligi hisobotga qo’shib tikiladi).
Kirishda yig’ilgan malumotlarni umumlashtirish va amaliyot davrida shug’ullangan asosiy masala va yo’nalishlarini yoritish kerak. Kirish quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi: amaliyotning dolzarbligi, ob’ekt va ob’ekt haqidagi qisqacha ma’lumotlar, amaliyot davrida olib borilgan ishlarning umumiy tartibdagi holati.
Hisobotning asosiy matn qismida korxona faoliyatiga oid va amaliyot dasturida ko’rsatilgan hisob-kitoblar, tahlillar, o’rganish natijalari tahlili, statistik ma’lumotlar bo’lishi shart. Hisobotda bunday ma’lumotlar bo’lmagan taqdirda, hisob qismi to’ldirilmaganda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobotda amaliyotning barcha asosiy bosqichlari va ish turlari bayon etilishi lozim. Matn qismidagi ish turlarining mazmuni amaliyot turining kalendar rejasiga va amaliyotning mazmuniga, kundalikdagi yozuvlarga muvofiq bayon etiladi. Ushbu dasturning ilova qismida har bir amaliyot turi uchun alohida reja shakliga ega bo’lgan mundarijalar keltirililgan bo’lib, amaliyot hisobotini yozishda mazkur ilovalarga qat’iy amal qilinadi. Aks holda, hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Individual topshiriq amaliyot hisobotining asosiy matnidan keyin joylashtiriladi. Individual topshiriq korxona ma’lumotlari asosida tayyorlangan bo’lishi lozim.
Xulosada umumiy xulosa va takliflar keltiriladi, amalga oshirilgan ishlarning qisqacha malumoti asosida amaliy tavsiyalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar barcha foydalanilgan statistik xujjatlar va operativ hisobotlar, adabiyotlar manbasini o’z ichiga oladi.
Ilovalarda hisobotga talabalar tayyorlagan jadvallar, rasmlar (sxema, grafik, diagramma va x.k), anketalar, turli xil xujjatlar nusxasi, shuningdek, amaliyotdagi talabaga taqriz-tavsiyanomalar jamlanadi (1-9 ilovalar).
Ushbu hisobotda talaba kelajakda amaliyot o’tash va tashkil etish ishlarini yaxshilashga oid o’z mulohazalarini ham bayon etadi. Hisobotni asta-sekin butun amaliyotni o’tash davri davomida bosqichma-bosqich yozish talab etiladi.
Amaliyot kundaligi belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va u hisobotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi (9-ilova). Amaliyot kundaligi talaba tomonidan:
ehtiyotkorlik bilan, o’z vaqtida va imlo xatolarisiz to’ldirilishi;
o’z qo’li bilan yozilishi;
amaliyot davrida tasdiqlanishi kerak.
Amaliyot kundaligini belgilangan talablar asosida rasmiylashtirilmagan taqdirda hisobot himoya uchun qabul qilinmaydi.
Hisobot Microsoft Word dasturi orqali tayyorlanadi. Qo’lda yozilgan qo’l yozma hisobotlar qabul qilinmaydi. Ba’zi bir ilovalar Microsoft Excel dasturida ham tayyorlanishiga yo’l qo’yiladi. Matn oralig’i 1,5 intervalda, Times New Roman 14 kegelda, imlo xatolarsiz yozilishi shart. Qog’ozning shakli A4 formatlik o’lchamda, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm, yuqori va quyidan 2 smdan joy qoldirib asosiy matn yoziladi. Xat boshi 1 sm kenglikda olinadi.
Matndagi formulalar dasturning aniq formulaga mo’ljallangan dasturchasi yordamida bajarilishi shart.
Matnda standartga mos kelmagan qisqartirishlar, bo’sh joylar qoldirish mumkin emas. Faqat mumkin bo’lgan qisqartirishlardan foydalanish kerak.
Sarlavxadan keyin nuqta qo’yilmaydi. Sarlavxalarni ostiga chizish va ularni bo’g’inlariga bo’lishi mumkin emas.
Yozilayotgan belgilarning kattaligi mashinka shriftlaridan kichik bo’lmasligi, qator usti va osti belgilari, indekslar, kichikroq o’lchovda lekin o’qila olishi kerak (matini 2 marotaba kichiraytirilishi mumkin).
Matn nomi va matnlar o’rtasida 2 interval bo’lishi matnni asosiy nomi va qo’shimcha nomi o’rtasida 1 yoki 1,5 interval (masofa) bo’ladi. Matnni nomi ostiga chizilmaydi “Bosh” qo’shimcha nomli bosh xarf yoki yarim yo’g’on xarf bilan yozilish mumkin, qolgan qo’shimcha nomlar oddiy xarflarda yoziladi.
Matn nomidagi so’zlar bo’g’inlarga bo’linmaydi va ko’chirilmaydi. Qatorni bog’lovchi ko’makchi, ravish bilan tugallash mumkin, ular yangi qatorga yozilishlari shart. Matn nomlari qatorlari o’rtasidagi masofa 1,5 interval, matn nomlari o’rtaga yoziladi.
Jadval yoki rasmlar abzatsdan keyin ular xaqidagi ma’lumotlardan keyin yoziladi. Agar ma’lumotlardan so’ng jadvalga joy bo’lmasa, rasm yoki jadval yangi betga yoziladi. Matnda keltiriladigan har qanday grafiklar “rasm” yoki “jadval” deb nomlanadi. Rasm va jadvallarni rasmiylashtirish qoidalari ilovada keltiriladi. Rasm, jadval va formulalar alohida tartibda birdan boshlab raqamlanadi.
Har bir bet 3-betdan boshlab yuqori yoki past tomondan chiziqlarsiz raqamlanadi. Literlar bilan raqamlash (masalan 15 a) mumkin emas, qoldirib ketilgan raqamlarni takrorlash ham mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlardan olingan ma’lumotlarga havolalar keltirilishi shart.
Hisobot yakunida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yoziladi. Foydalanilgan adabiyotlarni mualliflarining ismi sharifi, kitobni nomi, nashr yili va joyi yoziladi. Kitoblar, mualliflari, gazeta va jurnal maqolalari mualliflarini ismi sharifi alfavit tartibida yoziladi.
Amaliyot haqidagi hisobot har bir talabaning shaxsan o’zi tomonidan yoziladi va amaliyot davridagi uning faoliyati aks etadi. Undagi ma’lumotlarning to’g’riligiga talaba shaxsan javobgar hisoblanadi.
Yakka tartibda bajarilishi lozim bo’lgan mavzularning taxminiy ro’yxati ilovada keltirilgan, ulardan birini talaba o’z hoxishi bo’yicha yoki rahbar tavsiyasiga ko’ra tanlab oladi.
Hisobot korxona rahbariyati tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari tomonidan imzo qo’yiladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Amaliyot tugagandan so’ng talaba hisobotni kafedra mudiri tomonidan tayinlangan komissiya a’zolari oldida ximoya qiladi. Komissiya tarkibiga mutaxassislik kafedrasi o’qituvchilari, universitetdan belgilangan amaliyot rahbari va korxonadan tayinlangan rahbar kiritilishi mumkin.
5.4. Amaliyotni baholash mezonalari
Talabalarning amaliyot hisoboti natijalari reyting baholash nizomiga mos ravishda baholanadi. Talabalarning ishini baholashda hisobotning mazmuni va sifati, amaliyot dasturida keltirilgan qoidalarga asosan tayyorlanganligi, kundalik yuritishning sifati, amaliyot intizomiga rioya qilinganligi, dasturda ko’rsatilgan tartibdagi ishlarni bajarganlik darajasi, individual topshiriqni bajarish holati, amaliyotda bajarilgan ishlar hajmi va sifati hisobga olinadi. Himoya qilingan kundalik va hisobot kafedraga topshiriladi.