Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining qo‘qon filiali


Bitiruv malakaviy ishi doirasida ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish, tadqiqotlar o’tkazish va yakuniy xulosalarni shakllantirish



Yüklə 130,19 Kb.
səhifə26/33
tarix28.10.2022
ölçüsü130,19 Kb.
#66642
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Aмалиёт дастурлари тўплами ТМЖ

Bitiruv malakaviy ishi doirasida ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish, tadqiqotlar o’tkazish va yakuniy xulosalarni shakllantirish. Talaba tomonidan amaliyotning asosiy qismi o’tab bo’linganidan so’ng, u bitiruv malakaviy ishi bo’yicha yakuniy tadqiqotlarni olib boradi, ma’lumotlarni yig’adi, amaliyot ob’ektining mazkur predmet bo’yicha potentsial muammolarini o’rganadi, umumlashtiradi, tahlil qiladi va ularga baho beradi. Bitiruv malakaviy ishining tahliliy qismiga zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’playdi, zarur hollarda ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi va anketalarni o’zida saqlaydi.
Tanlab olingan individual topshiriq bo’yicha korxona faoliyatini amaliy jihatdan o’rganib tahlil qilish. Ushbu bo’limda talaba amaliyotni avvalida o’zi tomonidan mustaqil tanlangan yoki rahbarning tavsiyasiga ko’ra tanlangan mavzu bo’yicha talaba nazariy bilimlarni shakllantiradi va korxonadagi ushbu mavzusiga to’g’ri keladigan jarayon bilan tanishadi va tahlil o’tkazadi, yakuniy xulosalarni shakllantiradi.
Hisobotni, individual topshiriqni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish. Yuqorida berilgan ketma-ketlik bo’yicha talaba tomonidan barcha bo’limlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan topshiriqlar va tahlillar hisobotda aks ettiriladi. Ilovada berilgan shakllarga asosan hisobot rasmiylashtiriladi va himoyaga olib chiqiladi. Himoya belgilngan komissiya oldida amalga oshiriladi.




5. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA HISOBOT HIMOYASI YUZASIDAN UMUMIY QOIDALAR VA TARTIBLAR

5.1. Amaliyotga rahbarlik qilish

Talabalar amaliyoti Universitetning davlat va aktsiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo’shma korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi.
Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o’qiydigan talabalar amaliyot o’tash uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar.
Universitetdan tayinlangan amaliyot rahbari:

  • talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;

  • talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o’tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko’rsatmalar berish va h.k.)ni o’tkazishni ta’minlaydi;

  • talabalarning kafedra topshiriqlarida ko’zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;

  • amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi;

  • talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;

  • amaliyot yakunlari bo’yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;

  • talabalarning amaliyot bo’yicha hisobotini ko’rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o’tganligi, ularning amaliyot tayyorgarligidagi kamchiliklar ko’rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritlgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;

  • barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o’tkazadi.

Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug’i bilan mas’ul hodimlarning biriga yuklatiladi.



Yüklə 130,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin