Islom Karimov


Birinchi instansiya sudida sudlarning jinoiy ish qo‘zg‘ashini istisno



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə13/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Birinchi instansiya sudida sudlarning jinoiy ish qo‘zg‘ashini istisno et?.d:gan va ayblov xulosasini e'lon qilishni faqat davlat

qoralovchisiga yuklagan majburiyatni ifodalagan 0‘zbekiston Jinoyat-protsessual kodeksining 321- va 439-moddalariga ham tegishli to‘ldirishlar va o‘zgartishlar.kiritildi. Bu o'zgartishlar milliy qonunchilikni 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19- moddasi va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiqlashtirish maqsadida amalga oshirildi. Ma'lumki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasiga muvofiq, har bir inson o‘z huquq va majburiyatlarini aniqlash va o‘ziga nisbatan qo‘yilgan jinoiy ayblovni asoslanganligini aniqlash uchun o‘z ishini to‘liq tenglik asosida oshkora tarzda, mustaqil va xolis sud tomonidan adolatning barcha talablari asosida ko‘rishini talab etish huquqiga egadir. Albatta, bu inson huquqi qonun ustuvorligini ta’minlash prinsipini amalga oshirishning asosiy mezoni — adolat prinsiplarini hayotda amalga oshishini ta’minlab beradi.

Hozirgi davrga kelib 0‘zbekiston qonun ustuvorligini ta’minlash, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha yetakchi besh mamlakat qatoridan o‘rin olganligi xayratlanarli bir holdir. Bu haqda 2014-yil 24-aprelda matbuot tarqatgan xabarlarga ko‘ra jahon miqyosida qonun ustuvorligining navbatdagi Indeksini e’lon qilgan Jhe World Justice Project mustaqil xalqaro tashkilotining yillik hisobotida e’lon qilingan. Unga binoan, bu sohada davlatlarga baho berishda «Tartib va xavfsizlik» yo‘nalishiga bosh mezonlardan biri sifatida yondashilib, uning doirasida xalqaro ekspertlar dunyoning 99 mamlakatidagi tartib va xavfsizlik bilan bog'liq vaziyatni ko‘rib chiqishadi, ushbu mamlakatlardagi huquqiy muhitni, jamiyat va davlatning o‘zaro hamkorligini, mustaqil va xolis sudlaming mavjudligini, huquq-tartibot organlari nechog'li samarali faoliyat yuritishini va boshqa omillarni tadqiq qiladi.

Unda davlatlarning yutuqlari, awalo, jinoyatchilikka qarshi kurashish, siyosiy zo‘ravonlik, shu jumladan, terrorizm, qurolli to‘qnashuvlar va siyosiy tartibsizliklar, shuningdek, huquq-tartibot organlari va jinoiy odil sudlov tizimiga nisbatan ishonchning yo'qotilishi oqibatida yuzaga keladigan zo‘ravonlikning oldini olish borasida huquq ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha asosiy tamoyilga rioya qilinishining samaradorligiga ko‘ra baholangan.

Mazkur Indeksda ushbu omil bo‘yicha Yaponiya birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rin Singapurga berilgan. Uchinchi o‘rinni O'zbekiston, Daniya va Gonkong egallagan. 0‘zbe- kistondan keyingi o‘rinlarda AQSh, Belgiya, Norvegiya, Estoniya, Qozog'iston, Rossiya va boshqa mamlakatlar qayd etilgan. Ekspertlarning fikricha, «mazkur mustaqil xalqaro tashkilotning yuqori bahosiga sazovor bo‘lgan 0‘zbekistondagi huquq-tartibot va xavfsizlik mustaqillik yillarida izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan va ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy so- halardagi eng dolzarb masalalami samarali hal etishga yo‘naltiril- gan tizimli, keng ko'lamli islohotlar natijasidir. Bunda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar asosini demokratik huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan biri - qonun ustuvorligi tashkil etadi»122.

Hisobotda ta'kidlanishicha, qonun ustuvorligi jamiyatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta'minlaydi, dunyoning barcha mamlakatlari hukumatlarining mas'uliyatini kuchaytirishga ko'maklashadi va insonning asosiy huquqlariga nisbatan hurmatni oshiradi. Mazkur Indeks ilk marotaba 2010-yilda e'lon qilingan bo‘lib, matbuotning xabar berishicha, u jahonning turli mam- lakatlarida o‘tkazilgan ijtimoiy so'rovlar natijalariga va ekspert manbalarini o'rganishga asoslangan noyob tadqiqotdir.

Albatta, bu holat 0‘zbekiston mamlakatini inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash, hu- quqiy davlatga xos bo'lgan sud-huquq tizimini shakllantirish sohasida qisqa davr — mustaqillik davri ichida asrlarga teng boi- gan yoini bosib o‘tganligini anglatadi.

Takrorlash uchun savollar:




  1. «Qonun ustuvorligi» deganda nimani tushunasiz?



  2. Hokimiyatning uchga boiinish prinsipi qonun ustuvorligini ta’minlashda qanday rol o‘ynaydi? U 0‘zbekistonda <5anday namoyon boimoqda?



  3. Qonun ustuvorligi fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishda qanday ahamiyat kasb etadi?



  4. O’zbekistonda sud-huquq tizimini demokratlashtirish sohasida qanday tub o'zgarishlar amalga oshirildi?



  5. 0‘zbekistonda sud-huquq tizimini isloh qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash istiqbollari qanday?





Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin