Islom ta’limoti



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü79,5 Kb.
#37662
1   2   3   4   5
Islom ta

Tasavvuf – islomdagi mistik­asketik oqimdir. Mistitsizm, mistika so’zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so’zidan olingan bo’lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ladi. Qadimiy Sharq va yunon dinlarida ham insonni g’ayritabiiy kuchlar bilan bog’laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavjud. Hayotning barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog’liq bo’lgan o’rta asrlarda uning roli katta bo’ldi.

O’rta asrlarda xristianlikda mistitsizmning ikki yo’nalishi – mavjud bo’lib, ular ortodoksal­cherkov mistitsizmi va yeretik mistitsizm edi. Birinchisiga ko’ra, inson butunlay Xudoning hukmiga bo’ysungan bo’lib, uning xohishiga qarab unga yetishishi mumkin bo’lsa, ikkinchisining ta’limotiga ko’ra, inson o’z harakatlari bilan ham Xudoga yetishishi mumkin, deyiladi.

Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvif so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Sufiylik mualliflari ko’pincha uning kelib chiqishini «svf» («sof bo’lmoq») o’zagidan yoki «ahl as­suffa» (Payg’ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig’iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar. G’arbiy Yevropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yunoncha – «hikmat» (sophia) so’zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo’lishgan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, Shamsiddin Somiy (1850-1905) esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. Shayx Saffet Yetkin ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo’liga suluk solgan kishilarning «sufiya» ismi bilan mashhur bo’lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avval sodir bo’lgan, degan dalillarni ilgari suradi va «sufiy» so’zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi. Endilikda bu so’zning «suf» (jun chopon) so’zidan kelib chiqqanligi haqidagi o’rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag’al jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.

Tasavvufga asos bo’lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg’ambarning Abu­ ­Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o’rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davrda sufiy yoki at­tasavvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o’rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohidobid so’zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik­asketik oqimning paydo bo’lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davomidagi siyosiy­ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’naviy­g’oyaviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko’rsatish mumkin.

Ilk davr sufiylari, aniqrog’i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg’ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o’tkazish, kunduzlari ro’za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o’zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o’zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavakkul) va h.k.

Sufiylik ta’limoti mu’taziliylardagi mavhum ilohiyotga oid fikrlar, obro’li shaxslarga ko’r­ko’rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so’zma­so’z itoat etishdan farqli o’laroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhoniyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish – ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak psixolog, Ilm al­qulub va­l­xavotir (Qalblar va fikrlar ilmi)ga asos solgan al ­Hasan al­ Basriy (v. 728 y.) sufiylikning asoschilaridan hisoblanadi.

Al­ Hasan al­ Basriyning ashoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, Rabi’a al­Adaviya (v. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-Balxiy (v. 770 y.) va Fuzayl ibn Iyod (v. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VIII­IX asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo’lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo’lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo’ldi. O’sha davrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag’ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik mafkurasining o’ziga xos xususiyatiga aylandi.

IX asr davomida tasavvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg’in harakatlar davom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag’dod va Xuroson sufiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari avvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning ahvolmaqomotlariga batafsil tavsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiylikka «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga olib boradigan yo’l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o’z­o’zini nazorat (muroqabamuhosaba) qilishga erishish uchun ibodatning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo’lishiga asosiy urg’u beriladi. Bag’dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan ta’limotning Xurosonda ham ko’plab tarafdorlari topildi va ular keyinchalik «malomatiylar» nomini oldilar.

Tasavvufda Allohga yetishish (vasl) – unga qo’shilib ketish (baqo) bilan bo’lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli bo’lmaganligi va mazkur g’oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur al­Halloj (qatli 922 y.), Ibn Ato, Ayn al­Qudot al­Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.

Tasavvufning manbalardagi talqini quyidagi yo’sinda: bunga ko’ra, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko’rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o’z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo’lida zuhd va taqvoni o’zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (v. 776-77 y.), tasavvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (v. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-Shibliy (v. 945-46 y.), tasavvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-Bag’dodiy (v. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo’lgan kishi Robi’a al-Adaviyadir (v. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvufning rivojlanish yo’li islom tarixining ajralmas bir bo’lagidir.

Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davr sufiylarining talqiniga ko’ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu Ya’qub Yusuf al-Hamadoniy (v. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko’ra, Yusuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi:


Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin