Aktsiyadorlik fondi – bu investorlar tomonidan investitsiya qilish uchun qo’shma jamg’arma tuzish orqali shakllantiriladigan aktsiyadorlik biznesi. Ushbu jamg'armada investorlarning mablag'lari birlashtirilib, fond boshqaruvchisi tomonidan shariatga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalarini sotib olishga investitsiya qilinadi. Foyda kapitalning o'sishi orqali, ya'ni aktsiyalarni narxi past bo'lganda sotib olish va yuqori bo'lganda sotish orqali shakllanadi. Sotish narxi va sotib olish narxi o'rtasidagi farq yalpi foyda hisoblanadi. Sof foyda (ya'ni foyda fondini boshqarish to'lovi) fond boshqaruvchisi va investorlar o'rtasida taqsimlanadi. Investorlarning foyda ulushi ularning puldagi ulushiga qarab taqsimlanadi.
Ijara fondi –investorlarning mablag’lari islomiy ijara va lizing faoliyati bilan shug’ullanish uchun to’plangan jamg’arma hisoblanadi. Jamg'arma mablag’lari ko'chmas mulk loyihalari, asbob-uskunalar, mashinalar, samolyotlar, kemalar va boshqa shu kabi aktivlarga investitsiya qilinadi. Bunday faoliyatdan olinadigan daromad lizing oluvchilar tomonidan qisqa va uzoq muddatli asosda to'lanadigan ijara to'lovi shaklida bo'ladi. Asosan, ushbu turdagi fondlarda ikkita shartnoma imzolanadi. Birinchisi, investorlar va fond boshqaruvchisi o'rtasida tuzilgan mudaraba yoki vakala shartnomasi, ikkinchisi, lizing oluvchi va fond boshqaruvchisi (aktiv egalari yoki investorlar nomidan lizing beruvchi sifatida) o'rtasida tuzilgan ijara shartnomasi. Ijaraga oluvchi ijara haqini ijaraga beruvchiga yoki fond boshqaruvchisiga (aktiv egalarining agenti) uzufrukti bo'yicha to'laydi. Fond menejeri haqini mudoraba shartnomasi orqali hamkorlik qilsa foydadagi ulushini oladi, agar vakala shartnomasi bilan ishga yollangan bo’lsa, ish haqini oladi.