Deputatlik odobi - deputatlar parlamentda muomala qilish chog’ida amal qilishi lozim bo’lgan ma’naviy va axloqiy qoidalar yig’indisi.
Deflyatsiya – inflyatsiya davrida muomaladagi qog’oz pulni kamaytirish. Davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul - kredit tadbirlarini qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq) – ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.
Diversifikatsiya strategiyasi –korxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini kengaytirish orqali rivojlanish strategiyasidir. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yetakchi zamonaviy tendensiyalardan biri hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo’lgan raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi – korxonalarda yangi mahsulotlar liniyalarini ishga tushirish, qo’shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa turli uslublarda amalga oshirishi mumkin.
Dividend – aksionerlik jamiyati sof foydasidan aksiya egalariga to’lanadigan qismi bo’lib, u aksionerlarga naqd pul yoki aksiyalar bilan to’lanadi. Jahon banki – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o’zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.
Jahon bozori kon’yunkturasi -jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o’zgarish tendensiyalari.
Joriy kon’yunktura – muayyan davrda tovarlarga bo’lgan talab va taklifning tarkibi, dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy kon’yunktura ayni davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik vaziyatni ifodalaydi.