Nizoning kelib chiqishi va to’qnashishning sodir bo’lishi bir butun jarayon bo’lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi (66-chizma).
Nizoning kelib chiqish va to’qnashish jarayoni modeli. Bu jarayonning birinchi bosqichida nizo chiqishi uchun vaziyat tug’iladi, ya’ni tomonlar manfaatlarining qarama-qarshiligi obyektiv ravishda namoyon bo’ladi. Ammo ochiqdan-ochiq to’qnashuv sodir bo’lmaydi. Bunday holat har ikkala tomon tashabbusi bilan yoki "merosdan " qolgan nizoning ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.
Nizoli vaziyatning obyektiv ravishda vujudga kelishiga bevosita qarama-qarshi turuvchi tomonlarning o’zlari yoki ularning muxoliflari sababchi bo’lishi mumkin. Ular turlicha daraja (rang) ga ega bo’lgan tomonlardir. Masalan:
darajali muxoliflar — bu shaxslar;
darajali muxoliflar — bu dialog chog’ida o’z-o’zidan qaror qabul qiluvchi shaxslardir. Nizoning rivojlanishida va sodir bo’lishida ularning ta’siri deyarli bo’lmaydi.
Nizoli vaziyatning boshqa bir unsuri — bu ayni shu vaziyatni keltirib chiqaruvchi obyektdir. Ko’pincha shu obyektni "bo’lishi olmaslik " yoki uni "bo’lishdagi " adolatsizlik sababli nizoli vaziyat vujudga keladi. Natijada ziddiyatga boruvchi tomonlar O’zlarining manfaatlari yo’lida hal qiluvchi mavqeni egallashga urinadilar.
Nizoli vaziyatning tashqi unsurlari ham mavjud. Bular quyidagilardir:
haddan tashqari hissiyotga berilish;
11.3. Ishlab chiqarishdagi nizolarning oldini olish va bartaraf etish. Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo’lish mumkin.