Muvofiqlashtirish va integrasiyalash usuli. Bu usul og’zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, bo’ysunush tartibini o’rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, korxona ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
11.4. Stress va uni boshqarish.
Stress — inglizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik, keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.
Salbiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: "u asabiylashdi" deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi:
salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutoqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;
asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan hastalik;
asablarning qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi
Dostları ilə paylaş: |