6.2. Biznes rejaga qo’yiladigan talablar va uni tayyorlash bosqichlari
Biznes reja quyidagi talablarga javob bergan taqdirda samarali hisoblanadi:
1)
Biznes rejadagi har bir ko’rsatkich, element, bosqich qat’iy ravishda asoslanishi
shart.
2)
Vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi.
3)
Reja ko’rsatkichlarini bajarilishini doimiy hisobga olish.
4)
Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish
93
5)
Fan–texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilor tajribalariga tayanish.
Biznes rejani ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich – biznes rejani tayyorlash uchun zaruriy axborot
manbalarini aniqlash. Bunday manbalarga biznes rejalashtirishga oid darslik va
o’quv qo’llanmalar, xukumat materiallari, tarmoq nashrlari, auditorlik
firmalari,biznes reja tuzish bo’yicha kurslar va h.k.
Ikkinchi bosqich – biznes reja maqsadini aniqlash. Maqsadlar biznes reja hal
etish lozim bo’lgan muammolardan kelib chiqadi. Komaniyaning ichki va tashqi
maqsadlari o’zaro bog’langan. Masalan, tashqi maqsadlar ya’ni investorlarni jalb
etish maqsadiga, tijorat banklariga nafaqat kreditor sifatida balki tadbirkorlik
loyihasining to’liq ishtirokchisi bo’lish taklif etilganda tezroq va to’liqroq erishish
mumkin.
Ushbu holat loyihaga qo’shimcha e’tiborni yuzaga keltiradi. Tadqiqotlarning
ko’rsatishicha tijorat banklari biznes rejalar uchun kredit ajratishdan ko’ra, ularni
biznes
rejani
amalga
oshirishda
bevosita
ishtirok
etishi
(hamkorlik,
aksionerlik(hissadorlik) kapitalida umumiy ishtirok etish, foydani taqsimlash) bilan
uyg’unlashtirishdan manfaatdordir. Agar biznes rejada yuqoridagi holatlar qayd
etilsa moliyaviy resurslarni olish osonlashadi.
Biznesning umumiy maqsadini aniqlashga quyidagi savollar yordam beradi.
1.
Umumiy maqsadingiz qanday?
2.
Tadbirkorlik faoliyatingiz asosiy maqsadi nima?
3.
SHaxsiy va tadbirkorlik maqsadini uyg’unlashuviga qanday erishasiz?
4.
Kelgusi 10, 5 va yildagi rejalaringiz qanday?
Masalan: biznes maqsadi namunasi;
— faqat “Mersedes” firmasining yuk mashinalaridan foydalanish asosida xususiy
tijorat transport xizmatini va yuqori toifali biznesni taklif qilish,
— 2 yil ichida faoliyatda yetakchi o’ringa chiqish, mamlakatdagi eng yaxshi tijorat
transport firmalari ro’yxatiga chiqish, shuningdek, mahalliy bozorda yuqori
darajada xizmat darajasiga erishish,
— jalb etilgan kapitaldan 40% foyda olishni ta’minlash.
94
— 3 yil davomida yilni kengaytirish va 2 ta yuk mashinasini 20 taga yetkazish.
Umumiy maqsadni aniqlangach, xususiy, o’ziga xos maqsadlarni ko’rsatish
zarur. Biznes rejani tuzish tashqi va ichki maqsadlarni ko’zda tutadi asosiy tashqi
maqsad kelgusidagi xamkorlar va kreditlarni ishning muvoffaqiyatiga ishontirish.
Biznes rejaning asosiy ichki maqsadi tadbirkorlik faoliyatini boshqprishning
asosi bo’lishdir.
Uchinchi bosqich biznes rejaning kimga yo’naltirilganligini aniq belgilash.
Ushbu harakat orqali biznes rejaning mazmunini belgilash mumkin bo’ladi.
Masalan, aksiya chiqarish va sotish hisobiga moliyalashtirishga yo’naltirilgan
firma dividendlar miqdori, ularni to’lash tartibi borasida ma’lumot berishi lozim;
To’rtinchi bosqich tuzilayotgan hujjatning umumiy tuzilmasini belgilash;
Beshinchi bosqich biznes rejaning har bir bo’limini tayyorlash uchun
axborot yig’ish. Ushbu bosqichda zaruriy va yetarli bilim va tajribaga ega bo’lgan
insonlar, xususan, kom’aniya xodimlari, tashqi konsultantlar, moliyachilar,
buxgalterlar, marketologlar, iqtisodchilar yordamiga murojaat etish lozim.
Axborot yig’ishni boshlashdan oldin biznes reja bo’limlari bo’yicha
savolnoma tuzish maqsadga muvofik bo’ladi.
Oltinchi bosqich biznes rejani yozish (tayyorlash). Bunda eng asosiy qoida
shundaki, tadbirkor biznes rejani mustaqil yozishi zarur. Tashqi maslahatchilar
ishtiroki bundan avvalgi bosqichda to’xtatiladi. Yakuniy bosqichda ular
tadbirkorga faqat ko’makchi sifatida ishtirok etadi.
Ettinchi bosqichda tadbirkor biznes rejani manfaatdor shaxslarga tanishish
uchun berishi mumkin.
Lekin mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun
yagona to’g’ri yo’l yo’qligiga alohida e’tibor qaratadi. Biznes-rejaning
tarkibi,tuzilmasi, ko’rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning
hajmi(quvvati), yo’nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o’z
ishini endiboshlayotgan tadbirkorlik yoki mavjud korxona haqida borayotganligiga
bog’liqbo’ladi. Agar gap barcha tashvishlar o’z ishini boshlash va buning uchun
zarur bo’lganboshlang’ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga
95
shakllantirish bilanbog’liq bo’lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning
mazmuni va unitayyorlash bosqichlari bitta (umumiy) ko’rinishga ega bo’lishi,
yangiliklar kiritishyoki bankrot yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo’lsa
boshqa ko’rinishga egabo’ladi. SHunday bo’lsada, har qanday biznes-rejada
tanlangan biznes kontseptsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish
yoki xizmatlarnig o’ziga xosligitavsiflanuvchi, shuningdek, istiqbolda olinishi
lozim bo’lgan foyda (daromad) vabiznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo’limlar
mavjud bo’ladi. Zamonaviy sharoitlarda xo’jalik amaliyotining dalolat berishicha,
umuman rejalashtirish, va xususanbiznesni rejalashtirish ikki bosqichida amalga
oshiriladi.
Birinchi bosqichda biznes-rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o’tgan
yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o’z imkoniyatlarini
baholash hisobigadastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha
hisob-kitoblardabelgilangan texnologik jarayonlarga, ichki zahiralardan to’liq
foydalanishgaasoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy
tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim. Ushbu bosqichda chiqariladigan
mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozortalabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap
shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiyojlaridan tashqari iste’molchilar mahsulotni
xarid qilish uchun sarflovchi va korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun
mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham mavjud.
SHuning uchun “ehtiyoj – resurslar”bog’liqligi biznes-rejaning asosiy bo’g’ini
hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash korxonani iste’molchilik talabiga ega
bo’lmagan mahsulot chiqarish uchunxarajatlar sarflashining oldiini oladi, talab
qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo’l qo’ymaydi.
Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning
rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga
ega bo’lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar
olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o’z
navbatidakorxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini
ishlabchiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga
96
asoslansato’g’ri bo’lur edi.Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil
ko’rinishga ega bo’lishini – hamkorlar, investorlar, aktsiyadorlarga taqdim
etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun
tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar. Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy
biznes-reja kabi tartibda va xuddi shubo’lim va nomlardan iboart bo’lib, tavsiya
qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:
1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.
2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti-
harakatlar dasturini aniqlash.
3. Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolar variantlarini detalli ko’rib
chiqish.
4. Ichki va tashqi risklarni baholash.
5. Bozor muhitidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati
nazoratini amalga oshirish.
Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik
aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish
vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |