Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Biznes reja tuzilmasi va tarkibi



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

6.3. Biznes reja tuzilmasi va tarkibi 
 
Biznes reja yuqori poligrafik darajada yozilishi talab etiladi. Titul varaida 
rejaning nomi yoziladi, raqami qo’yiladi.
Rejani tuzishda statistik ma’lumotlardan keng foydalanish, ularning 
manbaalarini ko’rsatib o’tilishi zarur. Zarur bo’lganda fotosuratlar, jadval va 
chizmalardan foydalanish mumkin. Investor yoki potensial hamkorga zaruriy 
bo’limni topishda qulaylik yaratish maqsadida mundarija ham berilishi kerak. 
Biznes reja tarkibi va bo’limlarning sifat darajasini tadbirkor yoki uning 
nomidan ish ko’ruvchi menejer belgilaydi. 
Yirik korxonalar uchun biznes reja strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat 
bo’ladi: 


97 
­
titul varai: (biznes reja muqovasi) korxona nomi, korxona rahbari familiyasi
manzili, telefon va faks nomeri. 
Rezyume: biznes rejaning qisqacha mazmuni. 
1.
Biznesni ifodalash: 
1.1 Korxona (firma) ning joylashgan o’rni; 
1.2 Faoliyat maqsadi; 
1.3 Tarmoq va korxona turi; 
1.4 Faoliyat turi; 
1.5 Asosiy tovar (xizmat yoki ish); 
1.6 Bozor talabi (sotish bozorini baholash); 
1.7 Mahsulot iste’molchilari; 
1.8 Tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil etish; 
1.9 Bozorga chiqish strategiyasi. 
2.
Marketing va tovar (xizmat) larni sotish rejasi: 
2.1 Mavjud va potensial extiyojlar
2.2 Bozorni tadqiqqilish, mahalliy, regional, milliy, jahon; 
2.3 Tovarni iste’molchilarga harakatlantirish usullari; 
2.4 Iste’molchilarga sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish (servis) va kafolat; 
2.5 Baholash; 
2.6 Raqobat va raqobatda ustunlik
2.7 Reklama; 
2.8 Mahsulotni sotish: transortirovka, sug’urtalash, bojxona yig’imlari. 
3.
Innovatsiya rejasi: 
3.1 Mahsulot holati: xarakteristikasi va tavakkalchilik; 
3.2 Mahsulotni takomillashtirish va yangi mahsulotlar; 
3.3 Ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlar; 
3.4 Asosiy kapitalni yangilash rejasi; 
3.5 Korxonani kengaytirish rejasi. 
4.
Ishlab chiqarish rejasi: 
4.1 Ishlab chiqarish quvvati: foydalanish va rivojlantirish


98 
4.2 Ishlab chiqarish sikli, zahiralar va mavsumiy tebranishlar; 
4.3 Mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqarish grafigi; 
4.4 Ta’minot strategiyasi; 
4.5 Xizmat sohasini rivojlantirish. 
5.
Boshqarish: 
5.1 Korxonaning tashkiliy (strukturasi) tuzilmasi; 
5.2 Korxonaning bosh rahbarlari, majburiyatlari,javobgarlik; 
5.3 Direktorlar kengashi, mutaxassis maslahatchilar; 
5.4 Hamkor kom’aniyalar; 
5.5 Xodimlarni tanlash va mehnat motivatsiyasi. 
6.
Xodimlar: 
6.1 Xodimlar soni; 
6.2 Mutaxassislarga ehtiyoj; 
6.3 Kadrlar tayyorlash
6.4 Mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari; 
6.5 Mehnatga haq to’lash xarajatlari; 
6.6 Mehnat unumdorligini oshirishni rejalashtirish. 
7.
Tavakkalchilikni baholash va sug’urtalash: 
7.1 Korxona to’qnash kelishi mumkin bo’lgan xatar turlari; 
7.2 Xatarni oldini olish; 
7.3 Xatar miqdori; 
7.4 Sug’urta uchun xarajatlar. 
8.
Huquqiy reja: 
8.1 Mulkchilik shakli va uning o’zgarishi; 
8.2 Korxonaning huquqiy statusi; 
8.3 Huquqbuzarlikni oldini olish
8.4 Firmaning huquqiy hujjatlarini to’ldirish. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin