112
davomida Yer sayyorasi axolisi qariyb to’rt barobarga ko’paydi. Bugungi kunda
Yer kurrasida yashayotgan har bir kishiga to’g’ri keladigan suv, yer maydoni,
mineral resurslar, biomassa va xatto havo miqdori kamayib bormoqda.
Oddiy
arifmetik hisob kitoblarga ko’ra har bir yerlik hisobiga sayyoramizning 170 km
kub qismi, 0.02 km kv quruqlik (sahro va muzliklarni qo’shib hisoblaganda), 370
tonna biomassa to’g’ri keladi. Bugungi kunda sayyoramizning katta qismida
ichimlik suvi, energiya, iste’mol tovarlari, yog’och va boshqa resurslar taqchilligi
sezilmoqda. Olimlar tomonidan 2050 yilga kelib axoli sonining 9 mlrd kishiga
ko’payishi, bunga muvofiq ravishda yuqoridagi ko’rsatkichlarning 1.3 martaga
kamayishi bashorat qilinmoqda. Zamonaviy sharoitlarda qayta tiklanmaydigan
tabiiy resurslar insonlar tomonidan cheksiz ravishda iste’mol qilinishi oqibatida
tugab bormoqda, qayta tiklanadiganlari esa qayta tiklash davriga nisbatan tez
sur’atda sarflanmoqda. Shunday qilib, jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida
iqtisodiy rivojlanishning uch omilidan moddiy resurslar yetakchi omilga aylanib
qoldi.
XX asrning oxiriga kelib jahon hamjamiyati eng avvalo ekologik taraqqiyot
yo’liga o’tishga yo’naltirilgan strategiyani tanlashi zarurligini tushunib yetdi.
Yuzaga kelgan sharoitdan chiqishning yo’llaridan biri- resurs tejovchi
texnologiyalarni qo’llash va chiqindilar miqdorini kamaytirish hisobiga
resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.
Resurslar samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri bo’lib ulardan
foydalanishda
yuzaga
keladigan
chiqindilar
miqdorini
optimallashtirish
hisoblanadi. CHiqindi tushunchasi fan va texnikaning
rivojlanish darajasi bilan
belgilanadigan shartli tushuncha hisoblanadi. SHu sababli ishlab chiqarish
jarayonida yuzaga keladigan chiqindi yoki asosiy faoliyatda ishlatilmaydigan
ortiqcha mahsulotlar uchun “ikkilamchi material resurslar” termini qo’llaniladi.
Ikkilamchi material resurslar barcha ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari
bo’lib, muntazam to’ldirib boriladigan material va yoqilg’i energetik resurslar
manbai hisoblanadi. Ikkilamchi material resurslar ularni birlamchi xom ashyo
sifatida ishlatish jarayonida ikkilamchi xom ashyoga aylanadi. Ikkilamchi xom
113
ashyoni aniqlashdagi farqlantiruvchi belgi sifatida ikkilamchi material
resurslarning asosiy xom ashyo o’rnini egallashini ko’rsatish mumkin. Fikrimizcha
material resurslarni faqat birlamchi resurslar o’rniga ishlatilgandagina
ikkilamchi
xom ashyo deb hisoblash mumkin.
Ikkilamchi material resurslardan iqtisodiyotda foydalanish samarali
hisoblanadi. Xususan, qazib olish va qayta ishlash xarajatlarini qisqartirish
imkonini beradi, ishlab chiqarishning iqtisodiy ko’rsatkichlarini, ekologik
ko’rsatkichlarini yaxshilaydi, chiqindidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga
to’g’ri keladigan yoqilg’i, elektro-energiya, mehnat xarajatlari kamayadi.
Bunda
xom ashyodan kompleks foydalanish ishlab chiqarishning ekologikligini, ratsional
foydalanish esa uning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi.
Zamonaviy sharoitlarda O’zbekistonda ikkilamchi material resurslardan
foydalanish jarayoniga to’siq bo’layotgan xolatlar ham mavjudki, bularga
chiqindilar bilan ishlash sohasida maxalliy ijro organlarining o’zaro muvofiq
faoliyat yuritmasligini kiritish mumkin. Vazirliklar, mahalliy xokimiyatlar faqat
o’zlariga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar
doirasida chiqindilar bilan
bog’liq masalalarni ko’rib chiqadilar va hal etadilar. Bu esa ular faoliyati ustidan
har tomonlama, kompleks nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Hal etiladigan
muammolar darajasi va ko’lami eng avvalo bu sohada qonunchilik asoslarini
takomillashtirishni talab etadi.
Chiqindilarni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni
keltirish maqsadga muvofiq :
-
resurslardan foydalanishda me’yorlashtirishni takomillashtirish;
-
kam chiqimli texnologiyalarni joriy qilish;
-
chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini yaratishni jadallashtirish;
-
texnologik
intizomga
rioya
qilishni
rag’batlantirish
tizimini
shakllantirish;
-
ishchi xodimlar malakasini oshirib borish;
114
-
ilg’or ish usul va uslublarini qo’llashni keng targ’ib qilish;
-
ikkilamchi material resurslardan foydalanish jarayonlarini kengaytirish.
Dostları ilə paylaş: