13.2. Xodimlarga bo’lgan talabni rejalashtirish Ishchilar sonini rejalashtirish asosi bo’lib, ishlab chiqarish rejasi, jihozlar
soni, ish vaqti balansi, mahsulot mehnat sig’imi hamda soatlik unumdorlik kabi
ko’rsatkichlar xizmat qiladi.
Ishchilar sonini rejalashtirishda korxonada amalga oshirilishi kutilayotgan
tadbirlar natijasida mehnat unumdorligi o’sishi e’tiborga olish zarur.
Yuqorida aytilganidek ishchilarning haqiqiy soni deyilganda ishlab chiqarish
faoliyatining uzluksizligini ta’minlash yoki ishlab chiqarish jihozini uzluksiz
ishlashini ta’minlaydigan ishchilarning minimal soni tushuniladi.
Bu mahsulot mehnat sig’imi bo’yicha, mahsulot soatlik unumdorligi va
xizmat ko’rsatish me`yorlari bo’yicha aniqlanishi mumkin.
Xizmat ko’rsatish me`yori bo’yicha ishchilar sonini rejalashtirishda quyidagi
formuladan foydalaniladi:
k
sm
Х
х К
s sx J I
bu yerda:
J s – jihozlar soni;
K sm – smenalik koeffitsenti yoki smenalar soni;
X k – bir ishchiga biriktirilgan jihozlar soni yoki xizmat ko’rsatish me’yori.
Agar ishchilarga mahsulot ishlab chiqarish me’yori belgilangan bo’lsa u
holda ishchilar soni quyidagicha aniqlanadi:
sм
sм
хТ
М
х
ichn sм sх Q I К
bu yerda:
Q sm – smenalik ishlab chiqarish hajmi, kg;
M ichn – ishchining soatlik mahsulot ishlab chiqarish normasi;