Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


XIII BOB. XODIMLARGA TALABNI REJALASHTIRISH



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

XIII BOB. XODIMLARGA TALABNI REJALASHTIRISH 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
kadrlar tarkibi va strukturasi; ish vaqti balansi, 
ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi soni, ishchilar sonini rejalashtirish usullari, 
ishchilar sonini yiriklashtirilgan usulda rejalashtirish, ishchilar soni bo’yicha 
iqtisod. 
 
13.1. Korxona xodimlari tarkibi va tuzilmasi 
Korxona xodimlarini barcha kategoriyalar bo’yicha rejalashtirish mehnat 
bo’yicha rejaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishchilar sonini 
to’g’ri rejalashtirish ish haqi fondini, mahsulot tannarxini rejalashtirish uchun asos 
bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, korxonada barcha xodimlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi 
guruhga sanoat ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlar kiradi. 
Ikkinchi guruhga nosanoatda band bo’lgan xodimlar kiradi. 
O’z navbatida sanoat xodimlari quyidagi toifalarga bo’linadi: 
1.
Rahbarlar; 
2.
Mutaxasislar; 
3.
Xizmatchilar; 
4.
Ishchilar; 
5.
Kichik xizmat ko’rsatuvchilar; 
6.
Qorovullar; 
7.
O’quvchilar. 
Korxonada ro’yxatdagi ishchilar soniga barcha kategoriyada doimiy, 
mavsumiy va 5 kundan kam bo’lmagan muhlatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan 
xodimlar kiradi. Bundan tashqari korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan 
ortiq ishga qabul qilinganlarni ham kiritish mumkin. 
Ro’yxatdagi ishchilar korxonaga xodimlarning ishga qabul qilingan kundan 
boshlab hisoblanadi.


216 
Korxona (birlashma) xodimlarni ro’yxatiga ishga kelib ma’lum bir ishni 
bajarayotganlardan tashqari ba’zi bir sabablar tufayli ishga kelmagan ishchilar va 
quyidagilar kiradi: 
1.
Muddatidan qat’iy nazar xizmat komandirovkasida bo’lgan xodimlar;
2.
Navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan ishlovchilar; 
3.
Dekret ta’tili va bola tug’gandan keyin imtiyozli qo’shimcha 3 yilgacha 
ta’tildagi ayollar; 
4.
Kasalligi sababli ishga chiqmagan ishlovchilar; 
5.
Davlat va jamoat ishlarini bajarish bo’yicha ishga kelmagan, administratsiya 
ruxsati bilan uzrli sabablarga ko’ra ishga kelmagan, korxonaning ish grafigiga 
ko’ra dam olish ruxsatiga ega, dam olish va bayram kunlarida ishlaganligi 
uchun ta’tildagi ishlovchilar hamda progul qilgan shaxslar; 
6.
Vaqtinchalik qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan ishlovchilar (agar ular 
korxonadan to’liq yoki qisman ish haqi olsalar); 
7.
Korxona tomonidan ishdan ajratilgan holda malaka oshirishga yuborilganlar. 
8.
Sinov (sharti) muhlati bilan ishga qabul qilingan ishchilar. Bu ishlovchilar 
ro’yxat tarkibiga ishga chiqqan birinchi kunidanoq, belgilangan kategoriya va 
mansabi bo’yicha kiritilgan; 
9.
Korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan ortiq muddatga vaqtinchalik 
ishga qabul qilingan xodimlar; 
10.
Korxonadan tashqarida naryadlar bo’yicha ishlovchi shaxslar, agar ular ushbu 
korxonadan ish haqi olsalar; 
11.
Korxonaning xom-ashyo va materiallaridan foydalanib, uyda mahsulot ishlab 
chiqarish (tayyorlash) bilan band bo’lgan xodimlar; 
12.
Vaqtinchalik ishga qabul qilingan, qishloq xo’jalik ishlarida band bo’lgan 
ishchilar. 
Hisobot oyi uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni, hisobot oyida bayram 
va dam olish kunlarini hisobga olgan holdahamma kalendar kunlardagi ishchilar 
soni yig’indisini, bu davrning kalendar kuniga bo’lish orqali aniqlanadi. Bundan 


217 
bayram va dam olish kunlaridagi ishlovchilar soni oldingi ish kunidagi ro’yxatdagi 
ishchilar sonini teng deb qabul qilinadi. 
Masalan: ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni hisobi:

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin