Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

 
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Mahsulot tannarxi tushunchasini ifodalang|? 
2.
Mahsulot tannarxini tartibga solish qaysi me’yoriy hujjatga asoslanadi? 
3.
Mahsulot tannarxini shakllantirish tartibini yoriting? 
4.
Mahsulot tannarxi qaysi belgilarga ko’ra turkumlanadi? 
5.
Xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo’yicha guruxlash mazmunini yoriting? 
6.
Kalkulyasiya turlari va ular orasidagi farqlarni izohlang? 
7.
Xarajatlarni yiriklashtirilgan usulda rejalashtirish qanday tartibda amalga 
oshiriladi? 
8.
Xarajatlarni detallashtirilgan usulda rejalashtirish qanday tartibda amalga 
oshiriladi? 
9.
Xarajatlarni pasaytirish imkoniyatlarini izohlab bering. 
10.
Xarajat bilan baho o’rtasidagi bog’liqlikni optimallashtirish mumkinmi? 
Mavzuga tegishli test savollari: 
1. “Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulotlarni ishlab 
chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi xamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish haqida” gi Nizomda xarajatlar qaysi iqtisodiy belgilar bo‘yicha 
guruhlangan. 
A.
Shakllanayotgan joyiga va qaysi maqsadda ishlatilayotganiga asosan; 
B.
Iqtisodiy mazmun va mohiyatiga ko‘ra; 
C.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga asosan; 
D.
Iqtisodiy jihatdan turkumlanishiga ko’ra. 
2. Umumiy kalkulyasiya bu ... 
A.
Bu mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan o‘rtacha xarajatlar; 
B.
Bu xar bir mahsulot turini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar; 
C.
Bu ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajatlar; 
D.
Bu ishlab chiqarishga sarflanadigan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. 
3. Tur kalkulyasiyasi bu ... 
A.
Bu mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanayotgan o‘rtacha xarajatlar; 


260 
B.
Bu xar bir mahsulot turini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan xarajatlar; 
C.
Bu ishlab chiqarishga sarflangan umumiy xarajatlar; 
D.
Bu ishlab chiqarishga sarflanadigan doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar. 
4. Qaysi belgilar asosida xarajatlar bir guruhga birlashtirilganda guruh modda deb 
ataladi. 
A.
Xarajatlarni qayerda shakllanishi va qanday maqsadlarda foydalanayotganiga 
asosan; 
B.
Iqtisodiy mohiyati va mazmuniga asosan; 
C.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga asosan; 
D.
Iqtisodiy jihatdan turkumlanishiga ko’ra. 
5. Qaysi belgilar asosida xarajatlar bir guruhga birlashtirilganda guruh element deb 
yuritiladi. 
A.
Xarajatlarni qayerda shakllanishi va qanday maqsadlarda foydalanayotgani; 
B.
Iqtisodiy mohiyati va mazmuniga asosan; 
C.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga asosan; 
D.
Tarkibiga ko’ra. 
6. “Xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi 
Nizom necha bo‘limdan iborat? 
A.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati; 
B.
Umumiy talablar, moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati; 
C.
Umumiy qoidalar, moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar ro‘yxati; 
D.
Umumiy talablar va qoidalar, moliyaviy natijalarni shakllantirish, xarajatlar 
ro‘yxati. 
7. Joriy yildagi xarajatlar 670800 ming so‘m, ishlab chiqarish hajmi 678849,6 
ming so‘mga teng va ishlab chiqarish hajmini 10 % ga ko‘paytirish ko‘zda 
tutilgan bo‘lsa rejalashtirilgan tannarxni aniqlash. TTT natijasida xarajatlarni 
72658 ming so‘mga kamaytirish ko‘zda tutilgan. 
A.
627580,3; 
B.
656262,4; 
C.
726781,5; 


261 
D.
465464.7. 
8. Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi nima? 
A.
Ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatining kelgusi davri uchun barcha sarflar 
yig’ma rejasi; 
B.
Ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatning talab etilgan davr uchun barcha 
daromadlarining jamlama rejasi; 
C.
Ishlab chiqarish moliyaviy faoliyatining alohida davri uchun korxonaning 
barcha daromad va xarajatlarning jamlama rejasi; 
D.
To’g’ri javob B va S. 
9. O’rtacha xarajatlar … 
A.
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog’liq holda o’zgaradigan xarajatlardir; 
B.
Birlik mahsulotga ishlab chqarish xarajatlari miqdorini belgilovchi 
xarajatlardir; 
C.
Har bir mahsulot hajmidagi doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar summasidir; 
D.
Birlik mahsulotga sarflanadigan to’liq xarajatlar. 
10. Xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi … 
A.
Ilg’or texnika va texnologiyani joriy qilish; 
B.
Hom-ashyo va materiallar bo’yicha me’yorlarni takomillashtirish; 
C.
Mehnat sharoitlarini yaxshilash; 
D.
Kadrlar malakasini oshirish. 


262 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin