Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


XVI BOB. KORXONANING MOLIYAVIY REJASI



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/230
tarix07.01.2024
ölçüsü3,09 Mb.
#206303
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   230
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik

XVI BOB. KORXONANING MOLIYAVIY REJASI 
Tayanch so‘z va iboralar: 
moliyaviy reja mazmuni, vazifasi, strukturasi, 
ko‘rsatkichlari, moliyalashtirish darajasi, foyda va zararlar hisoboti, kassa rejasi, 
daromad va xarajatlar balansi, kapitalga talabning optimal varianti, 
moliyalashtirish strategiyasi.
16.1. Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari 
1.
Moliyaviy faoliyatni boshqarish firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini 
boshqarish bilan uzviy bog‘liqdir.
Moliyaviy faoliyat: 
-
buxgalteriya balansida; 
-
foyda va zararlar (pul oqimi) schyoti; 
-
kapital qo‘yilmalar maxsus schyotida aks ettiriladi. 
Biznes rejada moliyaviy rejaning asosini kapitalga bo‘lgan talabni aniqlash 
bo‘lib, bu kredit olish turi va muddatini tanlash, kapitalni shaxsiy va qarzga 
taqsimlash imkonini beradi. Shaxsiy mablag’larni tashkil etish manbai bo‘lib, 
tezlashtirilgan amortizatsiya va rezerv fondi hisoblanadi. Rezerv fondi firmaning 
faoliyati natijasida aniqlanadi va daromadning barqarorligi to‘lov qobiliyati, pul 
kirim (tushum) lar doimiyligi, konyuktura perspektiviga bog‘liq bo‘ladi. Qarz pul 
mablag’lari shunday jalb etiladiki, foyda kredit uchun foiz to‘lovlari xarajatlarini 
qoplashi mumkin bo‘lsin.
Moliyaviy rejaning maqsadi – dastlabki bir va keyingi yil uchun sotish 
natijasida olinadigan daromad va foyda miqdorini aniqlashdan iborat bo‘lib, 
ularning kattaligi tanlangan moliyaviy strategiyaga bog‘liqdir. Bundan tashqari 
ko‘rilayotgan davrda biznesni qo‘llab quvvatlash va investitsiya uchun talab 
etiladigan mablag’ miqdori ham shu rejada aks ettiriladi, yangi ish (faoliyat) uchun 
moliyaviy rejaning barcha ko‘rsatkichlari prognoz xarakterida bo‘ladi. Yangi ish 
kuchi uchun pul mablag’lari tushumini oldindan ko‘ra olish foyda miqdorini 


263 
belgilashdan ham muhimroq bo‘lib, bunga sabab, ular pul kirimi va summasini 
detallashtiradi.
Boshlang‘ich davrda foyda miqdori darajasi operatsiyalar bo‘yicha 
ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmaydi, shu sababli sotuv va sarflar 
darajasini prognozlashtirish, pul kirimini aniqlab, ishchi kapitalga bo‘lgan 
talabning yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ba’zi bir kritik sharoitlarda yuz berishi 
mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar zaruriyati aniqlanadi, qo‘shimcha moliyalashtirishga 
bo‘lgan zaruriyat belgilanadi.
Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari quyidagilardan iborat: 
1. Foyda va zararlar hisoboti. 
2. Mablag’lar bo‘yicha reja. 
3.Aktiv va passivlar prognoz balansi. 
3.1. Prognoz balansiga ilova: 
- asosiy kapitalning rasshifrovka (asosiy fondlar); 
-amortizatsiyanormasi; 
-banklarbo‘yichaqarzlar (investorlarbo‘yicha); 
- qarzlar bo‘yicha hisobot; 
4. Korxonaning moliyaviy faoliyat (holati) ko‘rsatkichlari. 
Moliyaviy rejani ishlab chiqish uchun ishlab chiqarishni yo‘lga solish bilan 
bog‘liq xarajalarni sanab o‘tish zarur. Birinchi 3-oy uchun ekspluatatsiya 
xarajatlari ham kiradi. Ushbu xarajatlar tarkibi va qiymati quyidagicha: 
1. Jihozlar, mashinalar harakatlanuvchi mulk. 
2. Jihozni o‘rnatish qiymati. 
3. Maydon va ishlab chiqarish binolarini rekonstruksiya qilish. 
4.Xom-ashyovamateriallarningboshlang‘ichzaxiralari. 
5.Litsenziyauchunto‘lovlar. 
6. Turli xil garovlar va to‘lovlar. 
7. Registratsiya va prezentatsiya. 
8. Tasodifiy xarajatlar uchun mablag’lar. 


264 
Bir vaqtli xarajatlar jami: 
1.
Barcha ish xaqi va mukofotlar. 
2.
Ijara. 
3.
Reklama 
4.
Transport xarajatlari. 
5.
Ishlatish xarajatlari. 
6.
Barcha turdagi sug‘urta. 
7.
Soliqlar. 
8.
Qarz va kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari. 
9.
Ta’mirlash va profilaktika xarajatlari. 
10.
Xodimlarni tayyorlash xarajatlari. 
11.
Tasodifiy xarajatlar. 
Umumiy joriy xarajatlar: 
Jami ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlari. 
Foyda va zarar bo‘yicha standart hisobotni korxonaning moliyaviy jihatdan 
tashkillash imkoniyatini ko‘rsatadi. Hisobotni birinchi 3-yil uchun tayyorlash 
lozim.
Foyda va zararlar bo‘yicha standart hisobot quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
1. Sotilgan mahsulot qiymati. 
2. Umumiy xarajatlar. 
3. Ishlab chiqarish xarajatlari. 
4. Sof daromad yoki zararlar (qator 3 – qator 4). 
Kassa mablag’lari bo‘yicha reja (kassa rejasi) birinchi yil uchun mablag’lar 
harakati prognoz oylar bo‘yicha, ikkinchi yil uchun kvartallar bo‘yicha tuzilib, 
kutilayotgan kirim va chiqimlar vaqti hamda miqdori aniq ajratib ko‘rsatiladi. 
So‘ngra qo‘shimcha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va muddati, aylanma 
kapital talabning maksimal miqdori ko‘rsatiladi. Keyingi bosqichda qo‘shimcha 
moliyalashtirish yo‘llari (hissadorlik moliyalashtirish, bank qarzlari), qarz 
mablag’lari to‘lash sharti va usullarini ko‘rsatish lozim (14.1 – jadval).


265 
Shuningdek, kreditorlarga to‘lovlar shartlari, ish haqi va mukofotlarining 
rejalashtirilgan o‘sishi, boshqa xarajatlarining ko‘zda tutilayotgan o‘sishi ham 
ko‘rsatilishi lozim.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   230




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin