268
Jami daromad va tushumlar
90000
II. Sarflar va mablag’lar ajratmalari
1. Korxona
foydasiga soliq
2. Korxona mulkiga soliq
3. Hissadorlarga dividendlar
4. Uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar
5. Ssudalarni so‘ndirish va foizlarni to‘lash
6. Aylanma mablag’larning o‘sishi
7. Mahsulotning arzonlashuvi
8. Ishonchsiz qarzlarni to‘lash rezervi
9. Iste’mol fondiga ajratma
10. Jamg‘arma fondiga ajratma
11. Rezerv fondini shakllantirish
12. Moddiy yordam fondini tuzish
13. Boshqa
sarf va ajratmalar
Jami sarf va ajratmalar
19840
4580
9500
11300
1650
5680
150
200
16500
11700
5000
2000
1900
90000
Balans aktivlari 2 asosiy qismdan iborat:
1.
Uzoq muddatli aktivlar.
2.
Joriy aktivlar.
Aylanma mablag’lar, naqd pulga yoki “resurslar - pul - tovar” bo‘yicha
aylanadigan aktivlarga joriy aktivlar deb aytiladi. Aylanma mablag’larning asosiy
elementlari - pul resurslari va tovar-moddiy zaxiralardir.
Uzoq muddatli aktivlarning salmoqli qismini esa asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlar tashkil etadi. Asosiy vositalar yoki qayd qilingan aktivlar uzoq
vaqt xizmat qiladi va bir necha yildan so‘ng (o‘z qiymatini
asta-sekin mahsulot
tannarxiga o‘tkazish orqali) aylanadi. Nomoddiy aktivlar bozor sharoitida oldi -
sotdi vositasi bo‘ladigan patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, kompaniya obro‘si
va boshqalarning narxidan tashkil topadi.
Balans passivlari firmaning o‘z kreditorlari oldida majburyatlari va xususiy
yoki aksiyadorlar kapitalini o‘z ichiga oladi. Majburyatlar o‘z navbatida joriy yoki
qisqa muddatli, ya’ni uzoq muddatda to‘lanadigan majburiyalarga bo‘linadi.
Xususiy (shaxsiy)
kapitalga ustav fondi, imtiyozli va oddiy aksiyalar, foyda va
rezervlar kiradi. Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan pul mablag’lari,
moddiy
ne’matlar, bino, inshootlar, jihozlar,
xom-ashyo, qimmatbaho qog‘ozlar va
nomoddiy aktivlar qo‘yilishi mumkin. Qo‘yilmalar summasi ta’sischilarning
269
korxona ustav (Nizom) kapitalidagi ulushini tashkil etadi. Bu ulushlar yoki
aksiyalarga mos ravishda ta’sischilar o‘rtasida foyda taqsimlanadi.
Aksiya - bu korxonani rivojlantirishga kiritilgan mablag’ haqida guvohlik
beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalar 2 xilda oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy
aksiyalar “bitta aksiya - bitta ovoz” tamoyili bo‘yicha
aksionerlik jamiyatini
boshqarish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar boshqarishda ishtirok etishga
huquq bermaydi, ammo doimiy (belgilangan) dividend
keltiradi va foydani
taqsimlash va korxonani tugatish vaqtida oddiy aksiyalardan ustunlik qiladi.
Aksiyaning yoki narxi olinayotgan dividend miqdoriga bevosita bog‘liq.
Korxona aksiyalarining umumiy narxi (balans passivida) amaldagi bozor va
kurs narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Korxona buxgalteriya balansi moliyaviy
rejalashtirishning asosiy hisob-kitob hujjatlaridan biridir. Korxonaning ichki
balansi odatda aniq tuziladi va uning belgilangan
hisobot davriga haqiqiy
moliyaviy holatini aks ettiradi. Tashqi balans soddalashtiriladi va ochiq
informatsiyalar uchun mo‘ljallangan.
Dostları ilə paylaş: