16.1 – chizma. Korxona pul oqimlarining harakati sxemasi.
Naqd pul harakatining reja - prognozini kelgusi va haqiqiy to‘lovlariga mos
ravishda qisqa muddatli davrga tuzish tavsiya etiladi. Byudjetning naqd pul
271
prognozi moliyaviy rejalashtirishning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Shuningdek, naqd pul byudjeti chiqimini detallashtiradi.
Mablag’lar manbalari
Reja
Haqiqat
1. Asosiy faoliyatdan daromad (amortizatsiya bilan birga)
2. Boshqa daromad turlari
3. Aksiyalar chiqarish
4. Bank kreditlari
5. Boshqa tushumlar
6. Jami pul tushumlari
7. Pul mablag’laridan foydalanish
8. Tovar - moddiy zahiralarini ko‘payishi
9. Asosiy kapitalning ko‘payishi
10. Ish haqi
11. Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari
12. Soliqlar
13. Boshqa to‘lovlar
14. Jami to‘lovlar
Rejaviy naqd pul byudjetini tuzish jarayonida prognozlashtirilayotgan
mahsulot
sotish
hajmiga
bog‘liq ravishda zarur pul mablag’larining
soddalashtirilgan hisob-kitoblarni qo‘llash mumkin. Hisobot byudjetlarining tuzish
uchun korxonaning haqiqiy moliyaviy ko‘rsatkichlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Korxonada moliyaviy rejalashtirish uning barcha daromadlarini va pul
mablag’larini sarflash yo’nalishlarini rejalashtirishdir.
Moliyaviy rejalashtirish turli mazmun va maqsaddagi moliya rejalarini
tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Rejalashtirishning turidan kelib chiqqan holda
moliyaviy rejalar ham uzoq muddatli, joriy va operativ rejalarga bo’linadi.
Moliyaviy reja tarkibiga daromadlar rejasi, harajatlar rejasi, korxona aktiv va
passivlari balansi kiradi. Ular birinchi yil uchun kvartallar bo’yicha, uchinchi yil
uchun esa bir yilga tuziladi.
|